Toshkent Farmatsevtika institutining
70 yilligiga bag‘ishlanadi
Kirish
Aholi va davolash profilaktika muassasalarini sifatli dori
vositalari bilan o‘z vaqtida ta ’minlashni tashkil qilish sogMiqni
saqlash tizimi va boshqa dorishunos mutaxassislar oldida turgan
dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasida dorixona muassasalari
Mustaqil H am do‘stlik M amlakatlarida birinchilar qatorida davlat
tasarrufidan chiqarildi. Natijada farmatsevtika ishini tashkil qilish
bo‘yicha mavjud b o ‘lgan asosiy darsliklar dori vositalari m uom ala-
sining ko‘p masalalari bo'yicha o‘z amaliy ahamiyatini yo‘qotdi.
Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida farmatsevtika faoliyati
sohasini mustaqil rivojlanishini xalqaro tajribalarga suyangan holda
tashkil qilish, soha mutaxassislarining tashabbuslarini qoMlash
ham da iste’m olchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida
hukum atim iz tom onidan bir qator huquqiy va m e’yoriy hujjatlar
qabul qilindi. 0 ‘z navbatida ko‘plab yangi dori vositalarini yaratilishi,
farmatsevtik yordam ni takomillashgan usullarini amaliyotga kirib
kelishi bilan farmatsevtika ishini tashkil qilishni asosiy yo‘nalishlari
yoritilgan darsliklar yaratish vazifasi yana ham dolzarb bo‘lib qoldi.
M azkur darslikda aholi va davolash profilaktika muassasalarini dori
vositalari bilan ta ’minlashni tashkil etishda hozirgi kun nuqtayi
nazaridan dorixona m uassasalari mutaxassislari uchun zarur
bo‘lgan m asalalar 11-bobda keltirilgan. Amaliy ahamiyati ortib
borayotgan retseptsiz dori vositalari savdosini tashkil qilish va
farmatsevtik xizm atni sifatli ta ’minlashga qaratilgan m avzular
m umkin qadar kengroq yoritildi.
Dori vositalari muomalasiga taalluqli ayrim atama va term inlar
darslikda birinchi m arta bayon qilinayotganligi munosabati bilan
ulami farmatsevtika sohasi nuqtayi nazaridan sharhlab, um um iy
tushunchalar ham berildi.
3
Amaldagi dastur doirasida tayyorlangan ushbu darslikda
farmatsevtika ishini tashkil qilish bo ‘yicha talabalar uchun kerakli
bo ‘lgan asosiy masalalar yoritilib, qo‘shim cha m a’lum otlar va
tegishli m e ’yoriy h u jja tla rd a n m ustaqil foydalanish u ch u n
ko‘rsatmalar berilgan.
Darslik farm atsevtika instituti talabalari va farmatsevtika
faoliyati bilan shug'ullanayotgan keng m utaxassislar ommasi
uchun m o‘ljallangan.
Darslik birinchi bo r chop etilganligi sababli ayrim xato va
kam chiliklardan holi deb b o ‘lmaydi va uni takom illashtirish
borasidagi maslahat ham da takliflarni m am nuniyat bilan qabul
qilamiz.
Mualliflar darslikni tayyorlash uchun kerakli m a’lum otlam i
tuzishda qatnashgan Farm atsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi
x o d im la ri: M .A .S aid o v , A .I.N u ritd in o v a , G .E .S o d iq o v a ,
A M .T o ‘xtayeva, D.T.Saipova, Z.SH. Xidoyatova va M.Ya.Saidova
hamda taqrizchilarga katta minnatdorchilik bildirishadi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |