2. Soha standartlari SST (OST).
SST (OST) biror sohaning korxonalari, muassasalari, ido-
ralarida ishlatiladigan hamda ularga tegishli bo‘lgan namunali
texnologik jarayon, normalar, talablar, qoidalar, usullar va bosh-
qalar uchun ishlab chiqiladi va shu soha vazirligi (boshqarmasi)
tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‘zgartiriladi yoki
bekor qilinadi). SST talablariga itoat etish sohaning hamma
korxonalari, idoralari hamda shu soha mahsulotini ishlatadigan
boshqa soha idoralari va korxonalari uchun majburiydir.
3. Korxona standarti — KST (STP).
KST biror korxona uchun qabul qilingan norma, talablar,
qoidalar, usullar va boshqalar uchun ishlab chiqiladi, korxona
boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‘zgartiri-
ladi yoki bekor qilinadi) va uni talablariga itoat etish shu
korxona uchun majburiydir.
Dorivor vositalar va dorivor o‘simlik mahsulotlari uchun
me’yoriy-texnik hujjatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
tasdiqlangan soha standarti — SST (OST) 42-1-71 „Dorivor
vositalar va dorivor o‘simlik mahsulotlariga me’yoriy-texnik
hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartiblari“ ga
binoan tuziladi. Me’yoriy-texnik hujjatlar dorivor vositalar
29
sifatini doimiy ravishda yaxshilanishini ta’minlashi kerak
hamda o‘z talablarini fan va texnika yutuqlari asosida doimo
mukammallashtirishi lozim.
Dorivor vositalar va dorivor o‘simlik mahsulotlariga ishla-
nadigan me’yoriy-texnik hujjatlar quyidagilar:
— Davlat standartlari — DAST, farmakopeya maqolasi
(FM, FS), vaqtincha farmakopeya maqolasi VFM va soha
standarti SST.
SST ilmiy-texnik atamalar, umumiy texnik hujjatlar, texno-
logik normalar, qabul qilish qoidalari, belgilash — markalash,
saqlash, transportlarda jo‘natish qoidalari va boshqalarga tuziladi.
DAST — ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan hamda xalq
xo‘jaligining hamma tarmoqlarida ishlatiladigan o‘simlik mah-
sulotlari uchun tuziladi va Gosstandart tomonidan tasdiqlanadi.
FM Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot sohasida
ishlatishga ruxsat etilgan, ko‘plab, seriyalab ishlab chiqariladi-
gan dorivor vositalar va dorivor o‘simlik mahsulotlariga tuziladi.
VFM Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmakologik qo‘mi-
tasi tomonidan tibbiyot sohasida ishlatishga tavsiya etilgan,
keyinchalik ko‘plab chiqarishga mo‘ljallangan yangi dorivor
vositalarning sanoatda birinchi chiqarilgan nusxalari va dori-
vor o‘simliklarning yangi turlariga tasdiqlanadi.
VFM qisqa, lekin 3 yildan ziyod bo‘lmagan muddatga tas-
diqlanadi:
FM va VFM lar davlat standartlariga tenglashtirilgan.
Shuning uchun mamlakatimiz hududida dorivor vositalar va
dorivor o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, nazorat
qiladigan va ishlatadigan hamma korxona, muassasalar va
idoralar FM va VFM talablariga itoat etishlari majburiydir.
Davlat farmakopeyasi va farmakopeya maqolasi vaqt-
vaqtida qaytadan ko‘rib chiqiladi va yangidan tasdiqlanadi,
eskilari esa o‘z kuchini yo‘qotadi.
Dorivor o‘simlik mahsulotlariga tuzilgan hamma me’yoriy-
texnik hujjatlar (FM, VFM, DAST va boshqalar) bir xil
tuzilishga ega, ularda keltirilgan ma’lumot ham bir xil tartibda
bayon etilgan.
Maqola sarlavhasida dorivor o‘simlik mahsulotining lotin,
rus va o‘zbek tilidagi nomi beriladi.
Kirish qismida mahsulotni qanday o‘simlikdan (yovvoyi
holda o‘sadigan yoki o‘stiriladigan) va qachon tayyorlanganligi
30
(yig‘ish davri yoki o‘simlikni o‘sish fazasi), o‘simlik va oila-
sining o‘zbekcha, ruscha ham lotincha nomlari keltiriladi. So‘ng-
ra FM ni bo‘limlari boshlanadi.
„Tashqi belgilari“ bo‘limida butun, qirqilgan, kukun (po-
roshok) holidagi mahsulotga xos bo‘lgan morfologik belgilar
hamda mahsulotni hidi va mazasi (zaharli bo‘lmagan mahsu-
lotlar uchun) keltiriladi.
„Mikroskopiya“ bo‘limida mahsulotning anatomik tuzilishi-
dagi o‘ziga xos diagnostik belgilar keltiriladi hamda mikroskopik
tahlil vaqtida bajariladigan mikrokimyoviy reaksiyalar beriladi.
„Sifat reaksiyalari“ bo‘limida mahsulotni biologik faol mod-
dalariga xos va mahsulot chinligini aniqlashda ahamiyatli reak-
siyalar, xromatografik tahlil hamda ularni bajarish usullari kel-
tiriladi.
„Sonli ko‘rsatkichlar“ bo‘limida mahsulotda bo‘lishi kerak
bo‘lgan biologik faol moddalar va ruxsat etiladigan namlik,
umumiy kul, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kul hamda
aralashmalar (shu o‘simlikni boshqa qismlari, nuqsonli mahsu-
lot, organik hamda mineral aralashmalar va boshqalar) miqdo-
ri keltiriladi.
„Miqdoriy aniqlash“ bo‘limida mahsulotning asosiy ta’sir
etuvchi biologik faol moddasining miqdorini (yoki biologik
faolligini) aniqlash usullari to‘liq keltiriladi yoki shu usullar
Davlat Farmakopeyasining qayerida berilganligi ko‘rsatiladi.
„Joylash“ bo‘limida GOST 6077-80 talablariga binoan
qanday idishda (qop, yashik, quti, xaltacha va boshqalar)
mahsulotni qanchadan joylashtirilgani keltiriladi.
„Markalash“ (belgi qo‘yish), „Transportda jo‘natish“ va
„Saqlash“ (bu bo‘limlar FM da keltirilmaydi) bo‘limlarida
GOST 6077-80 talablariga ko‘ra dorivor o‘simlik mahsulotla-
rining transport vositalarida jo‘natish vaqtida, markalashda ish-
latiladigan bo‘yoqlarga hamda mahsulotni omborlarda va dori-
xonalarda saqlashda bajariladigan talablar beriladi.
„Yaroqlilik muddati“ bo‘limida keltirilgan tegishli sharoitda
saqlanganda me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga to‘g‘ri keladi-
gan va kerakli joyida ishlatilish xususiyatini yo‘qotmaydigan
muddati ko‘rsatiladi.
Dorivor o‘simlik mahsulotiga tuzilgan me’yoriy-texnik huj-
jatlar har besh yilda, VMF (VFS) esa ko‘rsatilgan muhlat
(1—3 yil ichida) tamom bo‘lganda qayta ko‘rib chiqiladi va
tasdiqlanadi.
31
Hammaga ma’lumki, butun tirik organizm uchun zarur
bo‘lgan organik birikmalarni anorganik moddalardan faqat
o‘simliklargina sintez qila oladi. Ana shu o‘simliklar to‘qimasida
sintezlangan organik birikmalar odatda ikki guruhga bo‘linadi:
1. Birlamchi sintezlangan moddalar — birlamchi metabolitlar.
Bularga oqsillar, uglevodlar, liðidlar, fermentlar va vitaminlar
kiradi. Birlamchi metabolitlar hamma tirik organizmlar uchun
juda ham zarur birikmalar bo‘lib, ularsiz hayot bo‘lmaydi.
2. Ikkilamchi sintezlangan moddalar — ikkilamchi metabo-
litlar. Bularga o‘simliklar to‘qimasida sintez bo‘ladigan bir-
lamchi metabolitlardan tashqari, qolgan hamma birikmalar
kiradi. Ikkilamchi metabolitlar o‘simliklar to‘qimasida birlam-
chi sintezlangan moddalardan hamda ular ishtirokida vujudga
keladi. Asosiy dorivor moddalar ikkilamchi sintezlangan birik-
malarga — ikkilamchi metabolitlarga kiradi.
O‘simliklar tarkibidagi dorivor moddalar — biologik faol
(aktiv) birikmalar o‘simlik o‘sish davrida — ontogenezda va turli
omillar ta’sirida doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. Ular sintezlanadi,
asta-sekin ko‘payadi, ma’lum davrda ko‘p miqdorda to‘planadi,
keyinchalik kamaya boradi va bir vaqt kelib, butunlay yo‘qolib
ketishi mumkin. Bu o‘zgarishlarga faqat o‘simlikni o‘sish dav-
rigina — ontogenez sababchi bo‘lmay, balki tashqi muhit omil-
lari ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ontogenez har qaysi o‘simlikni normal hayot kechirish
davri bo‘lib, u o‘z ichiga tirik organizmni tug‘ilishidan to tabiiy
holda o‘lishigacha bo‘lgan vaqt va jarayonni oladi.
O‘simlik tarkibidagi dorivor moddalar sinteziga, ularning
to‘planishini o‘zgarib borishiga ta’sir etuvchi tashqi muhit
omillariga quyidagilar kiradi; o‘simlikni o‘sish joyi, namlik
(havo va tuproqdagi namlik miqdori), tuproqning tarkibi, ha-
rorat (havo va tuproqni issiq-sovuqligi), yorug‘lik va quyosh
nurini ko‘p va kam bo‘lishi, iqlim va boshqalar.
Har bir o‘simlik o‘zini o‘rgangan, yashab taraqqiy etgan,
o‘ziga xos sharoit va iqlimda o‘ssa, tegishli o‘ziga xos bo‘lgan
biologik faol moddalarni ko‘p sintez qiladi.
Yuqorida keltirilgan o‘simliklarning o‘sish, taraqqiy qilishi
va ular tarkibidagi dorivor moddalarning sintezi va to‘plani-
Do'stlaringiz bilan baham: |