Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet218/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Mahsulot tayyorlash.
O‘simlik gullaganida yer ustki qismi-
ni yig‘ib olib, soya yerga yupqa qilib yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot o‘simlik-
ning poya, barg va gul aralashmalaridan iborat. Poyasi uch
qirrali va ichi kovak bo‘ladi. Poyaning pastki qismidagi barglari
uzun bandli, yumaloqroq, tuxumsimon, uzunligi 6 sm ga ya-
qin, yuqoridagi barglari esa cho‘ziq shaklli bo‘lib, poyada qisqa
bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan. Har bir bargda ikkitadan
qo‘shimcha bargchasi bor. Qo‘shimcha bargchalar ajralgan va
barg bandidan uzun. Guli qiyshiq. 2—3 sm uzunlikda bo‘lib, 3—
4 qirrali, juda uzun gul bandiga o‘rnashgan. Kosachabargi 5 ta,
yashil, chiziqsimon yoki lantsetsimon. Tojbargi 5 ta, pastki
tojbargining asos qismida pixlari (gultoj tubidagi cho‘ziq o‘sim-
ta) bor. Mahsulot kuchsiz hid va shirinroq-shilliq mazaga ega.


245
Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibida (bargida 0,13% gacha,
poyasida 0,08%) rutin, viteksin va boshqa flavonoidlari, antot-
sian glikozidlari, efir moyi, 40 mg% gacha karotin va boshqa
karotinoidlar, vitamin S, salitsilat va ursol kislotalar, shilliq
moddalar hamda saponinlar bo‘ladi.
Ishlatilishi.
Tibbiyotda har ikkala binafsha turining yerustki
qismidan tayyorlangan dorivor preparatlar nafas yo‘llari ka-
salligida balg‘am ko‘chiruvchi hamda siydik haydovchi vosita
sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparati.
Damlama. O‘simlikning yerustki qismi
balg‘am ko‘chiruvchi va siydik haydovchi choy-yig‘malar tar-
kibiga kiradi.
TARKIBIDA LIGNANLAR VA ULARNING HOSILALARI
BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR
Lignanlar ko‘pchilik dorivor o‘simliklarning asosiy ta’sir
etuvchi biologik faol moddalari bo‘lib, to‘qimalarda sof hamda
glikozidlar holida uchraydi. Bu birikmalar o‘simliklarning ham-
ma organlarida, ayniqsa, urug‘ hamda ildiz, ildizpoya va poya-
larida (ularning yog‘ochli qismida) — ko‘p miqdorda to‘planadi.
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha lignanlar asosida fenilpropan ikki
molekulasining o‘zaro birlashgan formasi, ya’ni dimeri bo‘ladi.
O‘simliklar tarkibida ko‘pincha lignanlarning har xil tiðdagi
murakkab birikmalari — ularning turli hosilalari uchraydi.
Lignanlar organik erituvchilar (efir, benzol, xloroform va
boshqalar) da, efir moylari, yog‘lar va smolalarda yaxshi eriydi.
Shuning uchun ular o‘simlik to‘qimasida ko‘pincha efir moy-
lari, yog‘lar yoki smolalar tarkibida erigan holda uchraydi. Lekin
suv bug‘i yordamida lignanlar haydalmaydi va ularni yog‘lardan
ajratib olish ancha qiyin. Shu sabablarga ko‘ra, lignanlar hozir-
gacha yaxshi o‘rganilmagan va bu guruh birikmalarni tahlil
qilish usullari deyarli darajada ishlab chiqilmagan.
Lignanlar o‘simliklardan organik erituvchilar yordamida
ajratib olinadi. Ba’zi lignanlarni ajratib olish jarayonida, erituv-
chilar qisman haydalganda yoki eritma sovitilganda ular kristall
holida ajrala boshlaydi. Ajratmada lignanlar bor-yo‘qligini
aniqlash hamda ularni sof holda ajratib olish uchun xro-
matografiya tahlillaridan foydalaniladi. Odatda, sifat reaksiyasi
sifatida fenollarga qilinadigan reaksiyalar qo‘llaniladi.
Lignanlar turli farmakologik ta’sirga ega. Ular stimulator
(xitoy limonnigi, levzeya, eleuterokokk, akantopanaks va bosh-


246
qa o‘simliklarda), kanserometrik — rakka qarshi (podofillum
o‘simligida) gemorragik diatez va trombopeniya kasalligiga
qarshi (kunjut urug‘ida) hamda boshqa ta’sirga ega. Shuning
uchun tarkibida lignanlar bo‘lgan o‘simliklardan tayyorlangan
dorilar turli kasalliklarni davolashda tibbiyotda keng ko‘lamda
qo‘llanilmoqda.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish