Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

3.5. F
itonsid
 
preparatlari
Antibiotik ishlab chiqaradigan manbalar faqat bir hujay-
rali o‘simliklar, zamburug‘lar va bakteriyalar bo‘lmasdan, balki
oliy tabaqaga mansub bo‘lgan o‘simliklar ham bo‘lishi isbot-
langan.
Biolog B.P. Tokinning fikricha, oliy tabaqadagi o‘simliklar
ham rivojlanish jarayonining ma’lum bosqichida «antibiotik»lar
ishlab chiqaradi. Bu moddalar bakteriyalarga, infuzorlarga va
bir hujayrali hayvonlarga halokatli ta’sir qiladi. Bu moddalarni
professor B.P. Tokin fitonsidlar deb atadi. Bizda va chet ellarda
ko‘pgina o‘simliklarning fitonsidlik xossasi o‘rganilgan.
Êo‘nchilik o‘simliklarning fitonsidlari turli xil kasalliklarda
sinab ko‘rilgan va ijobiy natijalar olingan. Lekin tarkibida fiton-
sid bo‘lgan preparatlarni tibbiyotga tatbiq etish qoniqarsiz
ahvoldadir. Buning sababi, fitonsidlar kimyosi yetarlicha har


92
tomonlama o‘rganilmagan va fitonsidli turg‘un preparatlar oli-
nadigan texnologiya ishlab chiqilgan emas.
Sanoatimiz piyoz va sarimsoq piyozdan fitonsid preparatlar
ishlab chiqaradi. Ular surtma dorilar tarkibiga kirib, bakteriotsid
modda sifatida va ichish uchun: spirtli ajratmalari ishlatiladi.
Sarimsoq piyoz tindirmasi (Tinctura Alli sativi) 1 : 5 nisbatda
90 % li spirtda perkolatsiya usulida tayyorlanadi. Preparat tiniq
sarg‘ish-yashil bo‘lib tovlanadigan o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan
suyuqlik. Ekstraktiv moddalar 0,75—1,2 %. Sulfidlar alkilsul-
fidga hisoblanganda 0,15 % ni tashkil qiladi, zichligi 0,85—0,88.
Êichik idishchalarda chiqariladi. 10—20 tomchidan kuniga
2—3 marta ichiladi. Salqin va qorong‘i yerda saqlanadi.
Sarimsoq piyoz spirtli ekstrakti (Extractum Allii sativi).
Ekstrakt 1 : 1 nisbatda 90 % spirt bilan reperkolatsiya usulida
olinadi. Ajratmada antibakterial titri aniqlanib, 8 % li xlorid
kislotasi qo‘shib turg‘unlashtiriladi. Ekstrakt 1:4 nisbatda bak-
teriotsid, 1 : 100 nisbatda bakteriostatik ta’sirga ega. Preparat
suyuq, rangli, o‘ziga xos hidga ega. Quruq qoldiq 12 %.
Allilchep (Allilchepum). Bu piyoz boshidan 60—70 % spirtda
1 : 4 nisbatda tayyorlangan suyuq ekstraktdir.
Buning uchun piyoz boshi po‘chog‘idan tozalanadi va go‘sht
maydalagichda maydalanadi. Yozda piyoz boshi o‘rniga uning
yashil qismini ishlatish ham mumkin. 30 kg piyoz boshi bo‘t-
qasiga 40 kg 70 % li spirt qo‘shib aralashtiriladi va xona harora-
tida vaqt-vaqti bilan aralashtirilib turgan holda 7 kunga qoldiri-
ladi. So‘ng ajratma quyib olinadi. Qoldiqqa yana 30 kg 60 % li
spirt qo‘shib aralashtirib, 24 soatga qoldiriladi.
Êo‘rsatilgan vaqt tugagandan so‘ng ajratma quyib olinadi,
qoldiq siqiladi. Ajratmalar birlashtiriladi va undagi quruq qol-
diq hamda spirtning quvvati aniqlanadi. Ajratmaning quruq
qoldig‘i 1,3—1,5 %, spirt quvvati 43—44 %, zichligi 0,95 bo‘l-
guncha 44 % li spirt bilan suyultiriladi. So‘ng ajratmaning har
bir litriga 0,3 g faollashtirilgan ko‘mir qo‘shib aralashtiriladi va
qalin mato orqali suziladi. Allilchep  sariq yoki yashil rangli
suyuqlik bo‘lib, piyoz hidini beradi. Parishonxotirlik, qulunj
kasalliklarini davolashda ishlatiladi.


93
1. Ekstraktlar holiga qarab qanday tabaqalanadi?
2. Suyuq ekstraktlar tayyorlanishining qanday usullari mavjud?
3. Nastoyka va suyuq ekstraktlar  tayyorlashda ishlatiladigan perko-
latsiya orasida qanday farq bor?
4. Suyuq ekstrakt nima va ular qanday nisbatda tayyorlanadi?
5. Reperkolatsiya usullari va uning  afzalliklari nimadan iborat?
6. Ekstraktlar nimadan iborat?
7. Nima uchun perkolatsiya usulida suyuq ekstrakt tayyorlashda  85 % li
ajratma ajratib olinadi?
8. Tugallangan va tugallanmagan siklda  ajratma olishning  mohiyati
nimada?
9. Moyli ajratma va ekstrakt tayyorlashning  o‘ziga xos xususiyatlarini
aytib bering.
10. Qanday moyli ekstraktlarni bilasiz?
11. Ekstrakt tayyorlashda qanday ajratmalar ishlatiladi va ularni tan-
lab olish nimalarga asoslangan?
12. Reperkolatsiya usulining mohiyati va ularning turlari.
13. Qarama-qarshi oqimga asoslangan ajratma olishning usullaridan
afzalligi nimada?
14. Ajratmalar yod moddalardan qanday tozalanadi?
15. Suv-suyultirilgan spirt, efir xloroforum suvi qanday ekstraktlar
olishda ishlatiladi?
16. Bug‘lash jarayonida qanday ko‘ngilsiz hodisalar yuz beradi?
17. Novogalen preparatlarining galen preparatidan farqi nimada?
18. Novogalen preparati tayyorlashda qanday tozalash usullaridan
foydalaniladi?
19. Novogalen preparati qanday baholanadi?
20. Novogalen preparati qaysi dori shakllarida chiqariladi?

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish