Farmakologiya


FARMAKODINAMIKA. DAVOLASH TURLARI



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

FARMAKODINAMIKA. DAVOLASH TURLARI
Farmakologik moddalarning va dori vositalarining ta’sir
etishi va ta’sir mexanizmi farmakodinamika  iborasi bilan
yuritiladi. Bunday ta’sir moddaning organizm to‘qimasiga
bog‘langan (kontakt) joyida va qonga so‘rilib, organizmda
tarqalib turli a’zo va sistemalarga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Shuni hisobga olib, farmakologik ta’sir ikki ko‘rinishda
tafovut etiladi: mahalliy va rezorbtiv ta’sirlar.
Mahalliy ta’sir. Dori moddalarining organizm to‘qimasiga
tushgan, tekkan joyida qonga so‘rilishidan oldin sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlarga mahalliy yoki prerezorbtiv ta’sir
deyiladi. Masalan, lidokain, dikain shilliq pardaga tomizilsa,
surtilsa yoki sepilsa, shu joyda og‘riq sezish yo‘qoladi. Sintetik
dorilarning (yod, brilliant yashili va b.) mahalliy ishlatilishi
bunga misol bo‘la oladi.


51
Rezorbtiv ta’sir. Dori vositalari organizmga qaysi yo‘ldan
yuborilishiga qaramay, qonga so‘rilgandan so‘ng organizm
bo‘yicha tarqalib ta’sir etishi umumiy  yoki  rezorbtiv ta’sir
deyiladi. Amaliyotda ishlatilayotgan ko‘pchilik dori vositalarining
davo ko‘rsatishi ularning rezorbtiv ta’siriga asoslangan.
Rezorbtiv ta’sirning bir necha turlari ma’lum.
Asosiy ta’sir. Dorilar qanday maqsadda davo qilish uchun
ishlatilayotgan bo‘lsa, ana shu davo ta’siri asosiy hisoblanadi.
Masalan, asetilsalitsil kislota (aspirin) isitma tushirish uchun
ishlatilgan bo‘lsa, bu uning asosiy ta’siridir. Qolgan ta’sirlari esa
(yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldirish, antiagregant) qo‘shim-
cha – asosiy bo‘lmagan ta’siri hisoblanadi.
Òanlab ta’sir etishi. Ko‘pchilik dori preparatlari organizm-
ning ayrim a’zolariga, sistemalariga tanlab ta’sir etadi. Bu
dorilarning yaxshi xususiyati hisoblanadi. Masalan, yurak
glikozidlari (digitalis preparatlari) yurakka, ayrim dorilar nerv
sistemasiga (neyrotrop) tanlab ta’sir etadi.
Bevosita va bilvosita ta’sir. Kasallangan organizm a’zosiga
yoki sistemasiga dorilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siri bevosita
hisoblanadi, bu kasallik tufayli boshqa a’zo va sistemalarda sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlarning yo‘qolishi esa dorining bilvosita
ta’siri  deyiladi. Yurak faoliyati yetishmovchiligi kasalligida yurak
glikozidlarining (digoksin) ta’siri oqibatida yurak faoliyatining
yaxshilanishi (bevosita ta’sir) natijasida qon aylanishining
tiklanishi hisobiga buyrak faoliyati oshadi va siydik ajralishining
ko‘payishi bilvosita ta’sirga misol bo‘la oladi.
Qaytar va qaytmas ta’sir. Dori vositalarining davo ko‘rsa-
tishi ularning qaytar — vaqtinchalik ta’siriga asoslangan. Shu
sababdan har bir dori qayta-qayta (1 kunda 2, 3 va b. marta)
berib turiladi. Shu bilan birga shunday dori vositalari ham
borki, ularning ta’siri vaqtinchalik bo‘lmasdan qaytmas hisob-
lanadi. Bularga misol qilib fosfororganik moddalarning (xloro-
fos, butifos) antixolinesteraz ta’sirini yoki aspirinning an-
tiagregantlik ta’sirini keltirish mumkin.
Reflektor ta’sir. Dorilar ayrim a’zo va sistemalar faoliyatiga
refleks yo‘li bilan ta’sir etadi. Masalan, novshadil hidlanganda
yuqori nafas yo‘llarini ta’sirlab, nafas markazini qo‘zg‘atadi.
Efirning katta dozasi nafas yo‘llarini qattiq ta’sirlashi natijasida
ular keskin torayib, nafasni to‘xtatishi mumkin.
Salbiy ta’sir. Afsuski ko‘pchilik sintetik dori vositalari davo
ko‘rsatish bilan birga bir qator salbiy ta’sir qilishi qayd etilgan.


52
Nojo‘ya, zaharli, allergik, embriotoksik, kanserogen ta’sir va
boshqalar shular jumlasidandir. Dorilarning salbiy ta’siri
mahalliy va umumiy bo‘lishi mumkin. Mahalliy nojo‘ya ta’sirga
asetilsalitsil kislota, rezerpinni nahorga qabul qilish natijasida
me’dada yara, eroziya bo‘lishi misol bo‘la oladi. Umumiy nojo‘ya
ta’sirga streptomitsin, gentamitsin preparatlarining buyrak
faoliyatiga va eshitish nerviga, amidopirinning qonga (leyko-
peniya) salbiy ta’siri misol bo‘lishi mumkin.
Dorilarning zaharli ta’siri, asosan, ularni ko‘p miqdorda,
o‘zi bilarmonchilik, shifokorning tavsiyasisiz o‘zining yoki
o‘zganing joniga qasd qilish maqsadida ishlatilishi va ayrim
hollarda tibbiyot xodimlarining aybi bilan ham sodir bo‘lishi
mumkin. Shu bilan birga bemor organizmini doriga sezuvchan-
ligining oshishi zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bunda
organizmning a’zolari, sistemalarida va butun tanada katta
o‘zgarishlar kuzatiladi (yurak faoliyati, nafasi, ichki a’zolar
faoliyati izdan chiqishi va b.). Ayniqsa, hayot uchun zarur
sistemalarda asoratlar bo‘lishi ancha xavflidir (uxlatuvchi,
narkotik preparatlar, yurak glikozidlari va b.)
Ayrim dori vositalari, ayniqsa, oqsil saqlagan, sintetik
preparatlar allergiya holatini keltirib chiqarishi mumkin. Bular
tez rivojlanuvchi reaksiyalar (eshakemi, toshmalar, shishlar va
b.) shaklida namoyon bo‘ladi. Allergiyaning anafilaktik karaxtlik
turi xavfli hisoblanadi. Chunki bunda ichki organ va sistemalar
faoliyati keskin susayib ketadi va tez tibbiy yordam ko‘rsatish
talab qilinadi. Bu holat ko‘proq antibiotiklar (penitsillin) qayta
qo‘llanganda sensibilizatsiya (organizmning shu doriga nisbatan
yashirincha sezuvchanligining oshishi) natijasida ro‘y beradi.
Ayrim dori vositalari (tetratsiklin va b.) homiladorlikning
birinchi davrida ishlatilsa homilaga salbiy ta’sir etib, nogironlikni
keltirib chiqaradi. Buni teratogen ta’sir deyiladi. Bunday dorilar
homiladorlikda butunlay tavsiya etilmaydi.
Ba’zi bir dorilar embriotoksik (embrion rivojlanishini
to‘xtatadi), kanserogen (xavfli o‘smalarni keltirib chiqaradi va
uning o‘sishini tezlashtiradi) ta’sir etishi mumkin.
Dori vositalarining ta’sirida hujayralarda bo‘lib o‘tadigan
o‘zgarishlar  birlamchi farmakologik reaksiya deyiladi. Buning
natijasida to‘qima, a’zo va butun organizmda kuzatiladigan
o‘zgarishlar (masalan, narkoz, uyqu holati, qon bosimining
tushishi)  farmakologik effekt yoki  samara deb yuritiladi.


53
Hujayralarda sodir bo‘layotgan birlamchi reaksiyalar bos-
qichma-bosqich yig‘ila borib, farmakologik effektni keltirib
chiqaradi.
Dori vositalarining farmakologik ta’siri natijasida hujayralar,
a’zolar va organizm faoliyatida, asosan, quyidagi 3 xil
ko‘rinishdagi o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin: tormozlanish
(susayish, zaiflashish, to‘xtash), qo‘zg‘alish (rag‘batlanish,
kuchayish, zo‘rayish) va jarayonning boshqarilishi (regulatsiya
etilishi).
Ma’lumki,  hujayra retseptorlari oqsil va lipidlar  tuzilishida
bo‘lib, hujayra pardasining tashqi va ichki muhitida joylashgan.
Bular dori moddalari bilan birikib, fermentlar ishtirokida
kimyoviy jarayonlarning boshlanishi va natijada maxsus
farmakologik effektlar yuzaga chiqishini ta’minlaydi.
Òajribalarning ko‘rsatishicha, nerv tolasining oxiridan
impulslarni to‘qimaga o‘tkazib berishda qatnashadigan moddalar
(neyromediatorlar) ta’siriga tegishli retseptorlar hujayra pardasi
bilan birikkan oqsillardan tashkil topgan.
Hujayraning ichki muhitida joylashgan retseptorlarni
o‘rganish hozirda davom ettirilmoqda. Shunday qilib, ko‘pchilik
dori preparatlarining organizmga ta’sir mexanizmining yuzaga
chiqishida maxsus retseptorlarning ahamiyati katta ekanligi
isbotlangan. Quyida yaxshi o‘rganilgan retseptorlar keltiriladi.
Xolinoretseptorlar  parasimpatik va simpatik nervlarning
ganglionar qismida, parasimpatik nerv postganglionar qismi-
ning oxirida, a’zo to‘qimasida, harakat nerv oxirida tana
mushaklarida va markaziy nerv sistemasida joylashgan. Ular
markazdan kelayotgan impulslarni o‘tkazishda qatnashadigan
mediator – asetilxolinning ta’siriga sezgirdir.
Adrenoretseptorlar  simpatik nervning postganglionar qismi
tutashgan a’zolarda, markaziy nerv sistemasida va boshqa
a’zolarda mavjud. Ular bu nervlardan a’zoga impuls o‘tishida
qatnashadigan noradrenalin mediatoriga sezuvchandir.
Gistaminoretseptorlar – endogen gistamin ta’siriga sezuv-
chan retseptorlardir. Allergiyada kuzatiladigan ko‘pchilik o‘zga-
rishlar gistamin ta’siridan kelib chiqadi.
Dofaminoretseptorlar,  asosan, markaziy nerv sistemasida
joylashgan bo‘lib, ular harakat faoliyatining ortishida, shaxs
fe’l-atvorining bir me’yorda shakllanishida qatnashadi. Ular
neyroleptiklar ta’sirida to‘siladi. Mediator dofaminning kama-
yishi titroq holatlarga sabab bo‘ladi.


54
Gamma-aminomoy kislota retseptorlari (GAMK-ergik
retseptorlar) yurak-qon tomir tizimi faoliyatini boshqarishda,
gormonlar sintezida, tutqanoq, parkinsonizm kasalligida alohida
o‘rin egallaydi.
Angiotenziv-2 retseptorlar, asosan, qon tomirlar devoridagi
silliq muskullarda joylashgan. Ularning qo‘zg‘alishi qon
tomirlarni toraytirib, qon bosimini ko‘taradi, to‘silishi qon
tomirlarni kengaytiradi va qon bosimini pasaytiradi.
Yuqorida qayd etilgan retseptorlardan tashqari bir qator —
seratonin retseptorlar, opiat retseptorlar, steroid gormon
retseptorlari va boshqalar mavjud.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish