Farmakologiya


FARMAKOKINETIKA VA UNING ASOSIY NEGIZLARI



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

FARMAKOKINETIKA VA UNING ASOSIY NEGIZLARI.
DORI VOSITALARINI YUBORISH
YO‘LLARI VA TA’SIRI
Dori moddalari va organizmning o‘zaro ta’sirini o‘rganishda
ikkita asosiy tushuncha ahamiyatga egadir:
Farmakokinetika — dori vositasining organizmga yubori-
lishi, so‘rilishi, organizmda taqsimlanishi, to‘planishi, o‘zga-
rishi (metabolizmi) va organizmdan chiqarib yuborilishi.
Farmakodinamika — dori vositasining organizmdagi farma-
kologik samarasi, ta’sir mexanizmi, ta’sir lokalizatsiyasi (ta’sir
etish joyi), ta’sir turlari.
Dori vositalari organizmga turli yo‘llar bilan yuborilishi
mumkin. Dorilarning naf qilishi esa, o‘z navbatida, yuborish
yo‘liga ko‘p tomondan bog‘liq.
Dorilarni ishlatishda ikki yo‘ldan – enteral va parenteral
yo‘llardan foydalaniladi.


44
I. E n t e r a l   y o ‘ l  dori vositalarini oshqozon-ichak orqali
yuborish yo‘li bo‘lib, bunga, asosan, dorilarni til ostiga qo‘yish
(sub lingua), og‘iz orqali yuborish (per os), to‘g‘ri ichak orqali
yuborish (per rectum) yo‘llari kiradi.
Òil ostiga qo‘yish. Bu yo‘ldan, asosan, og‘iz bo‘shlig‘idan
oson so‘riladigan dori vositalarini ishlatishda foydalaniladi.
Chunki til ostiga qo‘yishning qulayligi va dori ta’sirining tez
yuzaga chiqishi ko‘pincha bemorga tez yordam ko‘rsatishda
ahamiyatlidir.
Ayniqsa, bu yuborish yo‘li ayrim yurak-qon tomir tizimi
kasalliklarida (yurak ishemik kasalligi,  gipertoniya   va   b.)   qo‘l
keladi. Nitratlardan nitroglitserin, nitrosorbit til ostiga qo‘yiladi.
Òrinitrolong yupqa parda bilan o‘ralgan preparati esa lunj shilliq
pardasiga yopishtirib qo‘yiladi.
Og‘iz orqali yuborish yo‘li tabiiy, qulay, o‘zgalar yorda-
misiz bajariladigan yo‘l hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pchilik
turli shakldagi dorilar (tabletka, draje, suyuq dorilar) og‘iz
orqali qabul qilinadi. Shu bilan birga bu yo‘lning bir necha
kamchiliklari bor. Masalan, yuborilgan dorining ta’siri tez
yuzaga chiqmaydi va uning qondagi miqdori aniq bo‘lmaydi.
Chunki dorilar oshqozon- ichakdan so‘rilishi turli omillarga
bog‘liq. Boshqacha aytganda, bu yo‘ldan yuborilganda dorining
naf qilishi tez va kutilgandek bo‘lavermaydi. Bundan tashqari,
ayrim oqsil tuzilishdagi dori preparatlari (insulin, adrenalin,
penitsillin va b.) me’da-ichak shiralari ta’sirida parchalanib
ketadi va samara yetarlicha bo‘lmaydi. Bemorning behush hola-
tida, chaqaloqlarni davolashda, tinmay qusishda va boshqalarda
bu yo‘ldan foydalanilmaydi.
Ayrim dori vositalari esa oshqozon-ichak shilliq pardasiga
mahalliy ta’sir ko‘rsatib, yaralar hosil qiladi (asetilsalitsil
kislota, indometatsin, rezerpin va b.), ichakning normal mik-
roflorasini nobud qilib (disbakterioz), ovqat hazm bo‘lishini
izdan chiqaradi, zamburug‘ kasalligini (kandidamikoz) keltirib
chiqaradi. Bunday dori preparatlari bilan bemorlarni davolashda
qayd etilgan asoratlarning oldini olish tadbirlari ko‘riladi
(dorilarni nahorga bermaslik, zamburug‘ga qarshi dori, vita-
minlar tavsiya etiladi va b.)
Òo‘g‘ri ichakka yuborish yo‘li. Bu yo‘l bilan, asosan, sham-
chalar shaklidagi yumshoq dori vositalari yuboriladi. Dorilarni
og‘iz orqali yuborish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda (to‘xtovsiz


45
qusish, behush holat, og‘iz va oshqozonda bajarilgan opera-
tsiyalar va b.) foydalaniladi. Dorilar bu yo‘ldan qonga yaxshi
so‘riladi va jigarni chetlab o‘tganligi sababli ta’siri yaxshi
namoyon bo‘ladi.
Ayrim hollarda dorining mahalliy ta’siridan ham foydala-
niladi (og‘riq qoldiruvchi, gijjalarga qarshi va b. dorilar).
II. P a r e n t e r a l   y o ‘ l  Bunga dori preparatlarini
oshqozon-ichakdan tashqari, boshqa yo‘nalish bilan yuborish
kiradi. Chunonchi, dorilarni inyeksiya qilish, nafas yo‘li orqali
yuborish va sirtga qo‘llash shular jumlasidandir.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish