Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Aymalin.  Rauvolfiya o‘simligidan olingan alkaloid. Yurakka
xinidin kabi ta’sir etadi, ammo miokard qisqaruvchanligini
kam o‘zgartiradi. Koronar qon aylanishini yaxshilaydi. Arterial


217
bosimga ta’siri kuchsiz. Ekstrasistoliyalar, bo‘lmachalarning
hilpillovchi aritmiyalarida, paroksizmal taxikardiyada ishlatiladi.
Kam zaharli, nojo‘ya ta’sirlaridan dispepsiyalar va holsizlik
kuzatilishi mumkin.
Lidokain — yurak avtomatizmini susaytiradi. Bu ta’sir
Purkinye tolalari va qorinchalar mushaklarida ro‘y beradi,
sinus-bo‘lmacha tugunida kuzatilmaydi. Natijada o‘zga impuls
o‘choqlari qo‘zg‘aluvchanligi susayadi. Lidokain venaga
yuborilganida ta’siri tez rivojlanib, qisqa muddatli bo‘ladi.
Qorinchalar aritmiyasida tayinlanadi. Odatda, ta’siri osoyishta
o‘tadi, lekin giðotoniya, uyquchanlik, bosh aylanishlar kuza-
tilishi mumkin.
Meksiletin — lidokain hosilasi bo‘lib, turg‘un birikmadir.
Ichakda yaxshi so‘riladi. Òerapevtik ta’sir doirasi keng emas.
Yurak va gemodinamika ko‘rsatkichlarining buzilishiga olib
kelishi mumkin. Qorinchalar ekstrasistoliyasida qo‘llaniladi.
Allapinin — lappokonit alkaloidning gidrobromid tuzi. Pre-
parat yurak bo‘lmachasidan, Giss bog‘lamlaridan va Purkinye
tolalaridan qo‘zg‘alishning o‘tishini sekinlashtiradi. Qorincha va
qorincha usti ekstrasistoliyasida, paroksizmal taxikardiya, bo‘l-
machaning hilpillashida  va fibrilatsiyasida, titrashida, qorincha
va qorincha usti taxikardiyasida keng qo‘llaniladigan samarali
preparat hisoblanadi.
Allapinin O‘zbekiston Fanlar akademiyasining o‘simlik
moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan yaratilgan va
amaliyotga tadbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi davlat
reyestriga va asosiy preparatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Amiodaron harakat potensiali davomiyligini va qorinchalar
hamda bo‘lmachalarda samarali refrakter davrini uzaytiradi.
Bunda repolarizatsiya sekinlashadi. Amiodaron sinus-bo‘lmacha
va bo‘lmacha-qorincha tugunlarida avtomatizmni, o‘tkazuv-
chanlik va qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi. Bu aritmiyaga qarshi
ta’sirni belgilaydi.
Amiodaron miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini
kamaytirib, stenokardiya (toj tomirlarining torayishi) xurujlari-
da ijobiy ta’sir etadi. Preparat yurakka simpatik ta’sirni ka-
maytiradi. Yurak qisqarishlari sonini kamaytiradi va arterial
bosimni tushiradi. Yurak tomirlarining qarshiligini kamaytirib
koronar qon aylanishini yaxshilaydi.


218
Qorincha usti va qorinchalar aritmiyalarida, stenokardiyada
qo‘llaniladi. Amiodaron yuqori samarali preparat hisoblanadi.
Nojo‘ya ta’sirlari: dispepsiyalar, bradikardiya, bo‘lmacha-
qorincha bloki, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, teri
rangining o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
Verapamil  — aritmiyaga qarshi ta’sirga ega, shuningdek,
koronar yetishmovchilikda ham samara beradi. U kalsiy
ionlarining hujayraga kirishini susaytiradi. Miokardga kalsiy
ionlari kirishining susayishi, qisqaruvchanlikning kamayishiga,
koronar va periferik tomirlarning kengayishiga olib keladi.  Ichak-
larda yaxshi so‘riladi. Eng yuqori ta’siri 1,5—2 soatda rivojlanadi.
Peshob va o‘t bilan o‘zgarmagan va o‘zgargan holda chiqariladi.
Verapamil supraventrikular aritmiyalar va stenokardiyada
ishlatiladi. Ichish va venaga yuborish uchun buyuriladi. Nojo‘ya
ta’sirlari: bradikardiya, giðotenziya, bosh aylanishi, dispep-
siyalar, allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan dori vositalaridan tashqari aritmiyaning
turiga, kelib chiqishiga, ko‘rinishiga va bemorning hol-ahvoliga
qarab, turli guruhlarga mansub preparatlar ham qo‘llanilishi
mumkin. Chunonchi, ayrim yurak glikozidlari, kaliy saqlagan,
tinchlantiruvchi, yurakning adrenergik va xolinergik boshqa-
rilishiga ta’sir etuvchi preparatlar va boshqalar shular jumlasi-
dandir.
Yurak glikozidlaridan digitoksin, digoksin, asosan, supra-
ventrikular aritmiyada tavsiya etiladi. Kaliy saqlagan preparatlar,
asosan, giðokaliyemiya bilan bog‘liq aritmiyaning turli
shakllarida beriladi. Kaliy saqlovchi aralashma miokard infraktida
kuzatiladigan yurak ritmining buzilishida buyuriladi. Yurakning
simpatik boshqarilishiga ta’sir etuvchilarga, yuqorida qayd
etilganidek,  -adrenoblokatorlar, simpatolitiklar kiradi. Ular,
asosan, taxikardiyaning turlarida beriladi. Chunki ular simpatik
nerv ta’sirini to‘sib, yurak urishini sekinlashtiradi. Adrenomi-
metiklardan adrenalin gidroxlorid, izodran bradiaritmiyada
tavsiya etiladi. Bundan tashqari, bradiartimiyada M-xolinoblo-
katorlar ham qo‘llanilishi mumkin. Ular parasimpatik nervni
bloklab, yurakka bo‘lgan tormozlovchi ta’sirini bartaraf etadi.
Agar ushbu preparatlar kor qilmasa va kasallik og‘irlashib,
yurak urishi haddan tashqari sekinlashaversa, yurak urishini
stimulatsiyalaydigan elektrokardiostimulatorlardan foydalaniladi.


219
Preparatlar.
X i n i d i n   s u l f a t  (Chinidini sulfas). Xininning o‘ng
tomonga o‘tuvchi izomeri. Kukun. 0,1 g dan kuniga 4—5 marta
ichish uchun beriladi, zarurat bo‘lganda, dozasi oshiriladi.
N o v o k a i n a m i d   (Novocainamidum). 0,25 g dan tabletka
shaklida, 10% li eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
0,5—1 g dan kuniga 3—4 marta ichish uchun, 10% li eritmasi
5—10 ml dan mushaklar orasiga yuboriladi. 10% li eritmasi
2—10 ml 5% li  glukoza eritmasi bilan birga venaga yuboriladi.
A y m a l i n   (Ajmalinum). Alkaloid. 0,05 g dan tabletka
shaklida; 2,5 % li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
0,1 g dan kuniga 4—5 marta ichish uchun, 10 % li eritmasi
5% li 2—10 ml glukoza eritmasi bilan venaga yuboriladi.
E t m o z i n   (Etmozinum). 0,1 g dan tabletka shaklida, 2,5%
li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
A n a p r i l i n   (Anaprilinum). 0,01—0,04 g dan tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan 15—30 daqiqa oldin 1
tabletkadan kuniga 3 marta ichish uchun beriladi. Dozasi asta-
sekin oshirib boriladi.
A s p a r k a m   (Asparcamum). Pananginga yaqin. Kaliy
asparginat bilan magniy asparginat aralashmasi. Òabletka shaklida
ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin ichiladi.
D o ‘ l a n a   n a s t o y k a s i  (T-ra Crategi).  25  ml  dan
flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 20 tomchidan kuniga
3 marta ichish uchun beriladi.
A l l a p i n i n   (Allapininum). Akonit o‘ti alkaloidi lappoko-
nitikning preparati. 0,025 g dan tabletka va 0,5 % li eritmasi
2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Òabletkalari kuniga 2—
3 marta ichiladi.
K o r d a r o n   (Cordaronum). Òabletkada 0,2 g dan va 5%
li eritmasi 3 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
Rp.: Sol. Novocainamidi 10%—5 ml
D.t.d.N. 5 in ampullis
S. 5 ml dan muskullar orasiga yuboriladi.
#
Rp.: Òab. Allapinini 0,025 N.20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ovqatdan 30
daq. oldin ichiladi.


220
#
Rp.: Òab. Cordaroni 0,2 N.60
D.S. Sxema bo‘yicha beriladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish