34
Ikkinchi plazmidada esa faqat o'simlik geni kiritilgan T-DNK bo'ladi.
Ikkala plazmida bitta hujayraga joylashtiriladi. Agrobakteriya ikki hil plazmidasi bilan
birga o'simlikka yuboriladi. Yordamchi plazmidaning vir-zonasi ikkinchi plazmidaning T-
segmentini kesadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, T-segment o'simlik genomiga birikadi.
Qisqa qilib aytganda, Ti-plazmida asosidagi ideal vektor sistema quyidagi elementlar va
hossalarga ega bo'lishi zarur:
1)
o'simlik genomiga barqaror qo'shilishi uchun barcha kerakli signallar,
genlarning ekpressiya sistemasi (o'simlik polimerazalari «taniydigan» promotor),
transformatsiyalangan hujayralarni selektsiyasi (saralash) uchun marker;
2)
vektor sistemada onkogenlar bo'lmasligi kerak. Ular o'simlik hujayralarini
differentsiyallanishini to'htadi.
Onkogenlarni yo'qotish uchun
transpozonli mutagenez
(transpozon - ko'chib yuruvchi genetik
element) usuli qo'llaniladi. T-DNKga transpozonlar kiritilsa,
o'simlikda
shish hosil qiladigan
genlar (
iaaM, iaaH, ipt
) «o'chiriladi». Transpozonlar T-DNKni o'simlikka o'tishiga halaqit
qilmaydi. Transpozonli mutagenezda Tn5, Tn7 bakterial transpozonlardan foydalaniladi.
Ti-plazmidani
modifikatsiyalashda
restriktsiya
saytlariga
(restriktazalar
kesadigan
uchastkalar) ham e'tibor berish kerak. Modifikatsiyada EcoR1,
Hind III, BamH1 va boshqa
restriktazalar ishlatiladi. Ba'zida ma'lum bir saytning 18-20uchastkasidan taniydigan turli hil
restriktazalar bo'ladi. Shuning uchun bunday uchastkalar
polilinkerlar
deb ataladi.
Bundan tashqari, vektor molekulalarini konstruktsiyalashda promotorlarga ham e'tibor
berish
kerak. Promotor quyidagi hossalarga ega bo'lishi kerak:
faol ekspressiya;
to'qima va organspetsifik ekspressiya;
boshqarilish imkoniyati.
Ayrim genlar yuqori temperatura ta'sirida faollanadi. Bunday genlar boshqariladigan
promotorlarga misol bo'ladi. Ayrim genlar zahira oqsillari (masalan, boshoqli o'simliklarda
uchraydigan zein oqsili) sintezini nazorat qiladi. Ular to'qima spetsifik ekspressiyaga misol
bo'ladi.
O'simliklar gen muhandisligida ko'p ishlatiladigan promotor - CAMV (
cauliflower mosaic
virus
– gulkaram mozaikasi virusi) promotori. CAMV promotoriga ulangan genlar o'simlikning
barcha to'qimalarida faol ekpressiyalanadi.
Va nihoyat vektorlarda markerlar ham bo'lishi zarur. Chunki transgen o'simliklar marker
genlar yordamida saralanadi. Marker genlar reporter genlar ham deyiladi.
Marker genlar soni
anchagina. Misol uchun,
luxA va luxB genlari. Ular tunda yonib turadigan hasharotlar
DNKsidan ajratilgan. luxA va luxB genlari lyutsiferaza fermenti sintezini boshqaradi.
Lyutsiferaza oksidlangan lyutsefirin pigmentini lyutsefiringa o'tish reaktsiyasini katalizlaydi.
Tungi hasharotlarning yonib turishiga luytsefirin pigmenti sababchidir. luxA va luxB marker
genlarini saqlagan transgen o'simlikni boshqalaridan ajratib olish oson. Chunki ular, yuqorda
aytganimizdek, chiroq shu'lasi kabi yonib turadi.
Ohirgi paytlarda pgfp markeri ham keng ishlatilmoqda. Bu gen
GFP-oqsili (green fluorescent
protein) sintezini nazorat qiladi.
U Acquorea victoriameduzasining DNKsidan olingan. Tanasida
pgfp markeri saqlagan transgen o'simlikka ul'trabinafsha nur tushurilsa, u yashil rang berib
tovlanadi.
T-DNK orqali o'simlik hujayralarini transformatsiyalashning an'anaviy usuli - mahsus
jarohatlangan yosh o'simlik novdasiga tarkibida
Ti-plazmida mavjud agrobakteriyani
kiritish.
Hozirda transgen o'simlik olishning bir necha hil usullari ishlab chiqilgan. Hattoki mahsus
«Shotgun» qurilmasi yaratilgan. DNK molekulalari vol'fram sharchalar bilan o'raladi va
«Shotgun» qurilmasida o'simlik tanasiga miltiqdan o'q otish kabi otiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: