Koordinatsiya munosabatlari — bu bitta pog‘onadagi yoki har hil pog‘onadagi tuzulmaviy bo‘linmalar o‘rtasida, ularning birgalikdagi harakatlarini kelishtirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar. Tashkilotlardagi o‘zaro munosabatlarning xususiyatlari va shakllarini — kommunikatsiya, ya’ni muomala belgilab beradi.
Shaxslararo kommunikatsiya — bu farmasevtika tashkilotining a’zolari o‘rtasida axborot almashinuvidir.
Kommunikatsion jarayonning asosiy maqsadi, tashkilotning rahbari va qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasida ma’lum darajadagi munosabatlar uchun zarur bo‘lgan, muomala vositasi hisoblangan axborotning tushunilishini ta’minlashdan iborat.
Boshqaruvkommunikatsiyasi (yoki boshqaruv muomalasi) — bu rahbar va qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasidagi, faoliyatni keraklicha o‘zgartirishga qaratilgan axborot almashinuvi jarayonidir.
Boshqaruvkommunikatsiyalarini ishlab chiqarish faoliyatiga aloqador bo‘lmagan kommunikatsiyalardan farqi shundaki, kundalik kommunikatsiyalar, odatda, tasodifan yuz beradi va oldindan rejalashtirilmaydi. Boshqaruv kommunikatsiyalariga muhokama qilinadigan turli (shaxsiy, siyyosiy, ijtimoiy-maishiy va boshqa) jabhalarni qamrab oladigan masalalarning hilma-hilligi, ko‘pincha bir mavzudan ikkinchisiga o‘tib ketilishi, qarorlarni qabul qilinishi bilan o‘zaro kam bog‘langanligi, asosan axborotdan iborat bo‘lishi xosdir.
Kadrlar boshqaruvi funksiyalarining amalga oshirilishi boshqaruv kommunikatsiyalarini, o‘zining maqsadli yo‘nalishi bilan farqlanadigan 6ta asosiy sohalarini ajratish imkonini beradi12.
Boshqaruv kommunikatsiyalari asosiy sohalariningtavsifi
Boshqaruv kommunikatsiya-larining sohasi
|
Maqsadli yo‘nalishi
|
Ishga yollash
|
Ishga kirmoqchi bo‘lgan xodimni mazkur tashkilotning afzalliklari va fazilatlariga ishontirish hamda talabgor haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lish
|
Ish boshlashdan oldingi instruktaj
|
Ishga qabul qilingan shaxsni tashkilot bilan tanishtirish
|
Xodimning shaxsiy ulushini baholash
|
Qo‘l ostidagi xodimga, uning tashkilot faoliyatiga qo‘shadigan ulushini bahosi haqida ma’lum qilish
|
Mehnat xavfsizligi
|
Xodimlarga, ularni mehnat faoliyatining xavfsizligi darajasi va uni ta’minlash bo‘yicha ko‘riladigan choralar haqida axborot taqdim etish
|
Mehnat intizomi
|
Xodimlarni amaldagi qoidalar, yo‘riqnomalar bilan tanishtirish va shunga asosan uning o‘zini tutish tartibini shakllantirish
|
Kommunikativ ta’sir ikki tomonlama axborot oqimini ko‘zda tutadi, bunda bitta tomon axborot olib, unga tezlik bilan yoki ma’lum vaqt o‘tganidan keyin javob beradi.
Kommunikatsiya tizimi o‘zaro bog‘langan 4ta elementdan tarkib topadi:
axborotni uzatuvchi shaxs (jo‘natuvchi);
axborotning o‘zi;
uzatish usuli;
axborotni oluvchi shaxs (axborot oluvchi).
Kommunikatsiya kanallari bo‘ylab jo‘natuvchidan oluvchi shaxsgacha axborotning harakati bir nechta muolajalarga qat’iy ajratiladi: axborot oluvchini aniqlash; kerakli materialni ajratish (ixtiyoriy, tasodifiy,maqsadli, saylanma, tizimli, oldindan belgilab berilgan, tashabbusli); axborot bilan ishlash; uzatish; qabul qilish, axborotni anglab yetish; «qaytar aloqa» bo‘yicha axborot almashish yoki uning olinganligini tasdiqlash.
☺
Do'stlaringiz bilan baham: |