Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet68/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Nazorat savollari

  1. Farmasevtika bozorida dori vositalarining sifati va bezararligini ta’minlashning ahamiyati.

  2. O‘zbekiston Respublikasi farmasevtik bozorida dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi va uning holati.

  3. Dori vositalarining qalbakilashtirilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.

  4. Qalbaki dori vositalari haqida tushuncha.

  5. Qalbaki dori vositalarining tasniflanishi.

  6. Qalbaki dori vositalarining standartga muvofiq kelmaslik ko‘rsatkichlari

O‘zbekiston Respublikasi farmasevtik bozoridagi dori vositalariniqalbakilashtirishning oldini olish chora-tadbirlari



    1. MAVZU

FARMASEVTIK TASHKILOTLAR FAOLIYATI NAZORATI. FARMASEVTIK NAZORAT. AUDITORLIK TEKSHIRUVI
Reja:

  1. Farmasevtika tashkilotlari faoliyati nazoratining turlari

  2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining davlat nazorati

  3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining rejali tekshiruvini tashkil etish

  4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining rejadan tashqari tekshiruvlari

  5. Auditorlik tekshiruvini tashkil etish

  6. Farmasevtika faoliyatining ixtisoslashgan (farmasevtik) nazorati



Tayanch iboralar:farmasevtika tashkilotlari faoliyati nazorati, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, tekshirishlarni tartibga solish, tadbirkorlik sub’ektlari, umumiy tartibdagi davlat nazorati, ixtisoslashgan (farmasevtik) nazorat; auditorlik tekshiruvi, rejadan tashqari tekshiruv, nazorat idoralari.


Farmasevtika tashkilotlari faoliyati nazoratining turlari
Farmasevtika tashkilotlarining faoliyati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat nazoratini amalga oshirish huquqlari berilgan turli idoralar tomonidan tekshiriladi. Hozirgi zamon sharoitida davlat nazoratining funksiyalari nafaqat kamchiliklarni aniqlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarningtekshiruvini o‘tkazish, balki farmasevtika tashkilotlarining ob’ektiv harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, qoida buzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va uning faoliyatini qonuniy oqimga yo‘naltirish borasida yordam ko‘rsatishdan iboratdir.
Farmasevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (ishlab chiqaruvchi korxonalari, ulgurji farmasevtik firmalari, standartlashtirish va sertifikatlashtirish idoralari, dorixona muassasalari va x.) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sifatida mamlakatimizda qabul qilingan barcha qonun xujjatlariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishi kerak. Ushbu faoliyatning barcha talablarga muvofiq amalga oshirilayotganligini tekshirish uchun umumdavlat nazorati belgilangan va uning xuquqiy-me’eriy bazasi yaratilgan. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlarining nazoratiga aloqador quyida keltirilgan qonun va qonunosti xujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ularda nazoratlarni o‘tkazish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan:

  • «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni (24.12.1998y.);

  • «Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida» (PF №1503 8.08.1996 y.);

  • «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida» (PF №2114 19.11.1998 y.)

  • «Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirish tizimini yanada qisqartirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» (PF № 3665 5.10.2005 y.)

  • “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirishlar o‘tkazish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish Tartibi to‘g‘risida Nizom» №917 6.04.2000y. va boshqalar.

Farmasevtika tashkilotlarda amalga oshirilayotgan farmasevtika faoliyatining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini tekshirish esa ixtisoslashgan (farmasevtik) nazorat asosida o‘tkazilib, bu nazorat maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyatini boshqa turdagi nazorat asosida tekshirib, bu tekshiruvga davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralariga bo‘ysunmaydigan, mustaqil auditorlik tashkilotini jalb qilib, nazorat natijalaridan o‘z faoliyatini takomillashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish kabi maqsadlarda foydalanishi mumkin. Bu nazorat auditorlik tekshiruvi deb atalib, u majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin17.
Shunday qilib, yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda farmasevtik tashkilotlar faoliyatiga aloqador tekshiruvlarning quyidagi turlarini ko‘rsatish mumkin:

  • umumiy tartibdagi davlat nazorati;

  • ixtisoslashgan (farmasevtik) nazorat;

  • boshqa turdagi nazorat (auditorlik tekshiruvi).

Umumiy tartibdagi nazorat davlat nazorat idoralari tomonidan o‘tkazilib, o‘z holicha quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish