Farmakologiya


Burishtiruvchi, o‘rab oluvchi, adsorbsiyalovchi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Burishtiruvchi, o‘rab oluvchi, adsorbsiyalovchi
dori vositalari
Burishtiruvchi moddalarning asosiy farmakologik ta’siri
shundan iboratki, ular shilliq pardaga so‘rilsa yoki tushsa uning
yuza qatlamini burishtirib zichlashtirib qo‘yadi. Shilliq to‘qima
sathida parda hosil qilib, uni tashqi kimyoviy, fizikaviy va
boshqa xil ta’sirlardan saqlaydi. Shilliq to‘qima burishgani uchun
tortishadi, mayda qon tomirlari qisqaradi, yallig‘lanish jarayo-
nining yo‘qolishiga imkoniyat tug‘iladi. Og‘riqni ham kamay-
tiradi.
Burishtiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan preparatlarga o‘simlikdan
olingan dorilar, ayrim og‘ir metall tuzlari va boshqalar kiradi.
O‘simlik tarkibidagi ko‘p asosli organik kislotalarni saq-
lovchi moddalar oqsilni koagulatsiya qilib burishtiruvchi samara
beradi.
O‘simliklardan olinadigan burishtiruvchilarga oshlovchi
modda — tanin kiradi. Uning eritmalari og‘iz, burun, halqum
yallig‘lanishida qo‘llanadi.
Og‘ir metall tuzlarining mahalliy farmakologik ta’siri
ularning kontsentratsiyasiga, kationining turiga, ta’sir etish
davriga, ta’sir etilayotgan to‘qimaning xiliga (tuzilishiga)
bog‘liq. Shularga qarab preparatlar ta’sirlantiruvchi, burishti-
ruvchi va kuydiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Metall kation
yaxshi dissotsiatsiyalanadi, oqsil bilan yumshoq koagulatsiya
hosil qilsa, bunda uning ta’siri ancha chuqur va keng bo‘lib,
natijada yara hosil bo‘ladi. Kuydiradigan ta’sirini olish uchun


69
metall tuzining kontsentratsiyasi yuqori, ta’sir etish vaqti
uzoqroq bo‘lishi kerak. Bunda shilliq parda to‘qimasida yaralar
hosil bo‘ladi. Preparatlarning bunday ta’siri, asosan, so‘gal va
ortiqcha granulatsiyani kuydirish uchun ishlatiladi. Preparatlar
konsentratsiyasi pastroq bo‘lib, kationlarning dissotsiatsiyala-
nishi uncha katta bo‘lmasa, unda yumshoq albuminatlar hosil
bo‘lgani uchun u yerdagi sezuvchi nervlarning uchi qitiqlanadi.
Natijada mahalliy qon tomirlari kengayadi va to‘qimani qon
bilan ta’minlash yaxshilanadi. Bu ta’sirlantiruvchi ta’sir
deyiladi. Preparatlarning bunday ta’siri tibbiyot amaliyotida
bo‘g‘imlar yallig‘lanishida (poliartrit), mushaklar yallig‘la-
nishida (miozit) ishlatiladi. Ayrim metall tuzlari esa to‘qima
bilan dissotsiatsiyalanmaydigan qattiq albuminat hosil qiladi.
Bu esa parda vazifasini bajarib, yallig‘langan to‘qimani har xil
tashqi ta’sirdan saqlaydi. Bunday ta’sirni burishtiruvchi ta’sir
deyiladi. Preparatlarning bunday ta’siri eritmaning kichik
konsentratsiyasida, asosan, shilliq parda to‘qimasida yuz beradi.
Shuning uchun ham burishtiruvchi preparatlar, asosan, og‘iz,
me’da va ichak shilliq pardasining yallig‘lanishida keng ish-
latiladi.
Bi, Al, Fe, Cu, Zn ...........Ag, Hg,Pb
Keltirilgan chap tomondagi ikki metall burishtiruvchi va
ta’sirlantiruvchi, o‘rtadagi 3 metall preparatlari kontsentra-
tsiyasiga qarab burishtiruvchi, ta’sirlantiruvchi va kuydiruvchi,
keyingi uch metall esa, asosan, kuydiruvchi ta’sirga ega.
Shuning uchun ham ular har xil mikroblar sababli hosil
bo‘lgan yallig‘lanishda, antiseptik va dezinfeksiyalovchi
moddalar sifatida ishlatiladi. Masalan, mis va rux preparatlari
(mis sulfat va rux sulfat) 0,25%, 0,5% li eritma holida ko‘z
kasalliklarida (konyunktivit, traxoma), 1—2% li eritmasi esa
qayt qildiruvchi preparatlar sifatida (1 osh qoshiqdan uch
martagacha ichiladi) ishlatiladi. Kumush va simob preparatlari
esa kuchli antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar sifatida
tibbiyotda ma’lumdir (protargol, sulema va b.).
O‘rab oluvchi moddalar suv bilan aralashtirilsa, uni o‘ziga
tortib olib bo‘kadi va shilimshiqqa o‘xshagan kolloid eritma hosil
bo‘ladi. Bu eritma shilliq parda sathini qoplab olib, uni har xil
tashqi ta’sirdan himoya qiladi. Bunday moddalar sifatida
o‘simliklardan olinadigan polisaxaridlar ishlatiladi: turli xil
kraxmallar (bug‘doy, kartoshka, jo‘xori va b.). Ayrim anorganik


70
moddalar (magniy trisilikat, aluminiy gidrooksid) ham kolloid
eritmalar hosil qiladi. Shuning uchun ular o‘rab oluvchi
moddalar sifatida ishlatilishi mumkin. O‘rab oluvchi moddalar
ko‘pincha me’da va ichak shilliq qavatining yallig‘lanishida
(gastrit, enterokolit) va mahalliy ta’sirlantiruvchi ta’sirga ega
bo‘lgan dori preparatlari (xloralgidrat) bilan birga ularning
bunday ta’sirini yo‘qotish maqsadida beriladi. Bundan tashqari,
ular ichak bo‘shlig‘idagi moddalarning qonga so‘rilishini
kamaytirgani uchun har xil moddalar bilan zaharlanish holla-
rida qo‘llanadi.
Ishlatilishi bo‘yicha o‘rab oluvchi moddalarga yaqin bo‘lgan
shimib so‘rib oluvchi yoki adsorbsiyalovchi moddalar ichak
bo‘shlig‘idagi gaz, suyuqlik va zaharli moddalarni o‘ziga shimib
olib, ularni ichakdan so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi va tashqariga
chiqishini ta’minlaydi. Bularga faollashtirilgan ko‘mir, karbolen
va boshqalar kiradi. Shu sababli adsorbent preparatlar ichakda
gaz yig‘ilib qolganda (meteorizm), har xil moddalar bilan
zaharlanishda beriladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish