1. Rejalashtirish.
1.1. Suhbat ishtirokchilarining tarkibini, bo‘lishi mumkin vaziyatlarni oldindan rejalashtirish.
1.2. Suhbatning tashabbuschisini, mavzusini, maqsadlarini, vazifalarini belgilab olish.
1.3. Suhbatni o‘tkazish strategiyasi va taktikasini (maqsadga erishish yo‘llarini) tushunib yetish.
1.4. Batafsil reja (ish bo‘yicha suhbatni tayyorlash va o‘tkazish yuzasidan harakatlar dasturi).
2. Tezkor tayyorgarlik.
2.1. Materiallarni to‘plash (shaxsiy muloqotlar, hujjatlar, tadqiqotlar, bosma nashrlardan bo‘lishi mumkin axborot manbalarini izlash).
2.2. Mazkur suhbat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni tanlab olish va tasniflash.
2.3. Ma’lumotlarni ularning olingan vaqti va joyiga qarab tartibga solish (komponovka qilish).
2.4. Ish rejasini tuzish (to‘plangan ma’lumotlar asosida o‘z g‘oyalari va mulohazalarini, vazifalar va talablarni ifodalash).
2.5. Suhbatning asosiy qismini ishlab chiqish, ish rejasiga aniq takliflarni kiritgan holda.
2.6. Suhbat natijalarining samaradorligiga erishish maqsadida, suhbatning boshi, o‘rtasi va ohiri orasidagi bog‘lanishni aniqlash.
Alohida muhim, uzoq davom etadigan ish bo‘yicha suhbatlarni, hamda ko‘pgina masalalar yuzasidan muzokaralarni o‘tkazishda yuqorida qayd etilgan tizimgarioya etish lozim. Kundalik ish bo‘yicha muloqotlarni amalga oshirish uchun mazkur tizimni soddalashtirish kerak.
Bunday tayyorgarlikdan so‘ng rejalashtirilgan suhbat davomida faqat suhbat ishtirokchilarining dalillarini solishtirish va ularning asosida qaror qabul qilish qoladi.
Suhbat o‘tkazishning, uning turli bosqichlariga taalluqli bo‘lgan beshta asosiy maqsadlari ajratib ko‘rsatiladi:
suhbatdoshning e’tiborini jalb qilish;
qiziqishini uyg‘otish, o‘zini tinglashga majbur qilish;
g‘oyalarning (dalillarning) to‘g‘ri ekanligiga ishontirish;
qiziqishlarini aniqlash va shubhalarni bartaraf etish (neytrallash, inkor etish, mulohaza bildirish);
suhbatdoshni yakuniy qarorga keltirish.
Faol tinglovchi bo‘lish uchun suhbat davomidao‘zining tutishida 6ta ketma-ket harakatlarni amalga oshirish lozim. Ularning navbatini eslab qolish uchun mnemonik uslubiyot qo‘llaniladi: inglizcha listen (tinglang) so‘zining har bir harfi aniq bir harakatni anglatadi.
1) L — lookinterested(qiziqqan bo‘lib ko‘rinishga harakat qil);
2) I — inquirewithquestion (savollarbilananiqlikkirit);
3) S — stauonthe subjest (chalg‘ima);
4) T — testunderstanding (tushunilishiniqadrigaet);
5) Ye — yenjousooregation (hamkorlikdan hursand bo‘l);
6) N — netgalizeemotions (asabiylashma).
Ishbo‘yichasuhbatlarnio‘tkazishuchununiversalxususiyatlargaegabo‘lgantavsiflardanfoydalanishlozim:
1) hamsuxbatni ohirigacha e’tibor bilan tinglang;
2) anglashilmovchiliklarning oldini olish va noto‘g‘ri talqin etilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z nuqtai nazaringizni aniq, ravshan va tushunarli qilib bayon qiling;
3) suhbatdoshingizni hurmat qiling, ayniqsa, agar suhbatdoshingizning lavozimi siznikidan past bo‘lsa, o‘zingizda mensimaslik harakatlariga yo‘l qo‘ymang;
4) xushmuomala, odobli va do‘stona munosabatda bo‘ling, ammo xushomad va laganbardorlik qilmang;
5) suhbatdoshingizni jahli chiqqanda sovuqqonlik, qat’iylik sabotlilikni saqlang;
6) imkoni boricha suhbatdoshingiz sizning fikralaringiz va takliflaringizni to‘g‘ri tushuna olishini osonlashtiring, tayyor qarorni majburan qabul qildirmagan holda o‘zingizning haqligingizga ishontiring;
7) so‘zlashuv ohangi va muaomala qilish usulini suhbatdoshingizning xislatlriga qarab tanlang;
8) suhbatdan so‘ng hech bo‘lmasa 5 daqiqani suhbatning borishi va natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga vaqt ajrating, suhbatning natijalari yozib qo‘yishingiz lozim. Bu ish bo‘yicha suhbatlarni o‘tkazish yuzasidan o‘z-o‘zingizni mustaqil takomillashtirish dasturini tuzish va ishlab chiqishingizga birinchi qadam bo‘ladi.
Mehnat borasidagi deyarli barcha ishlar shakli, mazmuni, maqsadi bo‘yicha har xil bo‘lgan ish bo‘yicha suhbatlar bilan boshlanadi, ular bilan amalga oshiriladi va tugallanadi. Ish bo‘yicha suhbatlarning ahamiyati ularning funksiyalari bilan belgilab beriladi.
Ish bo‘yicha suhbat davomida quyidagi masalalar muhokama qilinishi mumkin:
chora-tadbirlarning boshlanishi va boshlangan chora-tadbirlarning muvofiqlashtirilishi;
axborot almashinuvi va xodimlarning o‘zaro muloqoti;
turli pog‘onalarda ish bo‘yicha muloqotlarni saqlab turish;
yangi g‘oyalar, fikrlarni izlab topish, ilgari surish va tezkorlik bilan ishlab chiqish.
Suhbatning afzalliklari, bitta suhbatdoshga e’tiboringizni jamlash imkonini beruvchi yaqin og‘zaki muloqot; bevosita muomala; bir-birini yaxshiroq bilib olish va kelgusida muomala qilishni osonlashtirish uchun shaxsiy o‘zaro munosabatlarni o‘rnatilishiga sharoitlarning yaratilishidan iboratdir. Bundan tashqari, suhbat ish kengashlarining o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |