Nazorat savollariga javoblar



Download 42,33 Kb.
bet1/2
Sana20.02.2022
Hajmi42,33 Kb.
#461007
  1   2
Bog'liq
1-mavzu savolari

NAZORAT SAVOLLARIGA JAVOBLAR


  1. Biokimyo fani nimani o’rganadi?

1.1. Biologik kimyo fanining predmeti va vazifalari. Biologik kimyo – barcha tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy jarayonlarni o`rganuvchi fan. Bu jarayonlar organizmlarda, uning to`qima va a’zolarida, hujayra hamda uning tarkibidagi tuzilmalar (strukturalar)da doim sodir bo`lib turadigan moddalar va energiya almashinuvidan iborat. Moddalar almashinuvini o`rganishdan oldin turli organizmlar tarkibida o`zgarib turadigan moddalar bilan tanishib chiqish zarur. Biologik kimyo fani oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar hamda anorganik birikmalarning kimyoviy tuzilishlari, xossalari, ularni organizmning turli qismlarida, jumladan, hujayra va uning elementlarida tarqalishi, joylashishini o`rganish bilan shug`ullanadi.

Biokimyo fani 3 bo`limdan iborat:


1. Statik biokimyo.


2. Dinamik biokimyo.


3. Funktsional biokimyo.


Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o`rganadi. Bu bo`limning asosiy masalalari bioorganik kimyo tomonidan o`rganiladi.


Dinamik biokimyo organizmga moddalarning qabul qilinishidan boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo`lgan barcha o`zgarishlarni tahlil qiladi.


Funktsional biokimyo a’zo va to`qima funktsiyalariga bog`liq ravishda, ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq etadi.


Biologik kimyoning barcha bo`limlari o`zaro uzviy bog`langan va zamonaviy biokimyoning qismlari hisoblanadi.


Biologik kimyo tadqiqot ob’yektiga ko`ra odam va hayvonlar biokimyosi, o`simliklar biokimyosi va mikroorganizmlar biokimyosiga bo`linadi.


Biologik kimyo biologiya va kimyo fanlari oralig`idagi bir soha bo`lganligi uchun u shu ikki fanning ma’lumotlari va g`oyalariga asoslanadi. Bu fan alohida fan sifatida biologiya va kimyo fanlarining ma’lum rivojlanish bosqichida paydo bo`lgan. Biologik kimyo haqidagi dastlabki tushuncha mashhur fransuz olimi Lavuaz’e (1743-1794) ning XVIII asr oxirlarida olib borgan tajribalaridan boshlangan deb hisoblanadi. Uning oksidlanish va bu jarayonda kislorodning o`rni haqidagi klassik tadqiqotlari tanadagi “yonish” hodisasining kimyoviy asosini aniqlashga olib keldi. Lavuaz’e bu reaksiyada kislorod yutilib, karbonat angidrid ajralib chiqadi va issiqlik hosil bo`ladi, degan xulosaga kelgan edi.


O`rta asrning buyuk allomasi va tabibi Abu Ali ibn Sino (980-1037) o`zining “Tib qonunlari” asarida tibbiyotda qo`llaniladigan kimyoviy moddalarning tasnifini, tananing “suyuq”ligi va siydik tarkibidagi moddalarni aytib o`tgan.


Insonlarning kasalliklar sababini tushunish va unga qarshi dori izlashga bo`lgan tabiiy intilishlari tirik organizmlarda kechadigan jarayonlarga qiziqish uyg`ota bordi.


Farmasevtika amaliyotida biokimyo yangidan-yangi o`rinlarni egallamoqda. Jumladan, biologik katalizatorlar bo`lgan – fermentlar sanoatda dori moddalari (masalan, steroid gormonlar)ni sintez qilishda qo`llanilmoqda. Gen injeneriyasi usuli yordamida tabiiy dori preparatlarini ishlab chiqarishning istiqbolli yo`llari ko`rib chiqilmoqda. Mikroorganizmlar biokimyosini bilish aminokislotalar, nukleotidlar, nukleozidlar, vitaminlar, antibiotiklar kabi dori preparatlarini sanoatda ishlab chiqarishning qulay va iqtisodiy jihatdan samarali usullarini yaratish imkonini berdi. Fermentlardan analitik reagent sifatida foydalanib dorilarni tez va o`ziga xos (spesifik) tahlil qilish usullari ishlab chiqildi.


Amaliyotda dorilarning ta’sir mexanizmlarini bilish katta ahamiyatga ega. Hujayraning ferment sistemasi tomonidan dorilarning o`zgarishga uchrashini o`rganish qo`llaniladigan dorining me’yorini, uning organizmda almashinuvini boshqarish va ta’sir etuvchi moddaning tabiatini, ya’ni uning samarasi dastlabki moddaning ta’sirimi yoki uning almashinuv mahsuloti ekanligini tushunish imkoniyatini beradi.


1.2. Biokimyo faninig asosiy yo`nalishlari. Biologik kimyo faninig asosiy sohalari. Boshqa fan sohalarida bo`lgani kabi biologik kimyo shug`ullanadigan muammolarning kengayishi va tobora chuqurlashishi tufayli undan yangi shaxobchalar ajralib, mustaqil tarmoqlar paydo bo`ldi. Ilgariroq ajralib hozirgi davrda keng sohalarga aylangan enzimologiya, vitaminologiya, endokrinologiya qatoriga keyingi yillarda membranalar biokimyosi, neyrobiokimyo, analitik biokimyo, kvant biokimyosi va boshqalar qo`sxildi. Ammo biologiya fanlarida keyingi chorak asr ichida yuz bergan fundamental o`zgarishlar, molekulyar biologiya, molekulyar genetika va bu ajoyib sohalarning rivojlanishi asosida dunyoga kelgan gen, hujayra, oqsil injenerligi va umuman biotexnologiyaning mislsiz muvaffaqiyatlari bilan bo`liq.


Oqsillar va nuklein kislotalar molekulalarining strukturasi bilan ularning biologik vazifasi orasidagi bog`lanishning aniqlanishi 1-navbatda, biologiya faninig biokimyoviy ma’lumotlariga asoslangan eng yosh sohasi – molekulyar biologiyaning dastlabki, ammo eng muhim yutuqlaridandir.


Shunday qilib, hozirgi zamon biokimyosi hayotiy jarayonlarning eng chuqur sirlarini ochish, oqsil sintezi, moddalar almashinuvi va naslni idora qilish muammolarini hal etish arafasida turibdi. Bu muhim vazifalarning hal etilishi odamlar uchun eng og`ir ofat bo`lgan rak, virusli kasalliklar, irsiy kasalliklar va yurak-tomir kasalliklarini yengish, inson umrini uzaytirish kabi muammolarni hal qilishning nazariy asosini yaratadi.


1.3. Biologik kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog`lanishi. Biologik kimyo fanining kimyo fanlari bilan, ya’ni fizik kimyo bilan umumiylik juda ko`p. Bu ayniqsa, ularning tabiiy moddalarni o`rganishda qo`llaniladigan usullari uchun taalluqlidir, ammo biologik kimyo va kimyo fanlari oldida turlicha vazifalar turadi. Organik va fizik kimyo fanlarini ko`proq kimyoviy birikmalarning tuzilishi va xossalari, masalan ularning elektron ctrukturalari, bog`lanish tabiati va ularning hosil bo`lish mexanizmi, izomeriyasi, konformasiyasi va boshqalar qiziqtiradi. Biologik kimyo uchun esa barcha kimyoviy moddalarning biologik (funksional) vazifalari va tirik organizmdagi fizik-kimyoviy jarayonlar, shuningdek turli kasalliklarda bu vazifalarning buzilish mexanizmlarini tushunish asosiy vazifa bo`lib hisoblanadi.





  1. Biokimyo fanining qanday eng muhim bo’limlarini bilasiz?

Biokimyo fani 3 bo`limdan iborat:

1. Statik biokimyo.


2. Dinamik biokimyo.


3. Funktsional biokimyo.


Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o`rganadi. Bu bo`limning asosiy masalalari bioorganik kimyo tomonidan o`rganiladi.


Dinamik biokimyo organizmga moddalarning qabul qilinishidan boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo`lgan barcha o`zgarishlarni tahlil qiladi.


Funktsional biokimyo a’zo va to`qima funktsiyalariga bog`liq ravishda, ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq etadi.


Biologik kimyoning barcha bo`limlari o`zaro uzviy bog`langan va zamonaviy biokimyoning qismlari hisoblanadi.


Biologik kimyo tadqiqot ob’yektiga ko`ra odam va hayvonlar biokimyosi, o`simliklar biokimyosi va mikroorganizmlar biokimyosiga bo`linadi.


Biologik kimyo biologiya va kimyo fanlari oralig`idagi bir soha bo`lganligi uchun u shu ikki fanning ma’lumotlari va g`oyalariga asoslanadi. Bu fan alohida fan sifatida biologiya va kimyo fanlarining ma’lum rivojlanish bosqichida paydo bo`lgan. Biologik kimyo haqidagi dastlabki tushuncha mashhur fransuz olimi Lavuaz’e (1743-1794) ning XVIII asr oxirlarida olib borgan tajribalaridan boshlangan deb hisoblanadi. Uning oksidlanish va bu jarayonda kislorodning o`rni haqidagi klassik tadqiqotlari tanadagi “yonish” hodisasining kimyoviy asosini aniqlashga olib keldi. Lavuaz’e bu reaksiyada kislorod yutilib, karbonat angidrid ajralib chiqadi va issiqlik hosil bo`ladi, degan xulosaga kelgan edi.



  1. Biokimyo fani taraqqiyoti.

Bioximiya «molekulyar» fanlar, ximiya, fizik-ximiyaviy, molekulyar fizik metodlaridan foydalanadi va shu jihatlariga ko’ra bioximiyaning o’zi ham molekulyar fan bo’lib hisoblanadi. Lekin bioximiya fani o’rganib chiqish ob’ekti asosan biologiya faniga tallauqlidir va fanning keyingi yillarda erishgan yutuqlaridan biologiyani ayrim yangi sohalari molekulyar biologiya va genetika biotexnologiyada keng foydalanilmoqda. Demak, fanning asosiy vazifasi tirik organizmlarning ximyaviy tarkibi hamda ularda o’tadigan va ularning hayotchanligi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan ximyaviy jarayonlarni o’rganishdan iborat. Bu jarayonlarni asosini organizm va uning tarkibiy strukturalaridagi moddalar va energiya almashinuvi tashkil etadi. Ma’lumki har qanday tirik organizm xayotini asosini modda almashinuvi jarayoni tashkil etadi. Bu jarayon ozuqaviy mahsulotlar va moddalardan shu organizmga hos bo’lgan yangi organik sintezlanish assimlyatsiya va organizmdagi organik moddalar bir vaqtning o’zida qayta parchalanish dissimlyatsiyadan iborat. Bular organizmda bir vaqtning o’zida sodir bo’lib moddalar aomashinuvini ajralmas ikki tomonini tashkil qiladi. Bioximiya fani boshqa fanlarga nisbatan ancha yosh fan bo’lib XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqgan. Shu davrgacha bioximiyaga oid masalalarni organik ximiya va fiziologiya fanlari har tomonlama o’rganib kelgan. Organik ximiya tarkibida uglerod elementinini tutuvchi birikmalarning hususiyatlarini tuzilishi va sintez qilish yo’llarini o’rgatadi. Bu moddalar esa asosan tirik organizmlarda tarqalgan. Fiziologiya esa organizmda va uning ayrim qismlari organlarida, to’qima va hujayralarida o’tadigan hayotiy jarayonlar bilan birga moddalar almashinuviga aloqadaor bo’lgan ximyaviy reaktsiyalarni biologik ahamiyatini ham o’rganadi. Shunday qilib bioximiya organik ximiya bilan fiziologiya fani taraqqiyoti yoki hosilasidir. Hozirgi kunda esa u o’zining alohida tekshirish usullariga ega bo’lgan fandir.
Bioximiya fani o’z harakteri jihatdan tibbiyot faglari jumlasiga ham kiradi. Bioximiya ma’lumotlariga ega bo’lmasdan turib tirik organizmdagi moddalar almashinuvini patologik o’zgarishlarini anglab bo’lmaydi. XX asrning o’rtalariga qadar meditsinaning nazariy negizini asosan morfologik va fiziologik fanlar tashkil etardi. Hozirda bularga meditsina bioximiyasi qo’shildi. U barcha umumbio-ximiyaviy yo’nalishlarni asosan inson salomatligi va kasalliklarga aloqadjor qismini o’z ichiga oladi. Bioximiya fani fiziologiya, organik ximiya, farmokologiya, mehnat gigenasi, fizkul’tura, mikrobiologiya, veterinariya, genetika fanlari bilan chambar-chas bog’liqdir. Bioximiya sohasida keyingi yillarda erishilgan natijalar va yutuqlar asosida molekulyar biologiya va gen injineriyasi kabi biologiyani yosh sohalari paydo bo’ldi.
2. Bioximiya tarixini ba’zi birikmalar mochevina, limon kislota, olma kislota va boshqa moddalar organizmlarda birinchi marta sof holda ajratib olingan paytdan XVIII asrning ohirlaridan boshlangan deb hisoblash mumkin. O’sha zamonlarda bu moddalar haqida ularning organizmda paydo bo’lish tartibi haqida tasavvurlar yo’q edi.
Bioximiya taraqqiyotining uzoq to XX asr o’rtalarigacha davom etgan davri tirik tabiati yangidan-yangi moddalarni kashf etish ularning tuzilishini va organizmlarda qanday o’zgarishlarga uchrashini tekshirish bilan o’tdi. Shu davrda oqchilldar va nuklein kislotalarning umumiy tuzilishi plani va moddalarning organizmda ximyaviy o’zgarishlarga uchrashi yo’lini do’rganish katta ahamiyatga ega bo’ldi. O’sha darvda bioximiya sohasida erishilgan natijalarni qo’llashni oshishi sababli fan yanada tabaqalashda: Organizmlarning ximyaviy tarkibini o’rganadigan statik bioximiya; metobolizmni o’rganadigan dinamik bioximiya; ximyaviy protseslarning fiziologik fnuktsiyalari bilan bog’lanishini o’rganadigan funktsional bioximiya ajratila boshladi. XX asrning o’rtalari bioximiya tarixida o’zgarish yasagan bosqich bo’ldi. Bu davrda oqsillar va nuklein kislotalar yakka vakillarining tuzilishi bilan hossalarini har tomonlama o’rganishga tirik hujayradagi har bir yakka oqsil va nuklein kislota funktsiyasini aniqlashga o’tishdan iborat bo’ldi. Funktsional bioximiya oldingi davrda yuzaga kelib endigina rivojlana boshlagan bo’lsa hozirgi kunda bu bioximiyada etakchi yo’nalish bo’lib qolmoqda. Organik ximiya bilan aloqalari avvalgidek saqlanib mustahkamlanib bormoqda. Lekin shu bilan birga bir vaqda bioximiyaning boshqa biologiyani sohalari tsitologiya, fiziologiya, genetika bilan aloqalarining ahamiyati keskin ortib bormoqda. Hayot faoliyatini fizik-kimyoviy va molekulyar fizik aoslarini o’rganadigan bioximiya sohasi fizik-ximyaviy biologiya deb ataladi.
1921 yilda akdemik A.N.Bax rahbarligida birinchi bo’lib sog’liqni saqlash xalq kamissarligiga qarashli biokimyo ilmiy tekshirish instituti tashkil qilindi va bu institut hozirda uning nomi bilan ataladi. Keyinchalik 1925 yilda A.V.Palladin rahbarligida Ukraina Respublikasi fanlar akademiyasida bioximiya instituti tashkil qilindi. Chet el olimlaridan D.J.Uotson, F.Sendjer, E.Chargaff, F.Krik kabilarning bioximiya sohasidagi ilmiy kashfiyotlari fanning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Chet ela va rossiya olimlari bilan birga bir qatorda O’zbekistonda bioximiya faning turli sohalarini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan olimlarimiz jumlasiga Yo.X.To’raqulov, K.X.Xojiev, T.S.Soatov, D.X.Hamidoa, A.K.Mirhamidov kabilardir.
O’zRFA akademigi Yo.X.To’raqulov birinchi bo’lib O’zbekistonda bioximiya institutini ochilishiga (1967) rahbarlik qilgan va uning birinchi direktori bo’lgan olimlarimizdandir. Olimning qalqonsimon bez garmonlari bioximiyasini hamda yod moddasini almashinuvi jarayonlari haqidagi qilgan kashfiyotlari olamga mashhurdir.
O’zRFA muhbir a’zosi professor T.S.Soatovning lipidlar bioximiyasining o’rganish sohasida ilmiy izlanishlari katta ahamiyatga ega. Olimning membrana lipidlarini hujayra aktivligini boshqarish mehanizmidagi rolini o’rganish turli holdagi linosomalarning hosil bo’lishi va ularning organizmdagi dorivor moddalarnini tashishida transport rolini bajarish sohasidagi ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir. Molekulyar genetika sohasida O’z.Res.FA muxbir a’zosi professor A.Ibrohimov paxta oqsillari hamda ular genomlarning funktsional aktivligini va ximyaviy tuzilishlarini o’rganish sohasida amalga oshirgan ishlari bioximiya fanidagi katta yutuqlaridir.
Hujayralardagi organoidlar hajmi nixoyatda kichik bo’lishiga qaramay ular juda murakkab tuzilgan XX asrning 40 yillarigacha o’simlik hujayrasi mag’iz, tsitoplazma, hujayra posti, plastidalar, plazmodesta, hujayra oraliqlari, mitoxondriya va vakuoladjan tashkil topgan deb kelingan edi.



  1. Download 42,33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish