O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
FARMASEVTIKA INSTITUTI
FARMATSIYA FAKULTETI
Mustaqil ish
Bajardi: 207-A guruh talabasi
Murodova Nafisa
Rahbar: Karimov Aminjon
Mavzu: Bir asosli karbon kislotalarning olinish usullari. To’yingan bir asosli karbon kislotalar.
Reja:
Kirish
Olinishi
Kimyoviy xossasi
Ishlatilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Kimyo tabiiy fanlar qatoriqa kirib u moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va o`zgarishlarini, shuningdek, bu o`zgarishlarda sodir bo`ladigan hodisalarni o`rganadi. Kimyoga fan sifatida birinchi bo`lib rus olimi M. V. Lomonosov ta`rif berdi: «Kimyo fani jismlarning xossalari va o`zgarishlarini, …jismlarning tarkibini o`rganadi … kimyoviy o`zgarishlarda moddalarda sodir bo`ladigan hodisalarning sababini tushuntirib beradi». D. I. Mendeleyev 1871 yilda kimyo fanini o`rganishni boshlovchilar uchun mo`ljallangan «Kimyo asoslari» kitobida kimyoga o`ziga xos va aniq ta`rif berdi. Uning fikriga ko`ra, kimyo–bu elementlar va ularning birikmalari haqidagi ta`limotdir. Kimyo fani fizika, geologiya, biologiya, tibbiyot kabi tabiiy fanlar bilan uzviy bog`langan. Buning natijasida fizik kimyo, geokimyo, biokimyo, bioanorganik va bioorganik kimyo fanlari, kosmokimyo, fiziologik faol moddalar kimyosi kabi fanlar vujudga kelgan. Hozirgi vaqtda 4 mln. dan ortiq organik va 100 mingdan ortiq anorganik moddalar ma`lum. Ularni kimyoviy o`rganish uchun bu moddalar turli belgilariga ko`ra klassifikatsiyalanadi. Ma`lum bo`lgan barcha moddalarni uchta asosiy sinfga ajratish mumkin: oddiy moddalar, murakkab moddalar va aralashmalar. Kimyoning eng muhim varifasi-oldindan belgilangan hossali moddalar olish va sanoat ishlab chiqarishini jadallashtirish, chiqindisiz texnologiya yaratishdan iborat. Uning ikkinchi muhim vazifasi–kimyoviy o`zgarishlar energiyasidan foydalanishdir.O`rta umumiy ta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o`quv yurtlarida o`rganiladigan kimyoni 3 ta katta qismga: umumiy, anorganik va organik kimyoga ajratish mumkin. Umumiy kimyoda barcha kimyoviy o`zgarishlarga taalluqli qonuniyatlar, anorganik kimyoda anorganik (mineral) moddalarning xossalari va o`zgarishlarini, organik kimyoda esa organik moddalarning xossalari va o`zgarishlarini ko`rib chiqiladi va o`rganiladi. Kimyo tabiatda bo`lmaydigan materiallarni sintez qilish, ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish, turar-joy binolari qurish va xalq iste`mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga yordam beradi. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, plastmassalar, sun`iy tolalar, sun`iy yoqilg`i, bo`yoqlar, dori-darmonlar va boshqa ko`plab moddalar ishlab chiqaradi. Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari-kislotalar, ishqorlar va tuzlar hisoblanadi hamda ular ko`plab miqdorlarda ishlab chigariladi. Qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mineral o`gitlar, o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, ularning o`sishini tartibga soluvchi moddalar, hayvonlar ozig`iga qo`shiladigan kimyoviy moddalar va oziq konservantlari, ko`pchilik polimer materiallar ishlab chiqariladi. Mustaqil O`zbekistonimizni industrlashtirishning asosi bo`lgan metallar kimyoviy usullardan foydalanib olinadi, shuningdek, korroziyalanishdan himoya qilinadi. Keyingi vaqtlarda atrof-muhitni muhofaza qilish insoniyat oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo`lib qoldi. Oqar suvlarni tozalash, suv tozaligini nazorat qilib turish, chiqindisiz texnologiya yazatish va hokazo masalalarni hal qilishda kimyo fani va sanoatining ahamiyati katta.
Chor Rossiyasi davrida O`zbekistonda kimyo sanoati kuchsiz va qoloq edi. Cheklangan xillarda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilar, kimyoviy mahsulotlarning ko`pchiligi chet eldan keltirilar edi. Maxsus kimyo oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari yo`q edi. Qizil imperiya davrida O`zbekistonda kimyo sanoati asta-sekin rivojlana boshladi. Metallurgiya kombinatlari, kimyo zavodlari, elektr stansiyalar qurildi, o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil qilindi. Mustaqillik davrida Vatanimiz kimyo sanoati yuksak sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Chet el kompaniyalari bilan qo`shma korhonalar tashkil qilindi, chiqarilgan mahsulotlar jahon talablariga javob bermoqda. “Zarafshon–Nyumont” qo`shma korhonasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qong`irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Xorazm shakar zavodi va boshqa yirik korhonalar barpo etildi. Xalq xo`jaligini kimyolashtirish ilmiy-texnika taraqqiyotining muhim yo`nalishi bo`lib, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholiga tibbiyot, madaniy va maishiy xizmat ko`rsatishni yaxshilash maqsadida kimyoning yutuqlari va usullaridan, kimyoviy materiallar va ulardan olingan buyumlardan planli ravishda va keng foydalanishdan iborat. Qishloq xo`jaligini kimyolashtirishga alohida e`tibor beriladi, bu mineral o`g`itlar, o`simliklarni himoya qilash vositalari, chorvachilikdagi kimyoviy mahsulotlardan keng foydalanish va melioratsiyada turli xil polimer va boshqa materiallarni ishlatishni o`z ichiga oladi.
Olinish usullari. Oksikislotalar tabiatda ko`p tarqalgan bo`lib, (masalan, olma,limon kislotalar) ular asosan o`simliklar tarkibida uchraydi. Oksikarbon kislotalarining molekulasida ham gidroksil gruppa ham karboksil gruppa bo`lganligi uchun ular spirtlarga karboksil gruppa yoki kislotalarga gidroksil gruppa kiritish orqali sintez qilinadi.
1. Oksikarbon kisslotalar, 1,2 glikollar yoki ularning kamida bitta ikkita birlamchi spirt gruppasi (-CH2OH) bo`lgan hosilalari oksidlash yo`li bilan hosil qilinadi:
2. a-galoid kislotalarning gidrolizlanishi natijasida oksikislotalarga aylanadi.
Fizik va kimyoviy xossalari. Oksikarbon kislotalarning dastlabki vakillari suvda yaxshi eruvchan qovushoq suyuqlik kristall moddalardir. Oksikarbon kislotalar o`ziga mos keladigan to`yingan yog` kislotalarga nisbatan kuchli kislotalardir. Oksikislotalar bifunkcional moddalar molekulasida hamda gidroksil ham karboksil gruppasi bo`lganligi sababli spirtlarga va kislotalarga xos barcha reakciyalarga kirishadi.
Barcha oksikarbon kislotalar spirtlar bilan reakciyaga kirishib murakkab efirlar hosil qiladi:
Oksikarbon kislotalar spirtlar kabi xlor angidridlar yoki kislota angidridlari ta`sirida ham quyidagicha murakkab efirlar hosil qiladi:
Oksikarbon kislotalarning o`ziga xos reakciyalardan (xususiyatlaridan) biri shuki, ular bir xil sharoitda qizdirilganda molekulasidan osonlik bilan bir molekula suv ajralib chiqib har xil moddalar hosil bo`ladi:
Ciklik murakkab efirlar laktidlar deyiladi. Ular gidrolizlanganda yana a-oksikislotalar hosil bo`ladi. b-oksikarbon kislotalar qizdirilganda bir molekula suv ajralib chiqib to`yinmagan karbon kislotalar hosil bo`ladi:
g va d-oksikarbon kislotalar erkin holda beqaror bo`lib, faqat tuz holdagina ma`lumdir. g-oksikarbon kislotalar osonlik bilan qizdirilmasa ham sekin-asta o`zidan suv ajratib 5 yoki 6 a`zoli birikmalar laktonlarni hosil qiladi: Shunday qilib, hosil bo`lgan moddalarning xiliga qarab a-, b- yo g-oksikarbon kislotalarni ajratish mumkin. Oksikislotalarning suvli eritmasi to`yingan kislotalarga nisbatan kuchli kislota xususiyatiga ega. Chunki oksikislotalardagi gidroksid gruppa karboksil gruppaning dissocilanishini kuchaytiradi. Masalan, oksisirka kislotaning dissocilanish konstantasi (K=1,48.10-4) sirka kislotaning dissocilanish konstantasi (Kq1,76.10-5) dan katta. Ayrim vakillari. Chumoli kislota H-COOH to`yingan bir asosli kislotalarning eng oddiy vakili. U birinchi marta qizil chumolilardan ajratib olingan, shuningdek ko`pgina o`simliklar (qichitqi o`t, archa), qon va muskul tarkibida ham bo`ladi. Laboratoriya sharoitida xloroformga suyultirilgan ishqor ta`sir ettirib chumoli kislota olinadi:
Cianid kislota gidrolizlanganda ham chumoli kislota hosil bo`ladi:
Hozirgi vaqtda texnikada chumoli kislota olishning birdan-bir usuli yuqori temperaturada o`yuvchi natriyga uglerod (II)-oksid ta`sir ettirishdir:
Chumoli kislota o`tkir hidli, achchiq ta`m, suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan rangsiz suyuqlik. Tuzilishi jihatidan bir asosli to`yingan kislotalardan farq qiladi. Molekulasi tarkibida aldegid gruppaning borligi sababli, u o`ziga xos quyidagi xususiyatlarni namoyon qiladi:
a) chumoli kislota kumush oksidining ammiakdagi eritmasi ta`sirida oson oksidlanib, karbonat angidrid va suv hosil qiladi.
б) chumoli kislota yaxshi qaytaruvchidir, u sulema eritmasi bilan qizdirilganda simo metaligacha qaytariladi:
в) chumoli kislota koncentrlangan sul fat kislota ta`sirida uglerod (II)-oksid va suvga parchalanadi:
г) chumoli kislotaning natriyli tuzi 4000C gacha tez qizdirilganda vodorod ajralib chiqadi va natriy aksalat hosil bo`ladi:
Chumoli kislota kuchli qaytaruvchi sifatida to`qimachilik sanoatida gazlamalarni bo`yashda, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Chumoli kislotadan aksalat kislota etil formiat va xushbo`y moddalar (amilformiat) olinadi.
Sirka kislotasi CH3COOH uzoq vaqtlardan beri ma`lum, chunki u vinoning achishi natijasida hosil bvo`ladi. U ko`p o`simliklarda, hayvon chiqindilarida sof holatda, shuningdek tuz va murakkab efirlar holida uchraydi.
Sanoatda sirka kislota bir necha usullar bilan olinadi:
Yog`och quruq haydalganda sirka kislota suv qatlamida yig`ilib, qo`shimcha mahsulot sifatida metil spirt va aceton hosil bo`ladi. Sirka kislotani ajratib olish uchun aralashma ohak bilan neytrallanadi, bunda hosil bo`lgan kal tsiy acetat sul fat kislota bilan qizdirilgan parchalanib, sirka kislota sof holatda ajralib chiqadi.
Chumoli kislota kuchli qaytaruvchi sifatida to`qimachilik sanoatida gazlamalarni bo`yashda, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Chumoli kislotadan aksalat kislota etil formiat va xushbo`y moddalar (amilformiat) olinadi.
Sirka kislotasi CH3COOH uzoq vaqtlardan beri ma`lum, chunki u vinoning achishi natijasida hosil bvo`ladi. U ko`p o`simliklarda, hayvon chiqindilarida sof holatda, shuningdek tuz va murakkab efirlar holida uchraydi.
Sanoatda sirka kislota bir necha usullar bilan olinadi:
1. Yog`och quruq haydalganda sirka kislota suv qatlamida yig`ilib, qo`shimcha mahsulot sifatida metil spirt va aceton hosil bo`ladi. Sirka kislotani ajratib olish uchun aralashma ohak bilan neytrallanadi, bunda hosil bo`lgan kal tsiy acetat sul fat kislota bilan qizdirilgan parchalanib, sirka kislota sof holatda ajralib chiqadi:
So`nggi yillarda uglevodorodlar, masalan, butan, pentan va hokazolarni yuqori temperaturada havo kislorodi ta`sirida oksidlab, sirka kislota olishning sanoat usullari ishlab chiqildi (N. A. Mannuel va boshqalar):
Sof sirka kislota odatdagi temperaturada o`tkir hidli, rangsiz suyuqlik bo`lib, 1580C da kristallanadi. Shuning uchun suvsiz sirka kislota «muz sirka kislota» deyiladi.
Sirka kislota va uning tuzlari – asetatlar sanoatda keng ishlatiladi. U to`qimachilik kon va kimyo sanoatida oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Sirka kislotaning temir, alyuminiy va xromli tuzlari ayniqsa katta ahamiyatga ega, chunki ular to`qimachilik sanoatida xurush sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |