94
ajratiladi. Ajratilgan gibrid plazmidaga o'simlik geni joylashtiriladi va yana klonlash uchun
Escherichia coli
bakteriyasiga qayta kiritiladi.
Klonlangan plazmidalar
Escherichia coli
bakteriyasidan ajratiladi va agrobakteriya sitoplazmasiga kiritiladi. So'ngra agrobakteriya
o'simlikka yuboriladi. Agrobakteriyadagi gibrid plazmidaning T-segmenti o'simlik genomiga
qo'shilib ketadi. Transgen o'simlik ana shunday tehnologiya asosida yaratiladi.
Yuqorida keltirilgan tehnologiyani biroz soddalashtirish mumkin. Buning uchun binar
vektor
sistemalardan
foydalaniladi.
Bunda
agrobakteriya
hujayrasida
ikki
hil
modifikatsiyalangan Ti-plazmida bo'lishi kerak. Plazmidalarning birida
faqat
vir-
zona bo'ladi.
vir-
zona T-DNK kesilishi uchun javobgar. Bunday plazmidalar yordamchi plazmidalar deyiladi.
Ikkinchi plazmidada esa faqat o'simlik geni kiritilgan T-DNK bo'ladi.
Ikkala plazmida bitta hujayraga joylashtiriladi. Agrobakteriya
ikki hil plazmidasi bilan
birga o'simlikka yuboriladi. Yordamchi plazmidaning vir-zonasi ikkinchi plazmidaning T-
segmentini kesadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, T-segment o'simlik genomiga birikadi.
Qisqa qilib aytganda, Ti-plazmida asosidagi ideal vektor sistema quyidagi elementlar va
hossalarga ega bo'lishi zarur:
3)
o'simlik genomiga barqaror qo'shilishi uchun barcha kerakli signallar, genlarning
ekpressiya
sistemasi
(o'simlik
polimerazalari
«taniydigan»
promotor),
transformatsiyalangan hujayralarni selektsiyasi (saralash) uchun marker;
4)
vektor sistemada onkogenlar bo'lmasligi kerak. Ular o'simlik hujayralarini
differentsiyallanishini to'htadi.
Onkogenlarni yo'qotish uchun
transpozonli mutagenez
(transpozon - ko'chib yuruvchi genetik
element) usuli qo'llaniladi. T-DNKga
transpozonlar kiritilsa,
o'simlikda
shish hosil qiladigan
genlar (
iaaM, iaaH, ipt
) «o'chiriladi». Transpozonlar T-DNKni o'simlikka o'tishiga halaqit
qilmaydi. Transpozonli mutagenezda Tn5, Tn7 bakterial transpozonlardan foydalaniladi.
Ti-plazmidani
modifikatsiyalashda
restriktsiya
saytlariga
(restriktazalar
kesadigan
uchastkalar) ham e'tibor berish kerak. Modifikatsiyada EcoR1, Hind III, BamH1 va boshqa
restriktazalar ishlatiladi. Ba'zida ma'lum bir saytning 18-20 uchastkasidan
taniydigan turli hil
restriktazalar bo'ladi. Shuning uchun bunday uchastkalar
polilinkerlar
deb ataladi.
Bundan tashqari, vektor molekulalarini konstruktsiyalashda promotorlarga ham e'tibor berish
kerak. Promotor quyidagi hossalarga ega bo'lishi kerak:
faol ekspressiya;
to'qima va organspetsifik ekspressiya;
boshqarilish imkoniyati.
Ayrim genlar yuqori temperatura ta'sirida faollanadi. Bunday
genlar boshqariladigan
promotorlarga misol bo'ladi. Ayrim genlar zahira oqsillari (masalan, boshoqli o'simliklarda
uchraydigan zein oqsili) sintezini nazorat qiladi. Ular to'qima spetsifik ekspressiyaga misol
bo'ladi.
O'simliklar gen muhandisligida ko'p ishlatiladigan promotor - CAMV (
cauliflower mosaic
virus
– gulkaram mozaikasi virusi) promotori. CAMV promotoriga ulangan genlar o'simlikning
barcha to'qimalarida faol ekpressiyalanadi.
Va nihoyat vektorlarda markerlar ham bo'lishi zarur. Chunki transgen o'simliklar marker
genlar yordamida saralanadi. Marker genlar reporter genlar ham deyiladi. Marker genlar soni
anchagina. Misol uchun,
luxA
va
luxB
genlari. Ular tunda
yonib turadigan hasharotlar
DNKsidan ajratilgan.
luxA
va
luxB
genlari lyutsiferaza fermenti sintezini boshqaradi.
Lyutsiferaza oksidlangan lyutsefirin pigmentini lyutsefiringa o'tish reaktsiyasini katalizlaydi.
Tungi hasharotlarning yonib turishiga luytsefirin pigmenti sababchidir.
luxA
va
luxB
marker
genlarini saqlagan transgen o'simlikni boshqalaridan ajratib olish oson. Chunki ular, yuqorda
aytganimizdek, chiroq shu'lasi kabi yonib turadi.
Ohirgi paytlarda
pgfp
markeri ham keng ishlatilmoqda. Bu gen
GFP-oqsili (green fluorescent
protein) sintezini nazorat qiladi.
U Acquorea victoria
meduzasining DNKsidan olingan.
Tanasida
pgfp
markeri saqlagan transgen o'simlikka ul'trabinafsha nur tushurilsa, u yashil rang
berib tovlanadi.
95
T-DNK orqali o'simlik hujayralarini transformatsiyalashning an'anaviy usuli - mahsus
jarohatlangan yosh o'simlik novdasiga tarkibida
Ti-plazmida mavjud agrobakteriyani kiritish.
Hozirda transgen o'simlik olishning bir necha hil usullari ishlab chiqilgan.
Hattoki mahsus
«Shotgun» qurilmasi yaratilgan. DNK molekulalari vol'fram sharchalar bilan o'raladi va
«Shotgun» qurilmasida o'simlik tanasiga miltiqdan o'q otish kabi otiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: