266
Hozirgi vaqtda kamqonlikning kelib chiqish sabablariga ko‘ra,
asosan, quyidagi turlari ma’lum:
1.
Postgemorragik kamqonlik. Ko‘p qon ketishi natijasida
(operatsiya vaqtida, jarohatlanish, tug‘ish jarayonida va
boshqalar) tanada qonning
umumiy hajmi, shu bilan birga uning
tarkibidagi eritrotsitlar va leykotsitlarning miqdori ham kamayadi.
Bu o‘zgarish va uning uzoq davom etishi 5—10% dan ortiq
qon yo‘qotilganda kuzatiladi.
2.
Gemolitik kamqonlik. Ko‘pincha tananing zaharlanishi
(qo‘rg‘oshin preparatlari, fenilgidrazin) va ayrim
kasalliklarda
(bezgak) eritrotsitlar lizis (yemirilish)ga uchraydi. Natijada
ularning va gemoglobinning miqdori kamayib, kamqonlik yuzaga
chiqadi. Bunda ham anemiyaning belgilari namoyon bo‘ladi.
3.
Giðoxrom kamqonlik. Bu xildagi kamqonlik tanada temir
yetishmasligi natijasida kelib chiqadi. Shuning uchun ham uni
ko‘pincha temir yetishmaslik kamqonligi deb ataladi. Yuqorida
aytilgandek, temir gemoglobinning tarkibiga kirgani uchun
uning yetarli miqdorda bo‘lmasligi gemoglobinning kamayishiga
olib keladi. Shu sababli giðoxrom kamqonlikda periferik qonda
eritrotsitlarning soni uncha o‘zgarmasa ham ulardagi gemoglobin
miqdori kamayadi. Natijada eritrotsitlarning rangi och pushti
bo‘lib qoladi. Òanada temir yetishmasligi har xil holatlarda yuz
berishi mumkin. Masalan, iste’mol qilinadigan ovqat
tarkibida
temir moddasining yetarli miqdorda bo‘lmasligi yoki ovqat
tarkibidagi temirning ichakdan qonga o‘tishining buzilishi (me’da
va ichaklar kasalliklarida) yoki tanada temir moddasiga talabning
oshishi (homiladorlik) natijasida giðoxrom kamqonlik yuzaga
kelishi mumkin.
4.
Giðerxrom yoki megaloblastik kamqonlik (Addison—
Birmer kasalligi). Bu xildagi kamqonlikda eritrotsitlar
ishlab
chiqarilishining buzilishi natijasida qonda qizil qon tanacha-
larining miqdori kamayishi bilan birga, ularning voyaga
yetmagan yosh embrional shakllari paydo bo‘ladi. Ular normal
eritrotsitlarga qaraganda katta va tarkibida ko‘p gemoglobin
saqlaydi (giðerxrom kamqonlik). Bunday holatning
asosiy
sababi tanada vitamin B
12
bilan folat kislotaning (vitamin B
c
)
yetishmasligidir. Ularning yetishmasligi ovqat tarkibida kam
bo‘lishi yoki ularning ichakdan so‘rilishining buzilishi
oqibatida
bo‘lishi mumkin.
267
5.
Giðoplastik va aplastik kamqonlik. Bu xildagi kamqonlikda
umuman qon hujayralarining ishlab chiqarilishi kamayadi yoki
to‘xtaydi. Asosan, nur kasalligi va boshqa hollarda eritrotsit va
leykotsitlarni ishlab chiqaradigan to‘qimalarning qisman yoki
umuman nobud bo‘lishi bunday holga sabab bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan 5
xil kamqonlikdan, asosan, ikki turi
(giðerxrom va, ayniqsa, giðoxrom) ko‘proq uchrab turadi.
Ularning farmakoterapiyasi anchagina samaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: