51
Nazorat uchun savollar:
1.
Fermentlarni biotexnologiyada o‘rni
2.
Fermentlarni ajratish usullari
3.
Fermentlarni immobillash usullar
4.
Fermentlarni sintez qiluvchi produtsentlar
Ma’ruza rejasi
1) Antibiotiklarsintezlovchiprodutsentmikroorganizmlar.
2)Antibiotiklar va ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
3) Sanoat sharoitida antibiotiklar olish va ularni qo‘llash
Tayanch atamalar va iboralar:
Produtsent, aktinomitset, zamburug’
Respublikamizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida faol antibiotiksintezqiluvchi
mikroorganizmlar ajratib olish, xususan kimyo va oziq-ovqat, farmatsevtik va dori –vositalarini
ishlab chiqarish sohalarida qo‘llanilayotgan zamonaviy
biotexnologik jarayonlarda
antibiotiklarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. SHuning uchun respublikamizda raqobatbardosh,
faol va serhosil antibiotiklar ishlab chiqarishni rivojlantirishdan iborat.
Antibiotiklar - mikroorganizmlar sintez qiluvchi eng yirik farmatsevtik preparatlar
hisoblanadi. Ulardan ba’zi-birlari qishloq xo‘jaligida xilma-xil
zararkunandalarga qarshi
(masalan, polioksin, baridamitsin, kosgalitsin va x.k.)
ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda
(penitsillin,
tetratsiklin, sefolasporin S va x.k.) keng qo‘llaniladi.
Atigi 6 avlodga mansub zamburug‘larni 1000 dan ortiq xilma-xil antibiotiklar sintez qilishi
ma’lum. Ko‘pgina antibiotiklarni aktinomitsetlar sintez qiladilar. Birgina Streptomyces griscus
50 dan ortiq antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Mikroorganizmlar sintez qiladigan
antibiotiklardan atigi bir qismigina amaliyotda keng ishlatiladi. Eng avvalo bular penitsillinlar
va sefolasporinlardir.
Bu antibiotiklarni sintez qiluvchi zamburug‘lar Penicillum
va Ctpholosporum avlodiga
mansub. Streptomitsin, gentamitsin, tetratsiklin kabi antibiotik Streptomyces avlodiga mansub
aktinomitsetlar xamda Micromonospora va Bacillus avlodlariga mansub bakteriyalar
tomonlaridan sintez qilinadi.
Gen muxandisligi “davri”gacha antibiotik sintez qiluvchi mikroorganizmlar
shtammlarini
asosan mutagenez va seleksiya yo‘llari orqali olingan. Masalan: seleksiya hamda fermentatsiya
sharoitlarini tanlash oqibatida sanoat sharoitida penitsillin ishlab chiqaradigan shtammni
xosildorligi 1 litr oziqa muxitida 40 grammgacha ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich,
dastlabki,
Penecillum chrysogenum shtammiga nisbatan 20 ming marotaba ko‘proqdir.
SHuningdek, modifikatsiya qilingan antibiotiklarni ishlab-chiqarish imkoniyatini beradigan
mutasintez usuli xam yaratildi. Bu usul - antibiotiklar sintezining ma’lum qismida o‘zgarish
kiritilgan mutant shtammlardan foydalanishga asoslangan.
Funksional faol bo‘lgan antibiotik sintez qiluvchi oziqa muxitiga o‘zgartirilgan qismni
anologlari qo‘shiladi va oqibatda o‘sha qo‘shilgan
modda saqlagan, antibiotikni
Do'stlaringiz bilan baham: