Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

2.9. Spirtli eritmalar
 Dori moddalarning har xil quvvatli spirtdagi eritmalari spirtli
eritmalar deyiladi. Farmatsevtika sanoatida har xil spirtli eritmalar
ishlab chiqarilib, ular ichish va sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, maxsus asbob-uskuna talab qilmaydi. Ichiladigan spirtli
eritmalarga yodning 5 va 10 % li eritmalari, novshadil arpabodiyon
tomchisi, nitroglitserinning eritmalari va hokazolar kiradi.
Yodning 5 % li spirtli eritmasi:
(Sol. Jodi spirituosa 5 %)
Jodi
— 50;
Kalii jodidi
— 20;
Spiritus aethylici
— 95 %;
Aquae destillatae ad
— 1000 ml.
 Reaktorda kaliy yodid o‘ziga nisbatan ikki baravar ko‘p miq-
dordagi suv yoki spirt-suv aralashmasida eritiladi, hosil bo‘lgan
kaliy yodidning kuchli eritmasiga yod solinadi va to‘la erib ket-
guncha aralashtiriladi. So‘ng eritma spirt-suv aralashmasi bilan
kerakli hajmgacha yetkaziladi. Bunda kaliy yodidning kuchli
(to‘yingan) eritmasi yod erishini tezlashtiradi va preparat tur-
g‘unligini ta’minlaydi.
Yodning 10 % li spirtli eritmasi:
(Sol. Jodi spirituosa 10 %)
Jodi
— 100;
Spiritus aethylici
— 95 % ad. 1000 ml.
 Reaktorga hisoblangan erituvchining taxminan 80 %i soli-
nadi va unga qopchiqqa joylashtirilgan yod bostirib osib qo‘yi-
ladi. Bunda yodning erish jarayoni zichliklar farqi tufayli o‘z-
o‘zidan aralashishi natijasida yuzaga keladi. Yod eritmasining
zichligi yuqori bo‘lganligidan pastga, spirt yuqoriga harakatla-
nadi. Yodning erishi oxiriga yetgach, qopchiq olinib, qolgan
spirt bilan yuvib, eritma kerakli hajmgacha yetkaziladi.


67
Yod eritmalari qizil-qo‘ngir rangli, yodga xos hidga ega bo‘l-
gan suyuqliklardir. Ateroskleroz kasalligida (parishonxotirlik)
tomchilab ichish va antiseptik vosita sifatida ishlatiladi. Agar
yod eritmasining konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 5 %
yod eritmasi nazarda tutiladi. Amalda 1 va 2 % li yod eritmalari
ham ishlatilib, ular toza yod va 96 % li spirtda tayyorlanadi.
Yodning spirtli eritmalaridan 5 % lisi turg‘un hisoblanadi,
chunki uning tarkibida yod ÊI
3
 holida bo‘ladi. Yodning 10 %
spirtli eritmasida yod kuchli oksidlovchi bo‘lganligi uchun spirt
va suv bilan reaksiyaga kirishib, sirka aldegidi va kislotasi, sirka
kislotasining etil spirti bilan efiri, yodid, gipoyodid, yodat
kislotasi va yodoformlar hosil qiladi. Shuning uchun yodning
10 % li spirtli eritmasi qisqa muddatga tayyorlanadi.
Yodning spirtli eritmalari tashqi ko‘rinishi bo‘yicha deyarli
farq qilmaydi. Ularni bir-biridan ajratish uchun ikkita probirkaga
baravar miqdorda eritmalardan solib, suv tomiziladi. Bunda
qaysi probirkada oldin cho‘kma hosil bo‘lsa, shu yodning
10 % li eritmasi bo‘ladi.
Novshadil arpabodiyon tomchisi:
(Liguor Ammonii anisatus)
Olei Anisi
— 2,81;
Sol. Ammonii caustici — 15 ml;
Spiritus aethylici ad
— 100 ml.
 Reaktorda anis moyi bir qism spirt bilan aralashtirib eritiladi.
So‘ng ammiak eritmasi qo‘shiladi va spirt bilan kerakli hajmgacha
yetkaziladi. Bu yerda ammiak anis moyi tarkibidagi anis kislotasi
bilan tuz hosil qiladi. Bu tuz emulgator vazifasini bajarib, anis
moyining suvda erishini yaxshilaydi. Bu tiniq, rangsiz yoki och-
sariq rangli, kuchli anis moyi va ammiak hidi bo‘lgan suyuqlik.
Tayyor mahsulot zichligi 0,875. Anis moyi 2,7—3 %, ammiak
1,42—1,58 % bo‘lishi lozim. Xona haroratida saqlanadi. Sovuqda
anetol ignasimon kristall holida cho‘kmaga aylanadi. Bronxit
kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan spirtli eritmalardan tashqari farma-
tsevtika korxonalari tomonidan quyidagi spirtli eritmalar ham
ishlab chiqariladi:
Spiritus Camphoratus 10 % 
— shamollaganda;
Spiritus Acidi formici 1,25 %  sirtga ishlatish uchun;


68
Spiritus Sinapis 2 % 
—  sirtga ishlatish uchun;
Spiritus Lavandulae 1 % 
—  sirtga ishlatish uchun;
Spiritus Salicylici 1—2 % 
— sirtga ishlatish uchun;
Spiritus Mentholi 1—2 %
— nevralgiyada;
Spiritus Acidi borici 3 % 
—  sirtga ishlatish uchun;
Spiritus Citrali 1 % 
gipertoniyada;
Spiritus Aetacridini  2  %
— yallig‘lanishda va boshqalar.
1. Oddiy qand qiyomi qanday tayyorlanadi?
2. Oddiy qiyom tayyorlashda  qaynatish qisqa muddatli bo‘lishini tu-
shuntiring.
3. Oddiy qiyomdagi qand miqdorini asoslab bering.
4. 85 % li etil spirtidan necha litr 75 % li etil spirti hosil bo‘ladi?
5. Qiyomlar deb nimaga aytiladi?
6. Farmatsevtika korxonalari tomonidan qanday spirtli eritmalar ish-
lab chiqariladi?
7. Novshadil arpabodiyon tomchisi qanday tayyorlanadi?
8. Yodning 10 %  va 5 % li spirtli eritmasi qanday tayyorlanadi?
9. Spirtli eritmalar deb nimaga aytiladi?
10. Ishlatilgan spirtning hisobi nima asosida olib boriladi?

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish