Farmokognoziya oxiri p65


KUMARINLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet260/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

KUMARINLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI
O‘simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz kristall
modda bo‘lib, suvda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi,
spirtda osonroq, organik erituvchilar (efir, xloroform va bosh-
qalar) da yaxshi eriydi. Kumarinlar glikozid holida bo‘lsa,
ularning suvda erishi kuchayadi. Lekin glikozidlarning suyul-
tirilgan sulfat kislota ta’sirida gidrolizlab olingan aglikonlari
suvda erimaydi, spirt va organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi.
Kumarinlar lakton bo‘lganligi uchun ishqorlar ta’sirida
ularning 
α
-piron halqasi uziladi va har bir kumarinning o‘ziga
xos kislotasining tuzi — kumarinatlar hosil bo‘ladi. Ular suvda
yaxshi eriydi (eritmalari sariq rangli bo‘ladi), organik erituvchi-
larda esa erimaydi. Kumarinatlarga kislota ta’sir ettirilsa, reaksiya
orqaga qaytadi, lekin hosil bo‘lgan sof kislota tezda o‘zidan bir
molekula suv ajratib, qaytadan laktonga — kumarinlarga ayla-
nadi. Kumarinning o‘zi suv ta’sirida gidrolizlanmaydi, kislota va
ammiak eritmasi bilan reaksiyaga kirishmaydi. Agar unga suyul-
tirilgan natriy ishqori qo‘shib qizdirilsa, sariq rangli eritma —
kumarin (
sis
-orto-oksidolchin) kislota natriyli tuzining eritmasi
hosil bo‘ladi. Eritmaga kislota ta’sir ettirilsa, reaksiya orqaga
qaytadi.
KUMARINLARNI TAHLIL QILISH USULLARI.
KUMARINLARGA SIFAT REAKSIYALARI
Kumarinlar borligini aniqlash ular eritmalarining ultrabi-
nafsha nurda o‘ziga xos fluoressensiya bilan tovlanishiga hamda
ba’zi reaktivlar bilan spetsifik reaksiya berishga asoslanilgan. Bu
reaksiyalardan ko‘p ishlatiladigani va eng muhimlari diazo-
reaktiv bilan o‘tkaziladigan reaksiya hamda lakton reaksiyasidir.
Kumarinlarga qilinadigan sifat reaksiyasining tez bajarila-
digan varianti quyidagicha: quritilgan va maydalangan mahsulot-
dan 1—2 g olib, kolbaga solinadi va uning ustiga 5—10 ml spirt
quyib, 4 soat qoldiriladi. So‘ngra kolbani 50°C haroratda 2—3
minut qizdiriladi. Ajratmani filtrlab olinadi va unga 5% li ishqor
eritmasidan bir necha tomchi qo‘shib, suv hammomida bir
necha minut qizdiriladi. Agar spirtli ajratmada kumarinlar bo‘l-


285
sa, ular kumarinatlar hosil qiladi va, natijada, eritma sariq
(och sariq) rangga bo‘yaladi.
Sariq (och sariq yoki sarg‘ish) rangli ishqoriy sharoitdagi
ajratmani 2 ta probirkaga bo‘lib, kumarinlarga sifat reaksiyalar
qilinadi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish