Farmatsevtika ishini tashkil


AHOLI VA DAVOLASH-PROFILAKTIKA



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/131
Sana08.02.2022
Hajmi3,61 Mb.
#436615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
2021-02-226033a3ad25ffd6420 Toshmuxamedov E Farmatsevtika ishini tashkil qilish

AHOLI VA DAVOLASH-PROFILAKTIKA
M UASSASALARINI D O R I VOSITALARI BILAN
TA’M IN LA SH N I TASHKIL ETISH
1-BOB. 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASIDA SOG‘LIQNI
SAQLASH ISHLARI VA FARMATSEVTIKA XIZMATINI
RIVO JLANTIRIS H ASOSLARI
1.1. SOG‘LIQNI SAQLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH 
PRINSIPLARI
0 ‘zbekiston Respublikasida Sog‘Iiqni saqlashni himoya
qilishda qonunchilikning konstitutsion asoslari.
0 ‘zbekiston Respubiikasi SogMiqni saqlash vazirligining asosiy 
vazifasi Respublika aholisi sog‘lig‘ini muhofaza qilish, davolash 
ishlarini tashkil qilish, yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatish 
asoslarini yaratish, davolash-profilaktika muassasalari uchun 
m oddiy texnika bazasini yaratish, tibbiyot va farmatsevt kadrlar 
tayyorlash, ulaming malakasini oshirish, aholi o'rtasida sanitariya- 
epidemiologiya holatini tegishli tartibda barqaror holatda saqlash 
va ta ’minlashni tashkil qilishdan iborat.
0 ‘zbekiston Respubiikasi K onstitutsiyasida ko'rsatilgan 
fuqarolam ing m uhim ijtimoiy huquqlaridan b in sog'liqni saqlash 
huquqidir. «H ar bir inson malakali tibbiy xizm atdan foydalanish 
huquqiga ega».
Yuqorida qayd etilgan vazifalami amalga oshirishda Sog'liqni 
saqlash vazirligining Bosh boshqarm alari, tegishli ilmiy tekshirish 
institutlari faoliyat ko‘rsatmoqdalar, tibbiyot va farmatsevt kadrlar 
tayyorlash ishlari esa tegishli institutlar va tibbiyot kollejlari tomoni- 
dan amalga oshiriladi.
Malakali tibbiy xizmatni maxsus tibbiy va farmatsevtika bilimla- 
riga ega, G ippokrat qasamyodini qabul qilgan ham da yordamga 
muhtoj har qanday bemorga sidqidildan xizmat qiladigan tibbiyot 
mutaxassislari amalga oshiradilar. Qonunchilik asosida yetarli 
malakaga ega bo'lm agan mutaxassislaming tibbiy va farmatsevtika 
faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat etilmaydi.
5


Davlat tom onidan vakolatlangan organlar xususiy sog'lom - 
lashtirish muassasalarini ochish ham da ulam ing faoliyati, tibbiy 
xizmat ko‘rsatish darajasi sifati ustidan belgilangan tartibda nazorat 
olib boradi.
Tibbiyot va Farmatsevtika faoliyatini olib boruvchi subyektlar 
faoliyatlari mavjud standartlar talablariga javob berm asa, faoliyat 
olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)dan sud hukmi 
asosida m ahrum qilinadi.
Malakali tibbiy va farmatsevtik xizmat ko'rsatishning ta ’minlash 
ishlarini yaratilgan quyidagi shart-sharoitlar bilan m untazam
ravishda ta ’minlanib turishini ko‘zda tutgan holda tuziladi:
— davlat davolash va sanitariya, dam olish muassasalari 
tarm og‘ining mavjudligi ham da hozirgi kunlarda ham m untazam
faoliyat ko‘rsatib turishi;
— nodavlat va idoraviy tibbiy muassasalarini rag‘batlantirish 
ham da rivojlantirish. K o‘plab ishlab chiqarish tarmoqlari, muassa- 
salarva tashkilotlam ing poliklinikalari, ambulatoriya, sanatoriya, 
kunduzgi davolovchi statsionar, dam olish maskanlari, shifoxona, 
qishloq shifokorlik punktlari, ona va bola shifoxonalari ham da 
sog‘lomlashtirish m arkazlarini yanada ko‘paytirish;
— aholining barcha qatlam larini e ’tiborga olgan holda, ular 
o ‘rtasida keng qamrovli dispanserizatsiya va emlash ishlarini tegishli 
tartibda olib borish hamda kasalliklami oldindan aniqlash va ulaming 
oldini olish, tegishli tashxis qo ‘yish;
— tibbiyot va farmatsevt kadrlami tayyorlash hamda malakasini 
oshirish, ulaming faoliyatlarini samaradorligi va malakasi ustidan 
davlat nazoratini o'rnatish;
— tibbiy sug‘urta tizimini yaratish, mehnat qobiliyatini yo‘qot- 
gan, ishga yaroqsiz yoki nogiron bo'lib qolgan fuqarolam i moddiy 
va m a’naviy qo‘llab-quw atlash ham da ularga davlat tom onidan 
qonun asosida belgilangan to'lovlar ajratish;
— aholining m a’lum ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga, tibbiy 
muassasalar tom onidan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish. N ogironlar 
va boquvchisidan m ahrum b o ‘lgan va og‘ir bem orlarga (ya’ni, 
tegishli 0 ‘zbekiston Respubiikasi SogMiqni saqlash vazirligi 1999-
6


yil 5-martdagi 134-sonJi buyrug‘i asosida tasdiqlangan) dorixona- 
lardan bepul dori vositalari olishga yordam berish;
— tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini zamonaviy asbob- 
anjomlar, texnika vositalari bilan jihozlash va ularga qulay sharoitlar 
yaratish;
— Respublikaning hamma viloyat markazlarida va iloji boricha 
aholi zich yashaydigan mintaqalarida ham da Toshkent shahridagi 
Respublika tez tibbiy va shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish 
muassasalarining faoliyatini takomillashtirish.
Hozirgi kunda davlat tomonidan kafolatlangan malakali tibbiy 
yordam k o ‘rsatish SogMiqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 
tashkilotlar orqali amalga oshirilmoqda. Shuningdek, «SogMom 
avlod uchun» Respublika fondi tom onidan ham onalar va bolalar- 
ning sog‘lig‘ini saqlash yo‘lida samarali ishlar olib borilmoqda.
M am lakatim iz dem okratik huquqiy davlat va insonparvar 
fuqarolik jam iyati mulk shakllarining yangi tizimi, qudratli ishlab 
chiqarish kuchlari ham da vositalari, ilg'or fan va texnologiyalarni 
Ь аф о etish, xalq faravonligini oshirish, erkin shaxsni har tom on- 
lama kamol toptirishga qulay sh art-sh aro itlar yaratilayotgan 
jamiyatdir. Shuning uchun ham Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika 
tizimida ham m ulkdorlar toifasiga keng yo‘l ochish, ular orqali 
aholi ham da davolash-profilaktika muassasalariga yuqori malakali 
tibbiy va farm atsevtik yordam ko‘rsatilib, ular jam iyatim izda, 
SogMiqni saqlash tizim ida yetakchi harakatlantim vchi kuchga ega 
b o ‘lgan jam iyatning m as’ul shaxsiga aylansin.
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash t o ‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston 
Respublikasining (1996-yil 29-avgustdagi va 1999-yil 15-apreldagi 
o‘zgartirish va qo‘shimchalari bilan) qonuniga asosan, 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Sog'liqni saqlash vazirligi quyidagi vakolatlarga 
ega:
— Sog‘liqni saqlash va tibbiy sug‘urta, SogMiqni saqlash sifati 
davlat standartlarining m e’yoriy bazasini ishlab chiqadi ham da 
barcha tibbiyot muassasalarining ulaiga rioya etilishi ustidan nazo- 
ratni amalga oshiradi;
— fuqarolam ing sog‘ligMni saqlash sohasida tarm oq davlat 
dasturlarini amalga oshiradi;
7


— davlat tom onidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga 
birinchi tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatishni budjet mablag‘lari 
hisobidan tashkillashtiradi;
— d av o lash -p ro filak tik a va d o rix o n a m uassasalarining 
sertifikatsiyasi va akkreditatsiyasini amalga oshiradi;
— shifokorlarga tibbiyot amaliyoti bilan shug‘ullanish uchun, 
farmatsevtlarga farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanish uchun 
litsenziyalar beradi;
— tibbiy xizm at tariflarining darajasini boshqarib boradi;
— 0 ‘zbekiston Respubiikasi hududida foydalanishga ruxsat 
etilgan dori vositalarini standartlashtirish va ro‘yxatga olishni amalga 
oshiradi.
Shunday qilib, SogMiqni saqlash ishlarining asosiy prinsiplari 
Respublika Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari, farmoyish 
va ko‘rsatm alari bilan belgilanib, asosan, aholining sog‘lig‘ini 
saqlash va hartaraflam a yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni 
tashkil qilishdan iborat.
Bu borada 0 ‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini 
saqlash to ‘g‘risida»gi qonunga muvofiq ham da aholining malakali 
tibbiyot xizmatdan foydalanish va ijtimoiy himoyaga doir konsti- 
tutsiyaviy huquqlarini ta ’minlash, shuningdek tibbiy xizmatlaming 
sifatini yaxshilash uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlarini 
yaratish, sog‘lom avlodni tarbiyalash choralari belgilandi.
Sog'fejni saqlash tizimini m am lakatda amalga oshirilayotgan 
islohotlarga muvofiq holga keltirish maqsadida, 1998—2005-уйЙ1ва 
0 ‘zbekiston Respubiikasi Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat 
dasturi tasdiqlandi va uning konsepsiy'asi berildi. Bunga muvofiq 
bepul tibbiyot yordam ko‘rsatiladigan va budjetdan ta ’m inlanadi- 
gan davolash-profilaktika muassasalari, shuningdek ulami bosqichma- 
bosqich pulli xizmatlarga o‘tkazilish miiddatlari belgilandi ham da 
dastum i am alga oshirishga doir asosiy chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Hozirgi kunda esa ushbu belgilangan vazifalarni bajarish 
borasida Respublika SogMiqni saqlash vazirligi tom onidan keng 
qamrovli va yuqori malakali tibbiy xizm at ko‘rsatishga qaratilgan 
qator tad b irlar amalga oshirilm oqda, bunga misol tariqasida 
Toshkent shahrida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam


ko‘rsatish m arkazini ochilishi, viloyatlarda esa bu markazning 
filiallari ochilib, ulam i yuqori malakali tibbiyot va farmatsevt 
kadrlar bilan ta ’minlandi va ular o ‘z m as’uliyati vazifalarini sharaf 
bilan bajarm oqdalar.
1.2. 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASIDA TIBBIYOT VA 
FARMATSEVTIKA FAOLIYATINI BOSHQARISH
Boshqarish ilmi har qanday xalq xo'jaligining faoliyatini bosh- 
qarish asoslarida o ‘zining m a’lum b ir xususiyatlari bilan ishtirok 
etgani kabi Sogiiqni saqlash tizimi ham o'zining m a’lum bir 
boshqarish jarayoniga egadir.
0 ‘zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasida aholining sog‘lig‘ini 
saqlash, muhofaza qilish va davolashni davlat tom onidan kafolat- 
langanligi qayd etiladi. Buning uchun esa Oliy Majlis tom onidan 
qabul qilingan qonun Prezident farmon va qarorlari ham da Vazirlar 
M ahkamasi qaror va ko'rsatm alari Sog‘liqni saqlash vazirligiga 
yuboriladi. Vazirlik tom onidan esa bu m e’yoriy hujjatlar Sog‘liqni 
saqlash tashkilotlariga tegishli boshqarm a va b o ‘limlar orqali quyi 
korxonalarga ya’ni, Sog‘liqni saqlash boshqarmalariga, Toshkent 
shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarm asiga, Qoraqalpog‘iston 
Respubiikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga va viloyat Sog'liqni saqlash 
bo'lim lariga yetkazilib, ular ham bu vazifalami o ‘z tasarrufidagi 
ham m a davolash-profilaktika muassasalariga yetkazadilar.
Boshqarish ilmi, boshqarishning ilmiy asoslariga suyangan 
holda, boshqarish ishlarini yanada takomillashtirish, unda boshqa- 
rishni tashkiliy, tarbiyaviy tomonlarini e’tiborga olgan holda rahbami 
zamonaviy boshqarish usullari bilan qurollantirgan holda, aholi 
bilan ishlash, uning ishchanlik faoliyatini yaxshilash, shu borada 
aholining sog‘lig‘ini yaxshilash va tiklash borasida eng zamonaviy 
usullami qo ‘llab, inson omili va tafakkurini e’zozlagan holda, 
har taraflam a inson sog‘lig‘ini m uhofaza qilishi zarur.
Bu borada 0 ‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar Mahkamasining 
1999-yil 14-yanvardagi 18-sonli Qaroriga asoslanib, ushbu qaror 
« 0 ‘zbekiston Respubiikasi Sog‘liqni saqlash tizimida boshqarishni 
takomillashtirish to ‘g‘risida» bo‘lib, unda 0 ‘zbekiston Respubiikasi
9


Prezidenti « 0 ‘zbekiston Respubiikasi SogMiqni saqlash tizim ini 
isloh qilish davlat dasturi to ‘g‘risida» 1998-yil 10-noyabrdagi 
PF2107-sonli farmonini bajarish yuzasidan hamda aholining sogMi- 
g'ini saqlash ishlari ustidan davlat nazoratini ta ’minlash choralari 
qayd etilgan.
Ushbu farm onga asosan, SogMiqni saqlash sohasida davlat 
siyosatini amalga oshirish, aholiga bepul tibbiy-sanitariya yordami 
ko‘rsatilishi, boshqarishning barcha darajasida aholiga tibbiy 
yordamni yaxshilash bilan bir qatorda, tizim ni m ablag‘ bilan 
t a ’minlash ja h o n standartlariga javob beradigan zam onaviy 
klinikalarini tashkil etish, davolash-profilaktika ham da sanitariya- 
cpidem iologiya m uassasalari to m o n id an aholi salom atligini 
muhofaza qilishga doir qonunchilik va boshqa m e’yoriy hujjatlarga 
rioya etilishi, boshqaruv organlarining m ansabdor shaxslari, Sog‘- 
liqni saqlash xodim larining noqonuniy xatti-harakati yuzasidan 
shikoyat va arizalar, qoida buzishlar va suiste’molchiliklaming oldini 
olish to ‘g‘risida masalalar ko'rsatilgan.
Farmonda 0 ‘zbekiston Respubiikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
to ‘g‘risidagi nizom , vazirlikning m a’muriy boshqaruv xodim lari­
ning soni, 0 ‘zbekiston Respubiikasi SogMiqni saqlash vazirligining 
Nazorat inspeksiyasi to ‘g‘risidagi, vaziming o‘rinbosarlari, shu bilan 
birga boshqarish jarayonida, Toshkent shahar SogMiqni saqlash 
Bosh boshqarmasi boshligM lavozimiga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respubii­
kasi SogMiqni saqlash Vazirining o ‘rinbosari hisoblanishi ko'isatilgan. 
Ushbu farmon va amaldagi qarorlarga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respublika­
sida tibbiyot va farmatsiya SogMiqni saqlash tizimini ajralmas qismi 
ekanligi qayd etilgan. T a’kidlash lozimki, respublikada farmatsevtika 
faoliyatini muvofiqlashtirishda, 0 ‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar 
M ahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-sonli Qarori m uhim
rol o‘ynaydi. Shu qarorga asosan, 0 ‘zbekiston Respubiikasi Davlat 
mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoMlab-quwatlash davlat 
q o ‘mitasi tom onidan «Farmatsiya» ishlab chiqarish birlashmasini 
«D ori-darm on» davlat aksionerlik uyushm asiga aylantirildi. 
Uyushma faoliyatini muvofiqlashtirish 0 ‘zbekiston Respubiikasi 
SogMiqni saqlash vazirligi zimmasida saqlab qolindi.
«D ori-darm on» davlat aksiyadorlik uyushm asi va uning 
hududiy birlashinalari dori vositalari ham da tibbiyot buyum lari
10


b u y u rtm a-larin in g asosiy tu rlari ya’ni, davlat buy u rtm alari 
b o ‘yicha SogMiqni saqlash organlari tomonidan tasdiqlangan hayotiy 
zarur (asosiy) dori vositalari va tibbiy ashyolar bilan ta ’minlashni 
bajarilishi aniq ko‘rsatildi.
Shu qarorga asosan davlat aksiyadorlik uyushmasi va hududiy 
«D ori-darm on» davlat aksiyadorlik birlashmalari o ‘zining ishlab 
chiqarish — xo‘jalik va moliyaviy faoliyati istiqbolini, mustaqil 
belgilaydi, bozor konyukturasini tashkil etgan holda, marketing 
xizmatlarini ko‘rsatadi, davlat ham da boshqa organlarida, o ‘z ta ’sis- 
chilarining m anfaatlarini ifodalaydi.
«Dori-darmon» DAU faoliyatini takomillashtirish maqsadida 
Vazirlar M ahkamasining 2005-yil 20-m ay 131 -sonli Qarori bilan 
«D ori-darm on» aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Ushbu 
Qarorga ko‘ra quyidagilar «D ori-darm on» aksiyadorlik kom pa- 
niyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib quyidagilar 
belgilandi:
— 0 ‘zbekiston Respubiikasi aholisini sifatli dori vositalari va 
tibbiyot buyumlari bilan ta ’minlash;
— marketing tadqiqotlari o ‘tkazish ham da hayotiy m uhim
boMgan asosiy d o ri-d arm o n lar va tibbiyot buyum lariga, shu 
jum ladan giyohvand ham da hisobda turadigan psixotrop preparat- 
larga buyurtmalarni shakllantirish ham da tuziladigan shartnom alar 
asosida respublika sogMiqni saqlash tizimi muassasalarining ularga 
boMgan ehtiyojini ta ’minlash;
— 0 ‘zbekiston R espubiikasi SogMiqni saqlash vazirligi 
tom onidan tasdiqlanadigan ro ‘yxat bo'yicha davlat zaxirasining 
dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojlarini qondirishni 
ta ’minlash;
— « D o ri-d arm o n » ak siy ad o rlik kom paniyasi tark ib ig a 
kiradigan dorixona muassasalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, 
mavjud farmatsevtika m ahsulotlari resurslari to ‘g‘risidagi yagona 
respublika axborotlar tizim ini yaratish;
— dori vositalari va tibbiyot buyum lari bilan ta ’minlashni 
tashkil etishga investitsiyalami jalb qilish, ilg‘o r texnologiyalami 
joriy etish.
Ushbu qarorga muvofiq «D ori-darm on» AK tarkibiga kirgan 
korxona va tashkilotlar ro'yxati va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
11


1.3. SOG‘LIQNI SAQLASH VA FARMATSEVTIKA FAOLIYATI
XIZMATINI BOSHQARUVCHI TASHKILOTLARNING ASOSIY 
VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
0 ‘zbekiston Respubiikasi SSV va farmatsevtika faoliyatini 
amalga oshirish ishlari o ‘zining m a’lum tartibdagi o ‘ziga xos 
boshqarilish tizimiga ega boMib, bu tizim aholiga tibbiy yordam
ko‘rsatishda va dori vositalari bilan aholini tegishli tartib d a 
taminlashda m uhim o ‘rinni egallaydi.
R espublikada SogMiqni saqlash tizim iga rahbarlik qilish 
SogMiqni saqlash vazirligiga yuklatilgan boMib, vazirlik asosan 
quyidagi m asalalam i hal etadi:
— aholining sog‘lig‘i va unga bog‘liq ravishda xalq xo'jaligini 
va uning mudofaa faoliyatlarini yaxshilash hamda SogMiqni saqlash 
ishlarini rivojlantirish;
— aholiga yuqori malakali va aholining hamma qatlami uchun 
muqobil tibbiy yordam ni tashkil etish;
— aholining sogMigMni m uhofaza qilishda, kasalliklarning 
oldini olish chora tadbirlarini rivojlantirish;
— onalik va bolalikni muhofaza qilish;
— Respublika sanitariya-epidem iologiya h olatini yaxshi 
boMishini ta ’minlash;
— aholini va davolash-profilaktika muassasalarini dori vosita­
lari, virusga qarshi ham da tashxis vositalari va boshqa tibbiyotda 
ishlatiladigan buyum lar bilan ta ’minlash;
— davlat rejalariga asoslanib, davolash-profilaktika muassasalari 
va dorixona tizimini rivojlantirish chora tadbirlarini ko‘rish;
— tibbiyot va farmatsiya sohasidagi ilmiy izlanishlami rivojlan- 
tirib, uning samaradoligini oshirib, ulam i SogMiqni saqlash va 
farmatsiya amaliyotiga qoMlash chora tadbirlarini ko‘rish;
— tibbiyot va farmatsevt kadrlar tayyorlashni, ulam ing m ala- 
kasini oshirish borasidagi nazariy ham da amaliy jihatdan bilimlarini 
yuqori saviyaga ko‘tarish;
— m ehnatni ilmiy asosda tashkil etilgan, boshqarish asosida 
SogMiqni saqlash muassasalarini tegishli yuqori malakali kadrlar bi­
lan ta ’minlab, aholining sogMigMni tiklashda yuqori natijalaiga erishish;
12


— 
hukum at tom onidan SogMiqni saqlash ishlariga ajratilgan 
budjet mablagMaridan sam arali foydalanib, SogMiqni saqlash 
binolarini ta ’mirlash va yangidan quriladiganlarini, o‘z vaqtida ishga 
tushirish ishlarini amalga oshirish.
Bu ishlami amalga oshirish uchun maMum bir boshqaruv 
tizimi shakllangan boMib, ular maMum boshqarm a, boMim va 
tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Vazirlik qoshida hay’at (Kollegiya) tashkil etilgan boMib, unga 
SogMiqni saqlash tizimidagi dolzarb m uam m olarni, vazirlikning 
kollegiya a ’zolari bilan birgalikda hal qilish vazifasi yuklatilgan. Ilmiy, 
amaliy, klinik va epidemiologik m uam m olarni muhokama qilish, 
ularni reja asosida amalga oshirish tibbiyot ham da farmatsiyadagi 
ilmiy va amaliy ish natijalarini Respublika tibbiyotiga qoMlash hamda 
shu yoM bilan SogMiqni saqlash sohasidagi am aliy va ilmiy 
yo‘nalishlami rivojlantirish uchun vazirlik qoshida Olimlar tibbiyot 
ilmiy kengashi tashkil qilingan.
Olimlar tibbiyot ilmiy kengashi tarkibiga jamoatchilik asosida 
Respublikani ko‘zga ko‘ringan yirik olimlari kiritilgan boMib, ular 
tibbiyot va farmatsiyaga oid ilmiy yo'nalishni rivojlantirish bilan 
birga ularni SogMiqni saqlash va farmatsiya amaliyotiga qoMlash 
ishlari bilan shug‘ullanadilar.
Bundan tashqari Davolash-profilaktika yordami ko'rsatish 
Bosh boshqarmasi, Onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh 
boshqarmasi, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati departa- 
menti, Iqtisodiyot va mablag* bilan ta ’minlash Bosh boshqarmasi, 
K adrlar va o ‘quv yurtlari Bosh boshqarm asi, M a’muriy xo‘jalik 
boshqarmasi, Nazorat inspeksiyasi, Dori vositalari va tibbiy texnika 
sifatini nazorat qilish Bosh boshqarm asi, Dori vositalari siyosati 
markazi va boshqa boMimlar, sogMiqni saqlash ishlarini Respublika 
miqyosida boshqarishda muhim vazifalami bajaradilar.
0 ‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar M ahkamasining 1995-yil 
25-m aydagi 181 -sonli Q aroriga va 0 ‘zbekiston Respubiikasi 
SSVning 1995-yil 2-iyundagi 250-sonli buyrugMga asosan, vazirlik 
qoshida Dori vositalari ham da tibbiy texnika sifatini nazorat qilish 
Bosh boshqarmasi tashkil etildi.
13


SSVning Dori vositalarini va tibbiy texnika sifatini nazorat 
qilish Bosh boshqarm asida Dori vositalari ekspertizasi ham da 
standartizatsiyasi Davlat markazi, Farm akopeya, Farmakologiya, 
Yangi tibbiy texnikalar kabi qo‘mitalarga, G iyohvandlar nazorati 
qo‘mitasiga, Dori vositalari va tibbiy texnikani qayd etish b o ‘limi 
hamda nazorat qilish bo‘yicha Farmatsevtik inspeksiyasi mavjuddir.
Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi 
qoshida:
— vaksina, zardob vositalari va mikrobiologik tadqiqotlar 
o‘tkazish laboratoriyasi;
— dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash 
laboratoriyasi;
— tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi;
— farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi;
— ilmiy uslubiy va axborot bo‘limi tashkil etilgan.
Bosh boshqarm aning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— 0 ‘zbekiston Respubiikasi korxonalarida ishlab chiqarilayot- 
gan va im port qilingan dori vositalarining sifatini nazorat qiladi;
— iste’molchilar va ta ’minotchilar o'rtasida dori vositalarining 
sifati masalasida anglashilmovchilik, kelishmovchilik va bahs bo‘lib 
qolgan taqdirda, dori vositalarining sifatini arbitraj tahlili o ‘tkazib, 
oxirgi yakunlovchi xulosa beradi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasiga chet eldan sotib olib keltirilayot- 
gan dori vositalari va tibbiyot buyum larini Davlat ro‘yxatidan 
o ‘tkazishdan a w al ulam ing sifatini h ar taraflam a nazorat qiladi;
— yangi dori vositalariga ishlab chiqilgan m e’yoriy texnik 
hujjatlar loyihasiga xulosalar beradi;
— dori vositalari sifatini nazorat qilishning am alda qo'llani- 
layotgan usullarini takomillashtiradi va yangi usulni ishlab chiqish 
bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boradi;
— yangi dori vositalarini yaratish bo ‘yicha ilmiy ishlar bilan 
shug‘ullanadi;
— 0 ‘zbekiston Respubiikasi hududida ishlab chiqarilayotgan, 
saqlanayotgan, qo ‘llanilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlari- 
ning sifatini dastlabki davlat nazoratidan o ‘tkazadi;
14


— eskirib qolgan dori vositalarini Davlat reestridan chiqarish 
to ‘g‘risida tavsiyanomalar tayyorlaydi.
Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish 
uchun unda ekspertlar kengashi tashkil qilingan.
O'ZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANOATI DAVLAT AKSIONERLIK 
( 0 ‘ZFARM SANOAT) KONSERNI
Respublika aholisining dori vositalariga bo'lgan ehtiyojini 
yaxshiroq qondirish va farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish 
m aqsadida 0 ‘zbekiston R espubiikasi P rezidentining 1993-yil
2-iyundagi PF 290-sonli farmoni asosida O'zfarm sanoat, Davlat - 
aksionerlik konsem i tashkil etilib, uning tarkibiga bir qator ilmiy 
tekshirish institutlari va 0 ‘zkimyofarm ishlab chiqarish birlashmasi 
kiritilishiga qaror qilindi.
0 ‘zfarm sanoat konsem ining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat:
— Dori vositalari yaratish va ularni ishlab chiqarishni tashkil 
etish, aholining davolash-profilaktika m uassasalarining dori 
vositalariga, biologik faol moddalarga, boshqa tibbiy va sanitariya- 
gigiyena mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga oid tadbirlami 
amalga oshirish;
— Farm atsevtika sanoatini kompleks rivojlantirish, ushbu 
tarm oq korxonalarini hududiyjihatdan joylashtirishni takomillash­
tirish, tabiatni muhofaza qilish siyosatini o ‘tkazish masalalari 
yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvining Respublika ham da 
mahalliy organlari bilan ham korlikda ishlash;
— Dori vositalari va ulaming ishlab chiqarish texnologiyalarini 
yaratish sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasida Sog‘liqni saqlash 
vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda yagona ilmiy- 
texnika siyosatini o ‘tkazish;
— Respublikada dori vositalari ishlab chiqarishni ko'paytirish, 
xorijiy sheriklar bilan ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy ham korlikni 
takomillashtirish ham da kengaytirish hisobiga ularni chetdan xarid 
qilishni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va izchil am alga 
oshirish masalasi bilan shug‘ullanish qayd etiladi.
15



Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish