Farmakologiya


FARMAKOLOGIYA FANINING TARIXIGA OID QISQACHA



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

FARMAKOLOGIYA FANINING TARIXIGA OID QISQACHA
MA’LUMOT. FARMAKOLOGIYA VA UNING BOSHQA
FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Farmakologiya so‘zi grekchadan olingan bo‘lib (pharmacon  —
dori,  logos — ta’limot, ilm), dorilar to‘g‘risidagi fan ma’nosini
bildiradi. Farmakologiya dori moddalari bilan shug‘ullanadigan
farmatsiya sohasida boshqa fanlardan (farmkimyo, farma-
kognoziya, dorilar texnologiyasi va b.) o‘zining vazifalari,
maqsadlari va shug‘ullanadigan ishlari bilan tubdan farq qiladi.
Farmakologiya tibbiy-biologik fan hisoblanib, farmatsiyadan
o‘zgacha masalalar bilan shug‘ullanadi va ularni hal etadi.
Hozirgi zamon tushunchasi bo‘yicha farmakologiya quyidagi
vazifalarni hal etadi:
— turli kimyoviy moddalarning, shu jumladan dori mod-
dalarning ham hayvon va odam organizmiga ta’sirini va buning
natijasida tana a’zolari va sistemalarida sodir bo‘ladigan o‘zga-
rishlarni o‘rganadi;
— moddalar ta’sirini tahlil qilib, organizmda bo‘ladigan sil-
jishlarning kelib chiqishini yoki dorilar ta’sir mexanizmini
ilmiy va amaliy tomonidan aniqlaydi;
— dori moddalarning kimyoviy tuzilishi bilan biologik ta’siri –
faolligi orasidagi qonuniy bog‘lanishlarni o‘rganib, boshqa
yo‘nalishlar, maqsadlar asosida yangi dori vositalarini topish va
ularni tibbiy amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi;
— amaliyotda ishlatishga ruxsat berilgan dori preparat-
larining dozalanishi, berilishi, salbiy ta’sirlari va boshqa masala-
larni hal etadi.
Òibbiyot amaliyotida turli-tuman kasalliklarning oldini olish
va davolashda ishlatilayotgan 10 000 ga yaqin dori vositalarini
qo‘llashda farmakologiyaning o‘rni salmoqlidir. Zero ushbu
dorilarni o‘rganib, ularni amaliyotga tatbiq etish, yuqorida
ko‘rsatilgan farmakologiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Farmakologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi insoniyat ja-
miyatining tarixi qanchalik qadimgi bo‘lsa, dori vositalarning
davo maqsadida ishlatilishi ham shunchalik qadimiydir. Chunki
ibtidoiy davrda odamlar turli kasalliklari, dardlarini yengillash-
tirish maqsadida atrofdagi tabiat in’om etgan borliqlardan davo


6
axtarib topishga uringanlar. Avvaliga odamlar bu maqsadda oziq-
ovqat moddalaridan foydalangan bo‘lishlari mumkin, ayrim
hollarda hayvonlarga taqlid qilgan bo‘lishlari ehtimoldan uzoq
emas.
Ebers (1837–1898) topgan qadimiy yodgorliklar, papirusda
yozilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, qadim Misrda o‘sim-
liklardan tayyorlangan ayrim dorilar (opiy, kanakunjut moyi
va b.) davo qilish maqsadida qo‘llanilgan. Shaxsiy tajribaga va
kuzatishga asoslangan bunday usul davolashning empirik davri
deyiladi.
Keyingi davrda dorilarning ishlatilishi to‘g‘risidagi ma’lu-
motlarni to‘plash va sistemaga solish tadbirlarini kuzatish
mumkin. Bular  qatoriga Gi ppokrat (eramizdan oldingi 460–
377-yillar) yozib qoldirgan asarlarida turli dori moddalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘yish mumkin. Galen (eramizning
129–211-yillari) ayrim dori preparatlarini tayyorlash texnolo-
giyasining bir necha usullarini taklif etgan. Bu texnologiya
bo‘yicha tayyorlangan dorilarni (tindirma, suyuq ekstraklar va
b.) «Galen preparatlari» nomi bilan yuritiladi.
Òarixiy hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, dorilar bilan davo
qilish juda qadim zamonlarda Xitoy, Òibet, Hindiston va shu
jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlarida ancha rivoj olgan va bu
sohada ma’lum darajada muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Farmakologiyaning fan sifatida rivojlanishiga, umuman,
tibbiyotga ham katta hissa qo‘shgan allomalardan biri – Abu Ali
ibn Sinodir.
Abu Ali ibn Sino (980–1037) Buxoro viloyatining Afshona
qishlog‘ida tavallud topgan. Yosh bo‘lishiga qaramay falsafa
fanini Abdullo Notiliydan, tibbiyot ilmini esa Nuxal Qumriy-
dan o‘rganib, zehni o‘tkir bo‘lganligi sababli 16—17 yoshlari-
dayoq tajribali tabib, taniqli hakim bo‘lib yetishgan. Uning
qalamiga mansub 280 dan ortiq asarlar ma’lum bo‘lib, shular-
dan 40 tasi tabobat ilmiga bag‘ishlangan.
Allomaning tibbiyot ilmiga oid asarlaridan eng muhimi «Òib
qonunlari» dir. U 5 ta mustaqil kitobdan iborat bo‘lib, 2- va 5-
kitoblari farmakologiyaga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
2-kitobida 700 dan ortiq turli dori vositalarining xossalari mu-
kammal yoritilgan, ularni tayyorlash va qo‘llash usullari bayon
etilgan. Asarning 5-kitobida esa murakkab dori shakllarini
tayyorlash usuli, tanaga ta’siri va iste’mol qilish yo‘llari, qoida-
lari ta’riflangan.


7
Ibn Sinoning «Òib qonunlari» farmakologiyaning shaklla-
nishida va rivojlanishida katta ahamiyatga sazovor bo‘ldi. U 6 asr
davomida Yevropa mamlakatlari shifokorlari uchun qo‘llanma
vazifasini o‘tab kelgan. Hozirda ham asarlarda keltirilgan dorivor
o‘simliklarni o‘rganish davom etmoqda. Respublikamizda Ibn
Sino meroslarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish
maqsadida «Ibn Sino jamg‘armasi» tashkil qilingan.
Abu Rayhon Beruniy turli fan sohalari bo‘yicha, shu
jumladan, farmakologiyaga tegishli ishlar bilan tarixda iz
qoldirgan.
 Abu Rayhon al-Beruniy (973—1048) Xorazm viloyati-
ning Qiyot shahrida (Beruniy tumani) tavallud topgan.
U ilmning bir qancha sohalarida mukammal ishlar olib
borgan. Fan olamida u, asosan, astronomiya sohasidagi izla-
nishlari bilan mashhurdir. Ammo, uning „Kitob as-Saydana“
(Farmakognoziya) asari biz uchun alohida ahamiyatlidir. Ushbu
asarga o‘sha zamon bir qator taniqli allomalarining (Husayn
ibn Is’hoq al-Qandiy, Abu Xanif al Dinovari va b.) kitoblari
asos qilib olingan.
Asarda 750 ta dorivor o‘simliklar, 101 ta hayvon tanasidan
olingan moddalar, 107 ta mineral va 70 ta murakkab dorivor
birikmalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
«Saydana» O‘rta asr davrida dori vositalariga bag‘ishlangan
eng salmoqli asar bo‘lib, tibbiyotning nazariy va amaliy muam-
molarini hal etishga muhim hissa qo‘shgan.
Farmakologiyaning tarixida yuqorida qayd etilgan alloma-
lardan tashqari, bir qator olimlarning, shu jumladan, Abu Bakr
Muhammad, Ismoil Jurjoniy va boshqalarning xizmatlari
alohida o‘rin tutadi.
Rossiyada farmakologiya fanining rivoj topishi ancha boy
tarixga ega.
Dorivor ekinlar ekish va tayyorlash ishlariga Petr I katta
ahamiyat bergan. Uning buyrug‘i bilan Moskvada 8 ta dorixona
ochilgan. 1783-yilda birinchi Davlat farmakopeyasi lotin tilida
chop etilgan.
Farmakologiya fanining rivojlanishiga quyidagi rus olim-
lari ulkan hissa qo‘shganlar: J.P. Buxgeym, A.N. Nelyubin,
A.A. Iovskiy, A.A. Sokolovskiy, O.V. Zabelin, I.M. Dogel va
boshqalar.
Bulardan tashqari, I.P. Pavlov va uning shogirdlarining
farmakologiya sohasida bajargan izlanishlari alohida maqtovga


8
loyiqdir. I.P. Pavlov o‘zining fiziologik ilmiy ishlarida farmako-
logiyaga taalluqli va katta ahamiyatga ega bo‘lgan usullar,
yangiliklarni kashf etgan.
I.P. Pavlovning shogirdlaridan N.P. Kravkov farmakologiya
sohasida bajargan izlanishlari bilan yorqin iz qoldirgan (1865—
1924). U farmakologiya sohasida katta maktab yaratgan. Uning
„Îñíîâû ôàðìaêîëîãèè“ („Farmakologiya asoslari“) kitobi
14 marta qaytadan chop etilgan. Akademiklar S.V. Anichkov va
V.V. Zakusovlar, N.P. Kravkovning shogirdlari hisoblanadi.
S.V. Anichkov (1892–1981) Harbiy tibbiyot akademiyasi-
ning farmakologiya kafedrasini, keyinchalik esa Leningrad
sanitariya-gigiyena tibbiyot instituti farmakologiya kafedrasini
boshqargan. Shuning bilan bir qatorda Rossiya tibbiyot fanlar
akademiyasining Eksperimental meditsina ilmiy tadqiqot
institutida umrining oxirigacha farmakologiya bo‘limining mudiri
bo‘lib ishlagan. Mediator vositalar, neyroendokrinologiya,
neyrofiziologiya neyrofarmakologiya va jangovar zaharlovchi
moddalar farmakologiyasi ustida izlanishlar olib borgan. Uning
bir qancha monografiyalari, darsligi va boshqa risolalari fan
olamida mashhurdir. S.V.Anichkov farmakologlarning katta
maktabini yaratdi. Bulardan I. S. Zavodskaya, P.P. Denisenko,
S.P. Boradskiy va boshqalar ko‘zga ko‘ringan olimlar hisobla-
nadi. Olimning respublikamizda ham shogirdlari bor.
V.V. Zakusov (1903–1986) ham Harbiy tibbiyot akade-
miyasining farmakologiya kafedrasini boshqargan, so‘ng Moskva
Birinchi tibbiyot instituti kafedrasida mudirlik qilgan. Keyinchalik
esa ÒFA Farmakologiya ilmiy tekshirish institutini boshqargan.
Uning og‘riq qoldiruvchi, yurak-tomirlarga ta’sir etuvchi dori
vositalarining farmakologiyasi to‘g‘risidagi ilmiy ishlari nazariy va
amaliy tomondan tibbiyot olamida diqqatga sazovordir. Uning
shogirdlari A.V. Valdman, D.A. Xarkevich, Y.D. Ignatev va
boshqalar fan olamida tan olingan yetakchi mutaxassis olimlar
hisoblandi. Respublikamizda ham shogirdlari bor.
M.D. Mashkovskiy va uning shogirdlari tomonidan yangi
dori vositalarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish sohasida
salmoqli ishlar bajarilgan.
M.D. Mashkovskiyning „Ëåêàðñòâåííûå ñðåäñòâà“
(„Dori vositalari“) kitobi shifokorlar uchun asosiy qo‘llanma
hisoblanib, tibbiyot olamida shuhrat qozongan. Bu qo‘llanma
ko‘p tillarga tarjima qilingan va bir necha bor qayta chop etilib
kelinayapti.


9
Respublikamizda farmakologiya fanining rivoj topishida
rus olimlarining xizmati kattadir. Bulardan I.I. Markelov,
N.N. Kompansevlarning olib borgan ilmiy ishlari va shogirdlar
tayyorlashdagi xizmatlari kattadir.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli „O‘simlik
moddalari kimyosi“ institutida akademik S.Y.Yunusov bosh-
chiligida alkaloidlar kimyosi sohasida va ularni farmakologik
tomondan o‘rganib dori vositasi sifatida amaliyotga joriy etish
bo‘yicha beqiyos ishlar qilingan. Bir qator samarali dori
vositalari tibbiyotning turli sohalarida samarali ishlatilayapti.
Bundan tashqari, institutning farmakologiya laboratoriyasi
I.K. Komilov, M.B. Sultonovlar boshchiligida 10 ta fan dok-
torlari va nomzodlari tayyorlagan. Bulardan O‘.B. Zokirov,
S.S. Azizova, X.U. Aliyev, N.Ò. Òo‘laganov va boshqalar res-
publikamizda ko‘zga ko‘ringan va yuqori darajali mutaxassislardir.
O‘z navbatida ularning bir qator shogirdlari respublikamizning
turli institutlarida, laboratoriyalarda muvaffaqiyatli xizmat qili-
shayapti.
Shuning bilan bir qatorda Òoshkent farmatsevtika institutida
ham yangi samarali dori vositalarini yaratish va tibbiyot ama-
liyotiga joriy etish bo‘yicha fundamental ilmiy ishlar olib bori-
layapti. Professor. M.A. Azizov (1910–1987) va uning
shogirdlari tomonidan 10 dan ortiq dori vositalari yaratilgan.
Fan doktorlari va nomzodlari tayyorlangan. Institutning kafed-
rasida va laboratoriyalarida, asosan, mahalliy dorivor o‘simlik-
larni o‘rganish va farmakologik tekshirish ishlari olib borilayapti.
Professorlar X.X. Xolmatov, Ò.P. Po‘latova va boshqalarning bu
sohadagi ilmiy ishlari katta ahamiyatga sazovordir.
Farmatsiya – davo qilish va profilaktika uchun ishlatiladigan
dori vositalarini topish, kimyoviy tekshirish, saqlash, tayyor-
lash va berish bilan shug‘ullanadigan kompleks yo‘nalish
bo‘lib, bir qator fanlardan (farmatsevtik kimyo, farmakog-
noziya, dorilarni tayyorlash texnologiyasi va b.) tashkil topgan.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish