Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi



Download 1,63 Mb.
bet107/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi.
Farmasevtika bozori infratuzilmasining chakana bo‘g‘inidagi rivojlanish davri ham O‘zbekiston Respuplikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.1994 yilda №132 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi dorixona muassalarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish haqida”gi qarori bilan bog‘liq. Belgilangan tartibga muvofiq 86% dorixona muassasalari davlat tasarrufidan chiqarildi, va ularning faoliyati hususiy va aksiyador mulkchilik shaklida qayta tashkil etildi. Yuqorida ko‘rsatilgan islohotlar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi dorixonalarga tegishli bo‘lib, shifoxona qoshidagi dorixonalar faoliyati avvalgi tartibda qoldi.
Agar shunga qadar “Farmatsiya” RIB respublikadagi barcha dorixona tarmog‘ini markazlashgan boshqaruvini shuningdek, ta’minotini amalga oshirgan bo‘lsa, qayta tashkillashtirilgan “Dori-darmon” DAA faqat o‘z tarkibiga kirgan aksionerlik dorixonalari faoliyatini boshqarish vakolatiga ega bo‘ldi. Hozirgi paytda “Dori-darmon” aksionerlik kompaniyasi ijtimoiy yo‘naltirilgan dorixonalarning keng tarmog‘i, xududiy omborxonalari mavjud “Dori ta’minoti” ulgurji savdo tashkiloti, shu bilan birga farmasevtika ishlab chiqarish korxonasiga ega bo‘lgan eng yirik ko‘p profilli tashkilotdir.
Keyingi davrda farmasevtika soxasida kichik biznes va tadbirkorlikning qo‘llab quvvatlanishi natijasida juda ko‘p miqdorda xususiy dorixonalar ochildi. Hozirgi vaqtda farmasevtika bozorining chakana bo‘g‘inida aholiga hizmat ko‘rsatuvchi 5000dan ortiq xususiy va 1250 ta aksionerlik dorixonalari faoliyat yuritmoqda.
Farmasevtika soxasidagi modernizatsiya jarayonlari ta’sirida chakana bo‘g‘in faoliyatida ham yangi texnologiyalarning qo‘llanilishi kuzatilmoqda, bunga dorixonalar tarmog‘ini tashkil etish asosida yangicha xizmat ko‘rsatish turlarini tatbiq etish misollarini keltirish mumkin. Bunda dorixonalar tarmog‘ida dorixona muassalarining yagona vertikal boshqaruvi asosida dori ta’minoti, logistika, assortiment, narx siyosati bo‘yicha yagona sifat standartini ta’minlash, mutaxassislarning kasbiy darajasiga yagona yondoshuv, moliyaviy, yuridik va marketing xizmatlarini markazlashtirish imkoniyatlari yaratiladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish