Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

?
NAZORAT SAVOLLARI


94
IV  bob. ORGANOPREPARATLAR
(MEDICAMENTA ORGANOTHERAPEUTICA)
4.1. Umumiy xossalari
 Organopreparatlar deb hayvon a’zolari, to‘qimalari va
chiqindi moddalaridan tayyorlanadigan preparatlarga aytiladi.
XIX asrda ichki sekretsiya bezlari kashf qilingandan keyin orga-
nopreparatlarning ilmiy asosi yaratildi.
Êeyingi yigirma yil ichida organopreparatlar ishlab chiqarish
juda rivojlandi. Hozirgi vaqtda qon tomir kasalliklari va saratondan
keyingi uchinchi o‘rinda allergiya kasalligi turadi. Atrof-muhitdagi
havo, suv va tuproqning turli kimyoviy moddalar bilan o‘ta
ifloslanishi organizm chidamliligini pasaytirib yubormoqda va
uni turli allergik kasalliklarga chalinishiga olib kelmoqda.
Hozir dunyo miqyosida 1300 xil allergen ma’lum, shundan
900 tasi O‘rta Osiyoda uchraydi. Ular ichida sun’iy usulda olingan
dori-darmonlar ham bor. Shu sababli, ularni organizmga yaqin
tabiiy birikmalar bilan almashtirish katta ahamiyatga ega.
Organopreparatlar maxsus endokrin zavodlarda, qushxona
qoshidagi sexda yoki kimyo-farmatsevtika korxonalarida ishlab
chiqariladi. Odatda, bu korxonalar qushxonaga yaqin joyda
tashkil qilinadi. Qushxonalarda veterinar nazoratida so‘yilgan
hayvonlarning kerakli organlari ajratib olinadi va tezda tegishli
ishlab chiqarish sexlariga yuboriladi yoki ular konservatsiya qi-
linadi. A’zolar quyidagi usullarda konservatsiya qilinadi:
1. Tegishli a’zo —8—12°C da,  ba’zan —40°C da muzlatiladi.
Bunda bezlardagi kimyoviy jarayon deyarli to‘xtaydi va ta’sir
qiluvchi moddalar parchalanishdan saqlanadi.
2. 96 % li spirt yoki atsetonga solib qo‘yiladi. Bu usulda
a’zolar saqlanishdan tashqari, yog‘ va yog‘simon moddalardan
ham tozalanadi.


95
3. Natriy xlorning to‘yingan eritmasi yoki quruq tuzga bo-
tirib qo‘yiladi. Ishlatishdan oldin a’zolar yog‘-go‘shtlardan toza-
lanib, go‘shtqiymalagichda qiym
alanadi.
Organopreparatlar xossalari bo‘yicha bir necha xil tasniflanadi:
a) qaysi a’zodan olinganligiga qarab (qalqonsimon bez
preparatlari, buyrak usti bezi preparatlari, jigar preparatlari va
boshqalar);
b) texnologiya jihatidan — olinish usuli va tozaligiga ko‘ra,
quruq organopreparatlar, ichiladigan va inyeksiya uchun ishla-
tiladigan organopreparatlar;
d) ta’sir etuvchi moddasi bo‘yicha (gormonlar, endokrin
preparatlar, fermentlar, noaniq ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar).
Organopreparatlar tez parchalanib ketishi tufayli, ularni
tayyorlash jarayonida maxsus asbob-uskuna (sirlangan idishlar
va boshqa)lardan foydalanish, jarayonning tez bajarilishini
ta’minlash katta ahamiyatga ega. Organopreparatlar, ko‘pincha
terapevtik unumdorligi bo‘yicha o‘ziga xos biologik, ba’zan
kimyoviy usullarda baholanadi.
Quruq organopreparatlarning umumiy olinish texnologiyasi.
Ularni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: xom-
ashyoni tozalash, qiymalash, quritish, yog‘lardan tozalash,
ajratuvchini uchirish, baholash va qadoqlash.
Organ olinib, go‘shtqiymalagichda qiymalanadi. Qiyma
sirlangan patnislarga yupqa qilib solinib, 40—50°C haroratda
quritiladi. Quritilgan mahsulot «Sokslet» asbobida benzin yoki
petroley efiri bilan yog‘sizlantiriladi. Ajratuvchi bug‘latiladi.
Quruq mahsulot tegirmonlarda maydalanadi va baholanadi.
Ichish uchun mo‘ljallangan suyuq organopreparatlarning
olinishi. Êerakli organ qiyma holiga keltirilib, tegishli ajratuvchi
(efir, nordonlashtirilgan spirt, suv) bilan ajratma olinadi. Olingan
ajratma suvli eritmaga o‘tkazilib, yot oqsillar va yog‘lardan tozala-
nadi. Buning uchun salqin joyda bir necha kunga qoldirish,
izoelektrik nuqtasiga yetkazish, tuzlash kabi usullardan foydalani-
ladi, suziladi va baholanadi. Yomon hidni yo‘qotish uchun unga
essensiya qo‘shiladi. So‘ngra qadoqlanadi va salqin joyda saqlanadi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish