Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geografik tarqalishi.
Daryo, ko‘l va dengizlarning shag‘al-
li hamda qumli qirg‘oqlarida, tekislik va tog‘lardagi to‘qay-
zorlarda o‘sadi. Asosan, O‘rta Osiyo, G‘arbiy va Sharqiy Si-
birning janubiy tumanlari, Ukraina, Qora dengiz atroflarida,
Moldovada, Qozog‘istonning janubida, Kavkazda, Rossiyaning
Yevropa qismining janubida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. 
Chakanda o‘simligining mevasi odat-
da kuzda yoki qishda yig‘iladi. Meva sovuq ta’sirida o‘zining
achchiq va taxir ta’mini yo‘qotib nordon-shirin mazali bo‘lib
qoladi. Meva pishgandan so‘ng (kuzda) mevali shoxlar qirqib
olinadi va ochiq yerda, shoxlar ustida, ustini archa shoxlari
bilan berkitib, qishgacha saqlanadi. Qishda esa muzlagan me-
valar shoxlaridan toza muz ustida yog‘och bilan qoqib olinadi.
Muzlagan meva uzoq vaqt buzilmay saqlanadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot dumaloq
yoki biroz cho‘ziqroq shaklli, sersuv, danakli mevadan iborat.
Pishgan meva xushbo‘y hidli, tillarang sariq yoki qizg‘ish bo‘-
lib, uzunligi 0,8—1 sm. Danagi silliq, to‘q jigarrang, tuxum-
simon, uzunasiga joylashgan jo‘yaklari bor.
Kimyoviy tarkibi.
Chakanda o‘simligining mevasi tarkibida
450 mg % vitamin C, vitamin B
1
, B
2
, 145 mg % vitamin E,
60 mg % karotin va boshqa karotinoidlar, folat kislota, 9 % gacha
(mevaning yumshoq qismida) yog‘, flavonoidlar (izoramnetin
va boshqalar), 3,65 % qand, ursol kislota, 2,64 % organik (aso-
san, olma va vino) kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar
bo‘ladi. Urug‘i tarkibida 12,5 % yog‘, vitamin B
1
, B
2
, 14,3 mg %
vitamin E va 0,3 mg % karotin bor.
Chakanda moyi yarimquriydigan, quyuq konsistensiyali,
to‘q sariq, o‘ziga xos hidga va mazaga ega. Moy tarkibida 180—
300 mg % karotinoidlar (shu jumladan, 40—100 mg % karo-
tin), 110—165 mg % vitamin E va F bo‘ladi.
Davolash uchun ishlatiladigan chakanda moyi siqib shirasi
olingan meva (kunjara) dan kungaboqar moyida ekstraksiya
qilib olinadi.
Ishlatilishi.
Chakanda moyi og‘riq qoldiruvchi va yarani tez
bitiradigan ta’sirga ega. Radioaktiv nurlar bilan davolanganda
uning ta’siridan zararlangan teri, shilliq pardalar, yaralar va


74
kuygan qizilo‘ngach hamda me’da shilliq qavatlari, me’da yarasi,
vitamin yetishmasligidan kelib chiqqan avitaminoz hamda ba’zi
ginekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish