1971 yildagi psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiya
Xalqaro hamjamiyatning mazkur moddalarning zararli ta’siridan tashvishlanishi oqibatida 1971 yildagi Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi. 1976 yil 16 avgustda kuchga kirgan 1971 yildagi Konvensiyaga muvofiq ushbu moddalar xalqaro huquqiy nazorat ostiga olindi.
Birlashgan Millatlar tashkilotining Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash to‘g‘risida 1988 yildagi Konvensiyasi
Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarishga nisbatan esa, 1988 yildagi konvensiya noqonuniy o‘stiriladigan, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simliklarni yo‘q qilishga doir qoidalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Narkotiklar nazorati qo‘mitasining Nizomi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Narkotiklar nazorati qo‘mitasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961 yil Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi YAgona Konvensiyaning 18-moddasi, Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi 1971 yil Konvensiyasining 16-moddasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1988 yil Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyaning 12-moddasi asosida faoliyatini yuritadigan milliy vakolatli idorasidir.
O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar quyidagi ro‘yxatlarga kiritiladi:
1. Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan giyohvandlik vositalari ro‘yxati
2. Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxati
3. Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan psixotrop moddalar ro‘yxati
4.Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan prekursorlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi “Giyohvand vositalar,psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan aloqador bo‘lgan litsenziya faoliyati to‘g‘risida” gi 315-son qaroriga muvofiq bu faoliyat turiga quyidagilar kiradi:
1.Giyohvand vositalar,psixotrop moddalar va prekursorlarlarni olib kirish(olib chiqib ketish).
2. Giyohvand vositalar,psixotrop moddalar va prekursorlarlarni saqlash.
3. Giyohvand vositalar,psixotrop moddalar va prekursorlarlarni tarqatish va sotish.
4.YAngi giyohvand vositalar,psixotrop moddalarni ishlab chiqish.
5. Giyohvand vositalar,psixotrop moddalar va prekursorlarlarni ishlab chiqarish va tayyorlash.
6. Giyohvand vositalar,psixotrop moddalar va prekursorlarlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalanish.
7. Giyohvand vositalar,psixotrop moddalar va prekursorlarlarni yo‘q qilish.
8. Giyohvand vositalarni saqlovchi o‘simliklarni madaniylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |