Farmokognoziya oxiri p65


YOG‘LARNING UMUMIY TA’RIFI



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

YOG‘LARNING UMUMIY TA’RIFI
Yog‘lar o‘simlik va hayvonot dunyosida juda keng tarqalgan
bo‘lib, ular uchun zaxira oziq modda sifatida xizmat qiladi.
Yog‘lar o‘simlik va hayvonlardan olinadigan murakkab
organik moddalar aralashmasidan iborat. Bu aralashmalarning
asosiy qismini glitseridlar — glitserin bilan yog‘ kislotalarining
murakkab efirlari tashkil qiladi. Shuning uchun ham yog‘larni
uch atomli spirt — glitserinning yuqori molekulali yog‘ kislo-
talari bilan hosil qilgan murakkab efiri deyish mumkin. Odatda,
glitserinning hamma gidroksil guruhi yog‘ kislotalari bilan
birikadi. Glitserinning 3 ta gidroksili 3 ta bir xil yoki har xil
kislotalar bilan birikib, murakkab efir hosil qilishi mumkin.
Yog‘larni tashkil etuvchi kislotalar soni 30 dan ortiq bo‘lsa
ham, yog‘ tarkibida doimo uchraydigan kislotalar soni asosan
8 tadan oshmaydi. Yog‘larda ko‘pincha quyidagi kislotalar bo‘-
ladi: to‘yinganlardan 
miristin, palmitin, stearin
hamda to‘-
yinmaganlardan 
olein, linol va linolen
kislotalari. Ba’zi yog‘lar
tarkibida 
yog‘, kapron, kapril, kaprin, laurin, araxin, begen
va
to‘yinmagan 
eruk
kislotalar bo‘lishi mumkin. Bulardan tash-
qari, ba’zi yog‘lar tarkibida 4 yoki 5 tadan to‘yinmagan bog‘-
lanishi yoki oksi guruhi bo‘lgan, ba’zan esa siklik kislotalar ham
uchraydi. Yog‘lar tarkibida ularning asosiy qismi — glitse-
ridlardan tashqari sof holdagi yog‘ kislotalar, fosfatidlar,
sterinlar, liðoxromlar, yog‘da eriydigan vitaminlar, xromogen
moddalar va boshqalar bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan birikmalarning hammasi liðoid-
lar deb ataladi. Liðoidlar yog‘larda eriydi, suvda esa erimaydi.
Liðoidlardan tashqari yog‘lar tarkibida oqsil va shilliq
moddalar, fermentlar, uglevodorodlar, efir rnoylari, smolalar,
yuqori molekulali spirtlar, mineral hamda boshqa moddalar
bo‘ladi. O‘simlik va hayvon organlaridan yog‘ olinayotganda bu
moddalar ular tarkibiga o‘tib qolishi mumkin.
Yog‘lar, asosan, o‘simliklarning mevalarida, urug‘larida,
hayvonlarda esa teriosti to‘qimalarida hamda ichki organlari atro-
fida to‘planadi. Tirik o‘simlik hujayrasida moylar doimo suyuq
holda bo‘ladi. Hujayrada moy bilan birga liðaza fermenti uchraydi.
Liðaza fermenti moyni glitserin va moy kislotalaridan sintez
qiladi hamda shu moddalarga parchalaydi.
O‘simliklarning o‘sish sharoiti (o‘sish davri, iqlim, namlik
miqdori, tuproq tarkibi va boshqalar) ular tarkibidagi moylar
miqdoriga va sifatiga katta ta’sir etadi.


85
Odatda, sovuq iqlim sharoitida (shimolda) o‘sadigan o‘sim-
liklar ko‘proq qo‘shbog‘i ko‘p bo‘lgan kislotali moylarni, issiq
iqlimli mamlakatlarda (tropik tumanlarda) o‘sadigan o‘simlik-
lar, aksincha, ko‘proq to‘yingan kislotalarga boy bo‘lgan yog‘-
larni sintez qiladi. Shuning uchun ham tropik tumanlardagi
o‘simliklar moyi ko‘pincha qattiq (shokolad va palma daraxt-
larining moylari), o‘rta va sovuq iqlimda o‘sadigan o‘simliklar
moyi suyuq bo‘ladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish