Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet133/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Pochta orqali so‘rov ko‘pincha anketa savollariga javob olishdan iborat. Bunda tadqiqotchi respondent bilan bilvosita bog‘lanadi hamda uning javoblariga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Tarqatilgan anketalardagi savollar aniq va tushunarli berilishi, javob variantlari esa barcha holatlarni inobatga olishi kerak. Bu usulning kamchiligi - respondentlarning anketalarni hamma vaqt ham qaytarib bermasliklari hisoblanadi.
So‘rov uslubi tadqiqot uchun tanlov birligi, hajmi, belgisi va o‘tkazish tartibini dastavval aniqlanishni taqozo etadi. Masalan, o‘rganilayotgan majmua ob’ektlarning barchasini to‘liq o‘rganish imkoni bo‘lmaganda, tanlanma uslub qo‘llaniladi. Yuqoridagi misolda keltirilgan soch quritish va soch turmaklash qurilmasini sotib olib foydanalayotgan ayollarning ushbu predmetga munosabati, mamnunligi, xarid vaqtida va xariddan 1 oy keyin so‘roq tarzida amalga oshirilishi mumkin. Muloqot yo‘nalishida esa telefon, pochta, shaxsiy yoki guruhli suhbat qo‘llaniladi.
Muloqotdagi auditoriya bilan aloqa o‘rnatish uslublari ichida telefon orqali interv’yu, shaxsiy, guruhlar vositasida interv’yu, pochta orqali anketa yuborish ko‘p qo‘llaniladi.
So‘rov usullarining afzalliklari va kamchiliklari quyidagi 7.1-jadvalda berilgan:
7.1.- jadval

Ko‘rsatkichlar

Pochta
usuli

Telefon usuli

Shaxsiy so‘rov usuli

Internet orqali so‘rov

1.Egiluvchanlik

yomon

yaxshi

juda yaxshi

qoniqarli

2. Olib bo‘ladigan ma’lumot miqdori

yaxshi

qoniqarli

juda yaxshi

yaxshi

3. Interv’yuer ta’sirini nazorat qilish

juda yaxshi

qoniqarli

yomon

juda yaxshi

4. Tanlov nazorati

qoniqarli

juda yaxshi

qoniqarli

qoniqarli

5. Ma’lumot yig‘ish tezligi

yomon

juda yaxshi

yaxshi

yomon

6. e’tibor darajasi

yomon

yaxshi

yaxshi

yomon

7. Qiymati

yaxshi

qoniqarli

yomon

juda yaxshi

8. Tanlov strukturasi

yaxshi

juda yaxshi

qoniqarli

yomon

So‘rovnomaning keng tarqalgan usullaridan biri anketalashdir. Marketing tadqiqotlarida so‘rov ko‘p jihatdan anketa (so‘roq varaqasi) vositasida ko‘p tashkil etiladi. Anketalash - bir mavzuga qaratilgan savollar majmuiga javob variantlarini tanlash orqali amalga oshiriladi. Anketa o‘z ichiga tayinli tizimga solingan, mantiqan bog‘langan savollar ko‘lamini olib, asosan 2 shaklda axborot to‘plashga xizmat qiladi. Birinchi shakl og‘zaki so‘rab, belgilab, umumlashtirib borishga asoslanadi. Ikkinchi yozma shakl esa, taqdim etilgan anketa savollariga bevosita respondentning o‘zi, guruhlarga ajratilgan muqobil javoblarni belgilaydi.


Ko‘pgina yirik firmalar va marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotlar anketa vositasida quyidagi yo‘nalishdagi muammolar bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil etadilar:
- xaridorlarning yangi tovarlarga nisbatan munosabati, qanoatlanish darajasiga oid izlanishlar;
- xaridorlarni muayyan tovar assortimenti turi bo‘yicha ta’minlanishi, ulardan foydalanish muddatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan izlanishlar;
- xaridorlarning muayyan tovarlarga bo‘lgan ishtiyoqi, iste’mol qilish xususiyati, daromadlari va boshqa belgilarga ko‘ra segmentlarga ajratish bo‘yicha izlanishlar;
- xaridorlarning shakllanayotgan talablarini o‘rganish, tovarlar sifatini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish xususidagi izlanishlar;
- tovarlarni xarid qilish shakli, uslubi, manzili, sotuvdan keyingi xizmat muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan izlanishlar va h.q.
Anketa vositasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarga muayyan firma mahsulotlarini sotuvchi tashkilot xodimlari, maxsus tanlab olingan ekspertlar, muayyan manzil aholisi jalb etiladi. Tadqiqotlar o‘tkazish davriga ko‘ra doimiy va doimiy bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Bu xususiyat marketing izlanishi bilan shug‘ullanayotgan firmaning imkoniyatlari, tovar, narx, xizmat ko‘rsatish siyosati va boshqa xususiyatlarga bog‘liq.
Marketing tadqiqotlarini anketa vositasida o‘tkazish bir-biriga bog‘langan bosqichlarni o‘z ichiga oladi va yaxlit bir jarayon sifatida tashkil etiladi. (7.2.-chizma).
Dastlab so‘rov o‘tkazish uchun anketalarni qo‘llash zarurati, undan olinishi mumkin bo‘lgan natijalar qiyoslanadi. Chunki, ayrim hollarda anketa so‘rovi o‘tkazmasdan ham, ayrim savollarga javoblarni topish mumkin bo‘ladi. Ba’zan bunday ma’lumotlardan tegishli firma bexabar bo‘lishi yoki ma’lumotlar oqimini muntazam kuzatmasligi, qayta ishlamasligi mumkin. Shuning uchun, so‘rov natijalari muvaffaqiyatli yakunlanishi so‘rov maqsadining qanchalik aniq, tushunarli qilib belgilanishiga bog‘liq.
Tadqiqotni o‘tkazish natijasida firma qanday muhim va zaruriy axborotlarga ega bo‘lishi, qanday qo‘shimcha ma’lumotlarni olish zaruriyligi mablag‘larning oqilona sarflanishi, tadqiqot o‘tkazish muddatlari ikkinchi bosqichga belgilab olinadi. Ushbu bosqich tadqiqot vazifalarini aniqlash bosqichi sanaladi.
Anketa savollari va javoblari tizimini ishlab chiqish eng muhim bosqich bo‘lib, bunda tegishli ish guruhi turli gipotezalar (taxminlar) va muqobil uslublar asosida dastlabki anketa savollari shaklini ishlab chiqadilar. Avvalgi o‘tkazilgan tadqiqotlarda to‘plangan tajriba, mutaxassislarning fikr va mulohazalari asosida anketa savollari va javoblari muayyan maqsad sari yo‘naltirilganligiga e’tibor beriladi. Ushbu bosqichning mohiyati – anketa orqali so‘rash asosida turli gipotezalarni tekshirish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, savollar va javoblar ko‘lamini ratsional tartibda va ketma-ketlikda joylashtirishga alohida e’tibor beriladi. Masalan, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi aholining xarid qilish turkumi keltirilishi mumkin:
1) qishloq aholisi faqat uzoq muddatli iste’mol tovarlarini shaharlardan sotib olish ko‘nikmasiga ega;
2) qishloq aholisi shahardan xarid qilishlarining asosiy sababi, ularning o‘z mahsulotlarini shaharlarda sotishlari va bu ishni yo‘l-yo‘lakay, vaqtni tejash maqsadida amalga oshirishlari;
3) qishloq joylarda do‘konlarning kamligi;
4) qishloq joylarda tovarlar sifati pastligi va assortiment ko‘lamining kamligi;
5) qishloq aholisi faqat sovg‘alarnigina shahar do‘konlaridan sotib olish ko‘nikmasiga ega va hk.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish