Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet263/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geografik tarqalishi.
Vatani Janubiy Yevropa (O‘rtayer
dengizi atrofidagi mamlakatlar) hisoblanadi. Krasnodar o‘lkasida
ekiladi. Hozirgi kunda Turkmanistonda ham o‘stirilmoqda.
Mahsulot tayyorlash.
O‘simlikning mevasi pisha boshlagach
yig‘iladi. Buning uchun o‘simlikni o‘rib, soyabonlarini bir to-
monga qaratib, bog‘-bog‘ qilib bog‘lanadi. So‘ngra o‘simlikning
soyabonlarini yuqoriga qaratib, bog‘lamlarni bir-biriga suyab,
g‘aramlab qo‘yiladi. Mevalarining hammasi qurigandan so‘ng
o‘simlikni mashinada yanchiladi, shamol mashinada sovurib,
mevalarni ajratib olinadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot elliðssi-
mon, kulrang, qo‘ng‘ir yoki qizil-jigarrang, o‘ng‘aylik bilan 2
ga ajraladigan qo‘shaloq donchadan iborat. Yarimta mevaning
uzunligi 1,5—3 mm, eni 1,80 mm gacha bo‘lib, qavariq tomo-
nida iðsimon 5 ta birlamchi qovurg‘alari ko‘rinib turadi. Mahsu-
lotning o‘ziga xos kuchsiz hidi va achchiqroq mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi.
O‘simlik mevasida 3,45 % (yerustki qis-
mida 1,37 % gacha) furokumarinlar, efir moyi va yog‘ bo‘ladi.
Mevadan olingan furokumarinlar yig‘indisidan imperatorin,
ksantotoksin, bergapten, izopimpinellin va boshqa furoku-
marinlar ajratib olingan.
Ishlatilishi.
O‘simlikning dorivor preparatlari pes kasalligini
davolashda qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari.
Ammifurin (bergapten va izopimpi-
nellin furokumarinlari aralashmasidan iborat bo‘lib,tabletka va
eritma holida chiqariladi).
PASTERNAK MEVASI – FRUCTUS PASTINACEAE
O‘simlikning nomi.
Ekma (oddiy) pasternak — Pastinaca
sativa L., selderdoshlar — Apiaceae (soyabonguldoshlar —
Umbelliferae) oilasiga kiradi.
Ikki yillik, bo‘yi 70—100 sm (ba’zan 1—2 m gacha) bo‘l-
gan xushbo‘y o‘t o‘simlik. Ildizi yo‘g‘on va shirin mazali.
O‘simlik birinchi yili ildizoldi to‘pbarglar, ikkinchi yili poya
chiqaradi. Poyasi tik o‘suvchi, o‘tkir qirrali, yuqori qismidan
boshlab shoxlangan. Bargi tuksiz, toq patsimon ajralgan bo‘lib,
qini bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg bo‘lakchalari


288
tuxumsimon yoki cho‘ziq-tuxumsimon, tishsimon qirrali
yoki bo‘lakli. Poyaning pastki qismidagi barglarining bandi
uzun va asos qismi kengaygan bo‘ladi. Gullari sariq rangli
bo‘lib, murakkab soyabonga to‘plangan. Soyabonlar 8—35
tagacha nurli bo‘lib, ularning uzunligi 6 sm ga teng. Kosa-
chabargi 5 tishli, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2
xonali, pastga joylashgan.
Mevasi — qo‘shaloq doncha. Iyun-iyul oylarida gullaydi,
mevasi iyul-avgustda yetiladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish