Zaharlanganga yordam korsatish
REJA:
1. Zaharlanish
2. Zaharlanish Asoratlari.
3. Is gazi bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam
Zaharlanish — zaharli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali kirganda, teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Z.ning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yoʻl bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bogʻliq, Odamlarda Z.ning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir 3. tasodifiy va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali 3. zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan taʼsir etishi oqibatida roʻy beradi; dorilardan boʻladigan, shuningdek, kasbkorga aloqador Z.lar kuzatiladi. Turmushda 3. kundalik hayotda uchrab turadi. Maye, pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is yoki yoritish gazidan 3.; aynigan ovqat isteʼmol qilinganda 3. (qarang Ovqatdan zaharlanish); alkogoldan 3.; dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan ximikatlardan 3. Dorilardan 3. ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, notoʻgʻri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq (qarang Idiosinkraziya). Kasbga aloqador 3. baʼzi korxonalarda xavfsizlik texnikasi kridalari buzilib, qoʻrgʻoshin, simob, mis, mishyak birikmalaridan zaharlanganda roʻy berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan (mas, oʻzini yoki birovni oʻldirish maqsadida) zaharlanish ham ajratiladi. Kuchli taʼsir etadigan moddalar va dorilar notoʻgʻri saklanganda koʻpincha bolalar zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar boʻyi yetmaydigan joyda sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan Z.da badanda qatgiq ogʻriq seziladi, lab va ogʻiz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, toʻsh orqasi va osti ogʻriydi; odam qon aralash qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida ogʻriq sezadi, qusadi, ichi ketadi, boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq zaharlangan boʻlsa, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Alkogol dan Z.da mastlik, avval qoʻzgʻalish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi, soʻngra alahlash, yuzning boʻzarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik vauxlatuvchi doril ar (morfin, barbital, fenobarbital va h.k.)dan Z.da mudrash, bosh aylanishi, quloq shangʻillashi, qusish, tomir urishining sust va zaif boʻlishi, tirishish kuzatiladi. Is gazi [uglerod (P)oksid] va yoritish gazidan zaharlanish shu gazlarning nafas yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh ogʻriydi, quloq shangʻillaydi, bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi, halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda tipirchilaydi, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. 3. alomatlari xilmaxil boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja zararlanganiga bogʻliq. Davo Z.ga sabab boʻlgan zaharli moddani iloji boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini koʻrish, zaharli moddaning zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan aʼzolar faoliyatini tiklashdan iborat. Birinchi yordam: Z.ga gumon tugʻilganda darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar (sirka essensiyasi, xlorid kislota va h.k.)dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya bilan suv yoki suvning oʻzini koʻp ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps holatida boʻlsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan zaharlanganda 3% sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qoʻshilgan limonli suv ichirib qustiriladi. Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga muzli xalta, qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan keyin qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy yoki quyuq kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda meʼdani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq suvga tushirish, badanini issiq tutish, ishqalash, nafas toʻxtab qolganda sunʼiy nafas oldirish kerak. Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe ichirish kerak. Hayvonlar zaharli oʻt, buzilgan yemxashak yeganda, ogʻziga zaharli moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan hayvon boʻshashadi, soʻlagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati buziladi. Birinchi yordam: meʼdasi yuviladi, goʻshtxoʻr hayvon va choʻchqalarga qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yoʻlida zaharning soʻrilishini sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi:
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan);
b) ishlab chiqarishdagi;
v) bolalardagi;
g) tibbiy;
d) biologik;
e) ovqatdan.
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi:
1) ingalyatsion (tutun holida);
2) teri orqali;
3) ichak orqali;
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy).
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18–20ºC haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml bo‘lishi kerak) yuvish lozim.
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6–8 soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi.
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim.
Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak.
Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim.
Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi.
O‘tkir zaharlanishdagi asosiy patologik sindromlar.
Nevrologik o‘zgarishlar turli-tumanligi bilan farq qiladi, bu markaziy va periferik asab tizimi strukturasiga bevosita toksik ta’sir natijasida hamda zaharlanganning boshqa a’zolari (jigar va buyrak) funksiyalarining buzilishi hisobiga bo‘ladigan intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqadi. Eng og‘ir psixonevrologik o‘zgarishlarga intoksikatsion psixoz, toksik koma, tirishish sindromi kiradi.
Yurak-tomir faoliyatining buzilishi bu toksik shok bo‘lib, u arterial bosimining birdaniga pasayishi, teri oqarishi, taxikardiya, hansirash, qon tarkibining o‘zgarishi bilan kechadi.
Yurakka birlamchi ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda, yurak ritmi, uning o‘tkazuvchanligi buzilishi kuzatiladi va kollaps rivojlanadi.
Nafas olishning buzilishi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
1) aspiratsion-obturatsion shakli. Bu tilning orqaga ketishi va qusiq massalari tufayli tiqilib qolishi bilan kechadi;
2) nafas o‘zgarishlarining markaziy shakli ixtiyoriy nafas olish harakatlarining yo‘qligi yoki yetishmasligi bilan kechadi;
3) o‘pka shokining rivojlanishi bilan bog‘liq – o‘pka shishi, pnevmoniya, bronxospazm bilan kechadigan o‘tkir traxeobronxit.
Oshqozon-ichak tizimining shikastlanishi o‘tkir gastro-enterit, qusish, ich ketishi, qorinning har xil joyida va turli intensivlikdagi og‘riqlar ko‘rinishida kechadi.
Jigarning shikastlanishi jigarning kattalashishi va og‘riq bo‘lishi, ko‘z sklerasi va terining sarg‘ayishi bilan kechadi. Odatda qisqa vaqt ichida asabiy o‘zgarishlar ham qo‘shiladi – bezovtalik, qon ketishi, teri va shilliq qavatlarga qon quyilishi.
Buyraklar shikastlanganda, ko‘pincha tezda o‘tkir buyrak yetish-movchiligi rivojlanadi.
Oshqozon-ichak traktida toksik moddalar yig‘ilishi mumkin, shuning uchun oshqozon va ichak yuvilishi kerak.
Uxlatuvchi moddalar bilan zaharlanish.
Bunda ko‘rsatiladigan birinchi yordam: jabrlanuvchi koma yoki chuqur uyquga ketgan holatda bo‘ladi. Nafas vaqt-vaqti bilan, rangi oqarib ketgan yoki sianoz (ko‘karish), harorati ko‘tarilgan, keyinchalik toshma toshishi mumkin. Aktivlangan ko‘mir yoki qandaydir boshqa sorbentlardan foydalanish, oshqozonni yuvish va kuchli ichni suruvchi vositalarni yuborish shart.
Alkogol bilan zaharlanish.
Bunda shuni unutmaslik kerakki, alkogol katta miqdorda qabul qilinganda yaqqol psixotrop ta’sirga ega. Boshlang‘ich davrida o‘zini idora qila olmaslik, og‘riq sezishning pasayishi va hushidan ketish kuzatiladi. Birinchi yordam shundan iboratki, tezlik bilan oshqozonni yuvish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash, yurak dorilarini berish va iloji bo‘lsa, kislorodoterapiyani boshlash kerak.
Gazdan zaharlanish.
Is gazi avtomashinalardan chiqadigan gazlar tarkibida va uylar pechka bilan isitilganda hosil bo‘ladi. O‘tkir zaharlanganda psixonevrologik buzilishlar ustun turadi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, chanqash, qayt qilish, hushdan ketish, nafas olishning buzilishi kuzatiladi. Birinchi yordam, avvalambor, jabrlanuvchini o‘choqdan zudlik bilan olib chiqishdan boshlanadi. Bronxlar o‘tkazuvganligini ta’minlash, havo-kislorod aralashmasini uzoq vaqt kiritish va yurak-tomir preparatlarini yuborish zarur.
Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy sharoitida fosfororganik birikmalar bilan zaharlanish ko‘p tarqalgan. Bu modda asab tizimiga ta’sir qiladi, ya’ni holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, toqatsizlik, nafas olishning buzilishi (bu holat nafas muskullarining bo‘shashishi bilan bog‘liq), qorinda og‘riq va ich ketishi kuzatiladi.
Zaharlansh<
Davolash:
– iloji boricha tezroq organizmdan zaharni chiqarib tashlash (oshqozonni yuvish, ichni suruvchi vositalarni qo‘llash);
– maxsus antidot moddalar yuborish.
Kuydiruvchi moddalar bilan zaharlanish.
Bunga uksus (sirka) essensiyasi taalluqlidir. Klinik kechishi mahalliy kuydiruvchi ta’sirdan va umumiy-rezorbtiv ta’sirdan kelib chiqadi. Bemorlar tomog‘idagi kuchli og‘riq, qayt qilishi va nafas olishning kechikishidan shikoyat qiladilar. Suyuqlikni yo‘qotish shok holatiga olib keladi. Eritrotsitlarning parchalanish belgisi – qizil yoki jigarrang siydik paydo bo‘ladi. Davolash oshqozonni yuvish, promedol, yurak preparatlarini yuborishga asoslangan. Oshqozon yuvilgan suvda qonning bo‘lishi yuvishni davom ettirishga qarshilik qilmaydigan ko‘rsatma hisoblanadi (ishqoriy eritmalarni ishlatish man etiladi).
Bo‘g‘ilish – o‘pkaga havo o‘tishi uchun to‘siqlar bo‘lganda kelib chiqadi. U yuqori nafas yo‘llariga yot jismlarning tushishi, shikastlanishi yoki ovoz boylamlarining tirishuvchi spazmlari bilan asoslanishi mumkin. Nafas siqishida birinchi yordam berilganda, avvalo, toza havoning o‘tishi uchun qulay sharoit yaratishga harakat qilish, keyin jabrlanuvchini jonlantirish chora-tadbirlarini boshlash kerak.
O‘tkir allergik reaksiyalar.
Barcha dori-darmonlar (antibiotiklar, zardob va vaksinalar) hamda muayyan meva mahsulotlari allergik xususiyatga ega bo‘ladilar: tuxum, shokolad, asal, qulupnay, sitrus mevalar. Allergik reaksiyaning og‘irligi sensibilizatsiya darajasi bilan belgilanadi.
Anafilaktik shok allergik reaksiyalar to‘plami hisoblanib, juda og‘ir darajada kechadi. Anafilaktik shokning doimiy belgilaridan bo‘lib, o‘tkir tomir yetishmovchiligi, qon bosimining keskin tushishi bilan, yuzning oqarishi yoki giperemiyasi, sianoz, kuchli terlash, puls ipsimonligi hisoblanadi. Yurak ritmi chastotasi va to‘g‘riligi buziladi. O‘pka shishi rivojlanishi mumkin va qo‘ng‘iroqsimon nafas paydo bo‘lishi, ko‘p miqdorda ko‘pikli balg‘am ajralishi, o‘pkaning barcha yuzasi bo‘yicha xirillashlar, bronxospazm paydo bo‘lishi kuzatiladi. Psixomotor qo‘zg‘alishlar paydo bo‘lishi mumkin, u adinamiyaga, hushni yo‘qotishga, ixtiyorsiz siydik ajralishiga va defekatsiyaga sababchi bo‘ladi. Ba’zan alohida muskul guruhlarining fibrillyar uchishi hamda tonik yoki klonik tirishishlar yuz berishi mumkin.
Anafilaktik shokda birinchi yordam quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi:
– allergik reaksiya chaqirgan preparatning inyeksiya qilingan yoki hasharot chaqqan joyining proksimal (yuqorigi) qismiga bog‘lagich siqib qo‘yiladi, bu venoz shishni blokada qiladi va organizmga allergen kirishiga yo‘l qo‘ymaydi;
– teri ostiga 0,5 adrenalin qilinadi;
– maska yordamida kislorod berish kerak;
– tomoqning o‘ta shishida va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi
buzilganda Dyufo ignasi yordamida konikotomiya qilinib, kateter kiritiladi;
– agar adrenalin kiritilishi natijasiz bo‘lsa, gemodinamikani
stabilizatsiya qilish va sirkulatsiya bo‘layotgan qon hajmini tiklash uchun poliglyukin tomchilatib yuboriladi;
– bronxospazmni yo‘qotish uchun 5–10 ml 2,4 % eufilin yuboriladi;
– shu bilan birgalikda, antigistamin (dimedrol, suprastin, pipolfen) preparatlar yuboriladi;
– vena ichiga kortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon) yuboriladi. Is gazidan zaharlanish — inson organizmiga is gazi kirishi oqibatida rivojlanadigan o’tkir patologik holat bo’lib, hayot va salomatlik uchun xavflidir va malakali tibbiy yordamsiz o’limga olib kelishi mumkin. Is gazi atmosfera havosiga barcha turdagi yonish jarayonlarida ajralib chiqadi. Shaharlarda shuningdek asosan ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan gazlar orqali. Is gazi qondagi gemoglobin bilan faol bog’lanib, karboksigemoglobin hosil qiladi va to’qimalarga kislorod tashishni bloklab qo’yadi, bu esa gemik turdagi gipoksiyaga olib keladi. Shuningdek oksidlanish reaktsiyalariga aralashib, to’qimalarda biokimyoviy muvozanatni buzadi.
Is gazi (uglerod monooksidi) — bitta uglerod va bitta kislorod atomlaridan tashkil topgan gaz bo’lib, rangsiz, ta’m va hidga ega bo’lmagan, normal sharoitda havodan yengilroq hisoblanadigan birikma bo’lib, o’ta zaharli sanaladi. Chala yonish jarayonida ajralib chiqadi. Kimyoviy formulasi — CO.
XAVF GURUHLARI
•Is gazi bilan quyidagi hollarda zaharlanish mumkin:
•Yong’in sodir bo’lgan taqdirda;
•Ushbu gaz bir qator organik moddalarni (aseton, metil spirt, fenol va hokazo) sintez qilish uchun ishlatiladigan ishlab chiqarishlarda;
•Havo almashinuvi yetarli bo’lmagan sharoitida yoritish gazi sizib chiqishi oqibatida yoki gaz yoqiladigan xonalarda, masalan, gaz plitalari, suv isitish moslamalari, ochiq yonuv kamerali issiqlik generatorlari, isitish moslamalari. Bu holat ko’pincha dudburonlarning tiqilib yoxud ishlamay qolishi, gaz yonishi uchun havo yetarli bo’lmaganda kuzatiladi;
•Ventilyatsiyasi yomon bo’lgan garajlar, boshqa yaxshi havo aylanmaydigan xonalar, tunellarda, chunki avtomobil chiqindi gazlarida normativlar bo’yicha 1-3%, karbyuratorli motor regulirovkasi yomon bo’lganda esa 10% gacha CO bo’lishi mumkin;
•Uzoq vaqt mobaynida avtomobil ko’p bo’lgan yo’lda yoki uning yonida bo’lganda. Katta yo’llarda is gazining o’rtacha kontsentratsiyasi zaharlanish ostonasidan oshadi;
•Uy sharoitida pechli isitishda pechlarning eshigi o’z vaqtida yopilmaganda;
•Nafas olish apparatlarida sifatsiz havo ishlatilganda;
•Chilim chekish vaqtida — chilim apparatiga kislorod kelishi yetishmovchiligi sodir bo’lganida bu holat tez-tez kuzatiladi. Aksariyat odamlar chekishdan so’ng bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, uyquchanlikni his etadi, bu zaharlanishga ishora qiladi.
TASNIFI
Zaharlanish o’tkir yoki surunkali bo’lishi mumkin. Uning kechishi havodagi is gazi konsentratsiyasi va uning ta’siri vaqtiga bog’liq.
Gaz konsentratsiyasi me’yoriy darajadan sezilarli oshib ketganida qisqa muddat ichida o’tkir zaharlanish sodir bo’ladi. Darajasi biroz yuqori bo’lgan havodan uzoq vaqt nafas olishda surunkali zaharlanish tashxislanadi. Klinik tasvirning og’irligiga qarab, zaharlanishning 3 darajasi farqlanadi:
Yengil daraja. Patologik gemoglobin miqdori 30% dan oshmaydi.
O’rta daraja. Qonda 30-40% karboksigemoglobin bo’lganida rivojlanadi.
Og’ir daraja. Karboksigemoglobin ulushi 40-50% ni tashkil etadi.
IS GAZIDAN ZAHARLANISH BELGILARI VA ALOMATLARI
Nafas olinayotgan havo tarkibida 0.08% CO bo’lsa, odam bosh og’rig’i va nafas qisilishini his qiladi. CO kontsentratsiyasining 0,32% gacha o’sishida falajlik va hushni yo’qotish kuzatiladi (30 daqiqadan so’ng o’lim sodir bo’ladi). Konsentratsiya 1,2% dan yuqori bo’lsa, ikki yoki uch nafasdan so’ng hush yo’qoladi, odam 3 daqiqadan kamroq vaqt ichida vafot etadi.
DARAJASI BO’YICHA
Agar kishi is gazi bilan zaharlanadigan bo’lsa, alomatlari quyidagicha ko’rinish oladi:
Yengil zaharlanish paydo bo’lganda:
Bosh og’rig’i;
Peshonalarning ikki chetida lo’qillash;
Bosh aylanishi;
Ko’krakda og’riqlar;
Quruq yo’tal;
Ko’z yoshlanishi;
Ko’ngil aynishi;
Qusish;
Eshitish va ko’rishning buzilishlari ehtimoli mavjud;
Terining qizarishi, shilliq qavat rangining o’ziga xos qizil bo’lishi. Namuna:
Taxikardiya;
Qon bosimining oshishi.
O’rtacha darajada zaharlanish uchun:
Quloqlarda kuchli shovqin;
Uyquchanlik;
Hushi o’zida bo’lishi bilan falajlik kuzatilishi mumkin.
Og’ir zaharlanishda:
Hushning yo’qolishi, komatoz holat;
Konvulsiyalar;
Beixtiyor siydik va najas chiqarish;
Uzluksiz bo’lib qoladigan nafas olish buzilishi, ba’zan Cheyn — Stoks tipida;
Ko’z qorachig’ining yorug’likka javob beruvchi reaktsiyasining zaiflashishi;
Shilliq qavat va yuz terisining keskin sianozi (ko’karishi). O’lim odatda nafas to’xtashi va yurak faoliyatining pasayib ketishi natijasida zaharlanish joyidayoq sodir bo’ladi.
ASORATLARI
Miyada qon aylanishining buzilishi;Subaraxnoidal qon ketish;Polinevritlar;Miya shishi fenomenalari;Ko’rishning buzilishi;Eshitish qobiliyatining buzilishi;
Ehtimol, miokard infarkti rivojlanishi;Ko’pincha teri-trofik buzilishlar (pufakchalar, keyinchalik nekroz bilan mahalliy shish), mioglobinuriyali nefroz;
Uzoq muddatli komada deyarli doimo jiddiy pnevmoniya kuzatiladi.
Toksikolog-shifokorlar va reanimatologlar ushbu gaz bilan zaharlanishning patognomik fizikal alomatlarni ajratishmaydi. Jismoniy ko’rik natijasida taxikardiya, gipertermiya, og’ir, ba’zi hollarda uzil-kesil nafas olish (Cheyn-Stoks), qon bosimining pasayishi aniqlanadi. Tashxisni yakuniy tasdiqlashga quyidagilar yordam beradi:
Laboratoriya tahlillari: Periferik qon tekshirilganda eritrositoz, gemoglobin darajasining oshganligi qayd etiladi. Leykositlar soni ham oshgan, leykositar formulaning tayoqchayadroviy siljigan, shu bilan birga ECHT pasaygan bo’ladi. Karboksigemoglobin darajasini aniqlash va uni normal gemoglobin bilan solishtirish zaharlanish og’irligini ko’rsatadi.
Ko’kak qafasining rentgenologik tekshiruvi: Bunda o’tkir o’pka emfizemasi va kichik qon aylanish doirasida dimlanish beglilari qayq qilinadi. O’pka ildizlarining kengayishi kuzatiladi. Har ikki tomonda chetlari xira bo’lgan kichik va katta o’choqli soyalar aniqlanadi. Rentgenologik o’zgarishlar 7-10 kun davomida normal holatga qaytadi.
IS GAZI BILAN ZAHARLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Shikastlanish o’chog’ida favqulodda yordam ko’rsatish algoritmi:
Jabrlanuvchiga protivogaz (gopkalit patron bilan birga) taqiladi va u ta’sir maydonidan darhol evakuatsiya qilinadi.
Shikastlanish o’chog’idan tashqarida favqulodda yordam ko’rsatish algoritmi:
Jabrlanuvchidan protivogaz yechib olinadi va qisadigan kiyimlaridan ozod qilinadi.
Jabrlanuvchiga kislorod beriladi va isitiladi. Davolashning zamonaviy usullari barokamerada kislorodli terapiyani o’z ichiga oladi.
Ultrabinafsha nurlari karboksigemoglobinning parchalanishini tezlashtirishi sababli, jabrlanuvchini kvarsli lampa bilan nurlantirish tavsiya etiladi.
Manba:
https://mymedic.uz/kasalliklar/toksikologiya/is-gazidan-zaharlanish
https://avitsenna.uz/gazdan-zaharlanish/
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |