Ma’lumotlarni to‘plash jarayonining vositalari va uslublari
Marketing tadqiqoti uchun zaruriy ma’lumotlar va axborotlarni yiqish jarayoni bir-biriga bog‘liq bo‘lgan vositalar, uslublar, bosqichlardan iborat. Marketing izlanishi sohalari va yo‘nalishlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar u 6.1-rasmda ko‘rsatilgan asosiy bosqichlardan tashkil topadi.
Marketing tadqiqoti muammosi va maqsadlarini aniqlash yalpi tadqiqotda eng muhim va ma’suliyatli bosqich hisoblanadi. Ko‘pgina hollarda tadqiqot maqsadi uni vujudga keltirgan muammo bilan bir xil deb qaraladi. Aslida esa, mavjud muammoni hal etish maqsadga erishish imkonini beradi, deb qaralishi lozim.
Muammoni aniq belgilash, bu tadqiqotni to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoning mantiqan to‘g‘ri, sodda va maqsad sari yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor bermoq lozim. Aks holda, noto‘g‘ri ifodalangan muammo tadqiqotni maqsad sari yo‘naltirilmaslikka, vazifalarni aniq belgilay olmaslikka, yuqori ortiqcha harajatga olib keladi. Masalan, turistik sayohat yo‘nalishlari bilan ish boshlovchi A firma oldida turgan muammolar quyidagicha bo‘lishi mumkin. Sayohatchilar uchun qanday sayohat qilish transporti ma’qul? Sayohatchilar tegishli sayohat yo‘nalishlari va shakllari bo‘yicha qanday sarf xarajatlarini qoplashga qodirlar? qanday qilib firma sayohatchilar ko‘lami va yo‘nalishlarini oshirishi va samarali tashkil etishi mumkin va boshqalar.
Tadqiqot rejasini tuzish bosqichida unda safarbar qilinadigan uslublar, tadqiqot qurollari, tanlov tarkibi va belgisi, muloqotdagi jamoa bilan bog‘lanish vositalari belgilab olinadi. Odatda marketing tadqiqotini boshlashdan oldin uni o‘tkazish uslublari, vositalari hususida chuqur mulohaza yuritish va qiyosiy baholash zarur bo‘ladi.
Tadqiqotlarda kuzatish, eksperiment va so‘rov uslublari keng qo‘llaniladi. Lekin ular asosida axborotni yig‘ish vositalari qurollari, tanlov tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin.
1.15.1-jadval . Marketing tadqiqoti uchun axborotlarni yig‘ish vositalari va uslublari
Ma’lumot manbalari
|
Ma’lumot yig‘ish uslublari
|
Tadqiqot qurollari
|
Tanlov tarkibi rejasi
|
Muloqotdagi jamoa bilan bog‘lanish
|
Birlamchi ma’lumot
Ikkilamchi ma’lumot
-ichki ma’lumotlar
-tashqi ma’lumotlar
|
Kuzatish
So‘rov
Eksperiment
Guruhli baxs
|
Anketa
Mexaniq qurollar
|
Tanlov birligi
Tanlov xajmi
Tanlov o‘tkazish tartibi
|
Pochta
Televon
Shaxsiy uchrashuv
|
Kuzatish – birlamchi axborot olishda ko‘p qo‘llaniladigan uslub hisoblanadi. U mutaxassislarning tegishli muammo bo‘yicha shaxsiy kuzatishlari, baholashlari, umumlashtirishlari asosida amalga oshiriladi. Jumladan, yuqoridagi misolimizdagi A sayohat firmasi ish boshlashidan avval, bozorda faoliyat yuritayotgan boshqa firmalar ish faoliyati bilan tanishishi, sayohatchilar fikrini o‘rganish lozim. So‘rov uslubi tadqiqotda o‘rganilayotgan ob’ektning mohiyati, intilish hususiyatlari borasida ko‘proq ma’lumot to‘plashda qo‘llaniladi.Masalan, sayohat firmasining ishtiyoqmandlar guruhini aniqlashi borasidagi tadqiqotlari. Jumladan, ularning qiziqishlari, qadriyatlari, mamnunliklari xususida ma’lumotlar yig‘ishi va umumlashtirilishi. Boshqacha qilib aytganda, firma mijozlar ining tegishli faoliyati xususidagi fikrlari va mulohazalarining bilish maqsadida tashkil qilinadigan tadqiqotlarda so‘rov uslubi ko‘proq qo‘llaniladi.
Eksperiment – tadqiqotlarda muqobil deb belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha istakdagi amaliy holatni vujudga keltirish va bu asosda samarali bo‘lgan yo‘nalishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga asoslanadi. Masalan, sayohat firmasining uzoq yo‘nalishlardagi sayohatlarda bir necha turli taomlar turkumini amaliy holatda sinab ko‘rish va bunga sayohatchilarning sabablarini o‘rganish. Sayohatchilarning ovqatlanishlari uchun individual tayer taomlarni bevosita avtobusda taklif etish yoki tegishli yo‘nalishdagi tamaddixona va oshxonalarda buyurtma asosida ovqatlanishni uyushtirish.
Ekperiment asosida uyushtirilgan tadqiqot bir muncha ko‘proq xarajatlarni taklif etsada, istakdagi yoki sinalayotgan marketing tadbiri xususida to‘laroq va real natija olish imkonini yaratadi. Shu jihatdan eksperiment mahsulot sifatini texnik jihatdan takomillashtirish, qadoqlanishi, reklama va sotish borasida ayrim uslublar va tadbirlarni sinab ko‘rishda ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Guruhli baxs uslubi tadqiqotda murakkab va dolzarb mavzu bo‘yicha yetakchi mutaxassilarning guruh tarzidagi suhbatini, munozaralarini va bu asosda ishlab chiqilgan umumiy taklifylarni ishlab chiqishga tayanadi. Masalan, sayohat firmasining sayohat turlari, yo‘nalishlari bo‘yicha turli toifadagi mutaxassislarning munozarasi. Ushbu guruhga yodgorliklar tarixi bo‘yicha, transport turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar, mexmonxona vakillari, hisobchilar, marketing tadqiqotchisi va boshqalar kirishi mumkin. Odatda ushbu guruh 6-10 kishidan iborat bo‘lib, belgilangan mavzu muammolari bo‘yicha har bir guruh vakilining fikr va mulohazalarini o‘rganishga, inobatga olishga asoslanadi. Guruhli bahs uslubida tashkil etilgan tadqiqotlarning yozma shaklidagi bayoni, videolenta tasviri amalga oshiriladi va qayta muhokama qilinadi.
Tadqiqot qurollari sifatida esa anketa (so‘rov varaqasi) texnik jihozlar (magnitafon, videokamera, kompyuter dasturlari va hk.) qo‘llaniladi. Ushbu qurollar qanday tadqiqot uslubiga mos kelishi, samarali natija berishi dastlab belgilab olinadi. Masalan, kuzatish natijalarini qayta ishlashda maxsus kompyuter dasturlarining qo‘llanilishi, uning natijalarini grafik, digramma, jadval tarzida taqdim etilishi.
O‘z navbatida tadqiqot qurollaridan izlanishning turli bosqichlarida bir yo‘la yoki birin-ketin foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu esa tadqiqot qurollari vositasida olinadigan natijaning tezroq, kam xarajatlar evaziga amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi. Marketing tadqiqoti uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlar ko‘lami juda keng bo‘lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etiladi. Dastlabki tasavvurga ko‘ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish ko‘rish samarali hisolanadi. Darhahiqat, bu tasavvur o‘rinli va tabiiydir. Lekin, ko‘proq ushbu ma’lumot va axborotlarni tayinli tartibga sola bilish, ulardan o‘z o‘rnida foydalanish va ularning yangilanib, boyib turishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketing xususidagi ma’lumotlarni to‘plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun il bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi axborotlarga esa dastlab boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo‘lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to‘plash manbalari tegishli tashkilotga taalluqli bo‘lish yoki bo‘lmasligiga ko‘ra, o‘z navbatida ichki va tashqi turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |