Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet140/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Nominal shkala (Nominal)tartibga solinmagan, atributiv belgilar o‘lchovi uchun ishlatiladigan shkala, ya’ni har bir ob’ektga ularni aniqlash uchun maxsus yorliqlar beriladi. Marketingda shkalalarning bunday turlari tartib raqamlari va boshqa belgilar, simvollar berish uchun qo‘llanadi. Masalan, dorixonaning nomi va raqami.
Tartibli yoki darajali shkala (Ordinal) ushbusonlar ob’ektning nisbiy joylashuvini belgilaydi (elementlarning bunday tartibi xususiyatlari darajasiga ko‘ra muhimdir, miqdoriy ifodasi esa sezilarli darajada emas yoki unchalik muhim emas).
Ushbu shkala miqdoriy belgilarni o‘lchash va ularni aniqlash imkoniyatini beradi. Boshqacha qilib aytganda, qaysi ob’ektda qanday xususiyatlar ko‘p yoki kam darajada ifodalanganligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Masalan, iste’molchilarning qanday dori vositalarini afzal ko‘rishlari darajasi.
Intervalli shkala (Interval) – teng intervallar qo‘llanadiganshkaladir. Bunday belgilar oraliqlari ob’ektlar xususiyatlari orasidagi teng o‘zgarishlarni belgilaydi. Shkalaning bunday turi ob’ektni son ko‘rsatkichlariga ko‘ra aniqlashga yordam beradi. Masalan, standart og‘ish hisob-kitobida.
Bunday shkalaning xususiy holati absolyut shkala bo‘lib, unda masshtab va sanoq nuqtasi belgilangan. Matematik tenglamasi quyidagicha:
a = 0 bo‘lganda Y = aX
Nisbiy shkala – bunday shkala yuqorida sanab o‘tilgan turlarni o‘z ichiga oladi va ob’ektlarni sinflarga ajratish, ularni solishtirish, ular orasidagi intervalni aniqlashda yordam beradi. Masalan, dorixonalar tomonidan farmasevtik tovarlarni sotish hajmi va ularning bozordagi hissasini aniqlash.
Shuningdek, ushbu shkala turlari alohida juftlikda ham ishlatilishi mumkin. Shkalalar asosiy turlarining umumiy xarakteristikasi quyidagi jadvalda keltirilgan [38].
1.1 – jadval Shkalalar asosiy turlarining umumiy xarakteristikasi

Ko‘rsatkich

Nominal shkala

Tartibli (darajali) shkala

Intervalli shkala

Nisbiy shkala

Asosiy xususiyatlar

Sonlar ob’ektlar va ularning xarakteris
tikalarini aniqlash uchun beriladi

Sonlar ob’ektlar orasidagi miqdoriy tafovutni emas, balki nisbiy joylashuvini baholash uchun beriladi

Shkalaning teng intervallari ob’ekt xarakteristi
kasi belgilarida
gi teng intervallar
ni va ob’ektlar o‘rtasidagi miqdoriy tafovutni ko‘rsatadi

Shkala koeffitsientlarni hisoblash, solishtirish, ob’ektlarni aniqlash imkonini beradi; avvlgi uch turdagi shkalalar xususiyatlariga ega

Misollar

Ijtimoiy sug‘urta polisi raqami, jinsi, komandadagi o‘yinchilar raqamlari bo‘yicha sinflarga ajratish

Musobaqa ishtirokchilari darajasi, klassi, kastasi, hayotiy xususiyatlari

Qiymat, yil, oy, baholashning besh balli tizimi

Shaharlar orasidagi masofa, yoshi, daromad miqdori, kompaniya aksiyalari
dagi hissasi

Shkalashning ayrim hollarida aniqlash – aniq talablar bo‘yicha ob’ektlar o‘tkazmalarining aniq tartibini belgilash qo‘llanadi. To‘g‘ri va teskari aniqlov turlarini ajratish mumkin. To‘g‘ri aniqlov – faktorlarni ahamiyatining oshib borishiga yoki o‘rganilayotgan ob’ektga ta’siriga ko‘ra ajratish. Teskari aniqlov– faktorlarni ahamiyatining pasayib borishiga yoki o‘rganilayotgan ob’ektga ta’siriga ko‘ra ajratish.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish