Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bosqichlari
1. Muammoni belgilash, tadqiqot budjetini hisob-kitob qilish.
2. Axborot manbalarini tanlab olish.
3. Axborot to‘plash va qayta ishlash.
4. Axborotni tahlili qilish va bashorat qilish.
5. Xulosa va tavsiyalar, marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash.
Marketing kompleksi va uning tarkibiy qismlari
1. Tovar: sifatini tavsiflash, raqobatbardoshligini baholash;
servis darajasi va uning talabga ta'sirini baholash;
hayot davri egri chizig‘i rivojlanishi tendensiyalarini aniqlash.
2. Ilgari surish (harakatlantirish):
reklama va tovarni ilgari surishning boshqa shakllari samaradorligini baholash;
tovar taqsimot tizimi va tovar harakatlanishi kanallari samaradorligini tahlil qilish;
savdo-sotuv logistikasi modellari axborot-tahlil ta'minoti.
3. Narx:
narx shakllanishi siyosatining axborot-tahlil ta'minoti;
tovarning hayotiylik davri har bir bosqichida narx muvozanati bashorati.
4. Joylashtirish:
bozor konyunkturasini baholash va tahlil qilish;
raqobatchilarning bozor faolligini baholash va tahlil qilish;
muayyan tovarning asosiy bozor ko‘rsatkichlarini muntazam o‘lchab borish, uning sig‘imini aniqlash;
talabni bashorat qilish va uning moslashuvchanligini baholash;
tijorat tavakkalchiligini aniqlash va baholash.
5. Xaridorlar:
xaridorlarning did-istaklari va ularning turli vaziyatlardagi xulq-atvorini aniqlash va modellashtirish.
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda chet el firma va kompaniyalari katta mablag‘lar sarflaydi. Masalan, AQShda yillik sotish hajmi 25 mln. dollar bo‘lgan kompaniyalar o‘z marketing budjetlarining 3,5 %ga yaqinini marketing tadqiqotlariga sarflaydi. Iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarish vositalari yetkazib beruvchi korxonalarga nisbatan bu sohaga ko‘proq mablag‘ sarflaydilar.
Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma'lum bir qismidir, xolos. Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo‘lgan mahsulotning mumkin bo‘lgan sotish miqdori;
tovarning iste'mol xususiyatidagi va boshqa xarakteristikalarining o‘zgarishi tendensiyasi;
yoshi, jinsi, hududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, o‘zini tutishi, daromadi darajasi bo‘yicha iste'molchilar guruhini aniqlash;
assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning istagini aniqlash;
mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sig‘imidagi ulushi (hududlar va segmentlar bo‘yicha ham);
firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o‘rni.
Ko‘rinib turibdiki, bozor to‘g‘risidagi ma'lumotlar miqdori katta va turli xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin firmalar bozorni iloji boricha tezroq o‘zlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo‘lishini oldini olish uchun qarshi choralar ko‘radilar. Bunday tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilingandan so‘ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o‘rnini aniqlovchi o‘ziga xos omillarni o‘rganishdir.
Bozorni marketing nuqtai nazaridan o‘rganish o‘z oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste'molchilar talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chiqadigan tovarlarning bozor va iste'molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |