92
umuman hech qanday shish hosil qilmaydi;
normal hujayralarning anomaliyasiga sabab bo'ladi (masalan, o'simlik
novdalari va ildizining haddan ortiq o'sib ketishi).
O'tkazilgan genetik tadqiqotlarga qaraganda, o'simlik tanasidagi turli
shishlarni paydo bo'lishi, opinlar sintezi aynan Ti-plazmida genlariga bog'liq
ekan. 2- va 3-hil mutant plazmidalarni o'simlikka kiritib, fitogormonlar yordamida
shish hosil qilsa bo'ladi.
Ti-plazmidalarning mutatsiyasi o'simlikning gormonal metabolizmiga ta'sir
qiladi degan ilmiy tahminlar ham yo'q emas.
Agrobakterial transformatsiyaning molekulyar-genetik
mehanizmlari
Transformatsiya jarayonini 4 bosqichga ajratish mumkin:
bakteriyani o'simlik hujayrasi devoriga bog'lanib olishi;
o'simlik hujayrasiga T-DNKni kirishi;
T-DNKni o'simlik genomiga integratsiyasi (qo'shilishi);
T-DNK ekspressiyasi (rasm 13.).
Agrobakterial ransformatsiyaning asosiy bosqichlari: I-o'simlik hujayrasi devori
gidrolizlanadi,
gidroliz mahsulotlari
VirA
hemoretseptorlarini faollantiradi; II-
VirG –
vir-
genlarning transkriptsiyasi va ekspressiyasi aktivatori; III-
VirD1
va
VirC1
yordamida
VirD2
ni
T-DNKga bog'lanishi va TDNKning o'ng (RB-right bound) va chap (LB-left bound) tomonidan
uzilishi; IV-
VirE2
ni T-zanjir bilan bog'lanishi va T-zanjir+
VirD2 + VirE2
kompleksini
bakteriya hujayrasi g'ovagidan o'tishi; V- operon
VirB
agrobakteriya hujayrasi devorida g'ovak
hosil qilgan; VI- T-DNKning o'simlik hromosomasiga integratsiyasi;
Transformatsiya jarayonining dastlabki bosqichlari o'simlikning jarohatlangan eridan
boshlanadi. O'simlik jarohtlanganida quyi molekulyar fenol birikmalar (masalan, atsetosiringon),
uglevodlar (masalan, glukoza va glyukuron kislota) ajraladi. pH muhit esa kislotali bo'ladi.
Agrobakteriya plazmidasidagi T-DNKni kesilishidan tortib o'simlik hromosomasiga
integratsiyasigacha bo'lgan jarayonlarni Ti-plazmidaning
vir
zonasidagi genlar bajaradi.
O'simlik
jarohatidagi signallarni
VirA
va
ChvE
oqsillari qabul qiladi.
ChvE
oqsilini
agrobakteriyaning hromosoma genlari sintezlaydi. U atsetosiringonga nisbatan sezgir bo'lib,
VirA
oqsiliga ta'sir qiladi. Natijada
VirA
oqsili fenol birikmalarini sezishni boshlaydi.
VirA
oqsili
93
- proteinkinaza fermenti. U bakteriya hujayrasi ichki membranasini ikki marta teshadi.
Shuningdek
VirG
oqsiliga fosfor donori bo'lib hizmat qiladi. O'z navbatida
VirG
boshqa
vir
-
genlar transkriptsiyasini boshlanishiga sababchi bo'ladi.
Agar o'simlik kasallangan yoki boshqa sabablar bilan yahshi rivojlana olmaydigan bo'lsa, vir
genlar faollanmaydi, T-DNK ham o'simlik hromosomasiga birikmaydi.
VirD
operoni bir qancha metabolitlarni sintezlaydi. Bu metabolitlardan biri – ikki
komponentli endonukleaza fermenti. Bu ferment T-DNKni kesadi. Kesilgan T-DNKni
VirB
va
VirE
oqsillari agrobakteriyadan o'simlikka o'tkazadi. T-DNKni bakteriyadan o'simlik hujayrasiga
o'tishi uchun 30 minut vaqt talab etiladi. T-DNKning o'simlik genomiga qo'shilishi ko'p
bosqichli jarayon hisoblanadi. Genomga T-DNKning bir necha nushalari joylashishi mumkin.
Jarayon tugaganidan so'ng T-DNK o'simlik genomining bir qismiga aylanadi. T-DNK o'simlik
hujayrasidagi RNK-polimeraza II fermenti yordamida transkriptsiyalanadi.
Agar yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga e'tibor bergan bo'lsangiz, agrobakteriyaning o'zi
o'simlik hujayrasiga kirmaydi. Bakteriya o'zining T-DNKsini o'simlik hujayrasiga kiritdi,
hromosomaga joylashtirdi va o'simlikni opinlar sintez qiluvchi «fabrika»ga aylantirdi. Opinlar
esa bakteriya uchun azot va uglerod manbaidir.
Do'stlaringiz bilan baham: