Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

19-rasm. Matseratsiya baki.
20-rasm. Perkolator.


75
berib turiladi. Bu jarayon perkolatordagi xomashyo tarkibida
ta’sir etuvchi moddasi tugaguncha (1:5 yoki 1:10 nisbatdan
oshmaslik sharti bilan) davom etadi. Ta’sir etuvchi modda
tugaganini oqib tushayotgan ajratmaning rangsizlanganligidan
yoki sifat reaksiyasidan bilinadi. Xomashyo oldindan namlab
qo‘yilsa, perkolatorga xomashyo bir tekis joylashadi va ajratma
olish jarayoni bir me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi, aks holda
xomashyo «oynasimon yuza» dan chiqib ketishi mumkin.
Bu esa jarayonning uzoq davom etishi va ajratuvchining ko‘p
sarflanishiga olib keladi. Perkolatsiya usulining maseratsiyadan
afzalligi: jarayon nisbatan tez ketadi, biofaol moddalar to‘liqroq
ajraladi, ajratuvchi kamroq sarflanadi. Shuning uchun korxona
sharoitida ko‘proq shu usul qo‘llaniladi.
Girdob usuli. Bu usul ajratma olish jarayonini tezlashtirish
maqsadida sobiq chexoslovakiyalik olim Melixar va boshqalar
tomonidan taklif qilingan.
Asbob stakan unga tushiriladigan pichoqli aralashtirgich va
elektr yurgizgichdan iborat bo‘lib, pichoqning aylanish tezligi
daqiqasiga 8000—13000 martaga yetadi. Natijada xomashyo bilan
ajratuvchi aralashadi va ayni vaqtda xomashyo maydalanadi.
Bunda girdob hosil bo‘lishi natijasida konvektiv diffuziya tez-
lashadi va qisqa vaqt ichida ajratma tayyor bo‘ladi.
Sankt-Peterburg, Xarkov va Toshkent dorishunoslik oliy
bilimgohlarida shu maqsadda pichoqli aralashtirgichi daqiqasiga
3000—5000 marta aylanadigan RT-2 mikroto‘qima may-
dalagichdan foydalanish taklif qilingan (21-rasm). Girdob usulida
belladonna tindirmasi 5 daqiqada, marvaridgul 20 daqiqada,
valeriana va ermon 25 daqiqada, kuchala tindirmasi esa 50 daqiqada
tayyor bo‘ladi. Bu usulda tayyorlangan tindirmalarda biologik
faol modda miqdori va ajratmaning zichligi nisbatan yuqoriroq
bo‘ladi. Ajratma loyqa bo‘ladi, uni tindirish ma’lum sharoit va
qo‘shimcha vaqt talab qiladi.
Sanoat miqyosida bu usul keng qo‘llanishi kerak.
Zamonaviy tezlashtirilgan usullar. Moskvadagi ilmiy-
tekshirish farmatsiya oliygohi usuli. Bu usulda muayyan miq-
dordagi xomashyo perkolatorga solinadi, ustiga «oynasimon
yuza» hosil bo‘lguncha ajratuvchi quyiladi va 24 soatga qoldi-
riladi. So‘ng tayyor mahsulotning to‘rtdan bi
r qismi miqdo-
rida ajratma quyib olinadi.


76
Perkolatorga «oynasimon yuza» hosil bo‘lguncha ajratuvchi
quyib 1; 1,5; 2 yoki 4 soatga qoldiriladi va yana tayyor mah-
sulotning to‘rtdan bir qismicha ajratma quyib olinadi. Bu jarayon
yana uch marta takrorlanadi. Ajratmalar jamlanib, yot mod-
dalardan tozalash uchun salqin joyga qo‘yiladi.
Markazdan qochma kuch ta’sirida (majburan) ajratma olish.
Bu usulni A. I. Gengrinovich va N. N. Nishonovlar taklif qilgan
bo‘lib, xomashyo 0,1—0,25 mm kattalikda maydalanadi, ustiga
hisoblangan miqdordagi ajratuvchi quyib aralashtiriladi va
ma’lum vaqtga qoldiriladi. Bu muddat xomashyoning xususiyatiga
bog‘liq bo‘lib, belladonna, qizilpoycha, ermon uchun 5 daqiqa,
arslon quyruq uchun 20 daqiqa tashkil etadi.
Êo‘rsatilgan vaqt o‘tgandan so‘ng xomashyo sharbat aj-
ratkich asbob (ñîêîâûæèìàëêà)ning elaksimon idishiga joy-
lashtiriladi. Idishga oldindan suzgich material sifatida 1 qavat
belting joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Asbob rotori aylanganda
tebranmasligi (zirillamasligi) uchun suzgich materiallar va xom-
ashyo bir tekis joylashtirilishi lozim. Asbobning aylanish tezligi
daqiqasiga 3000—8000 marta bo‘lishi mumkin. Ish jarayonida
aylanish tezligi daqiqasiga 3000 marta bo‘lganda 60 soniya,
8000 marta bo‘lganda 30 soniya davom etadi. Bunda markazdan

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish