Nazorat savollari
1.Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to’g’risidagi Qonun,mohiyati,o’zgartirishlar.
2.Farmasevtika faoliyati haqida tushuncha,farmasevtika turlari,litsenziya haqida tushuncha,farmasevtika foliyati uchun beriladigan litsenziyalar turlari ..
3.litsenziya talablari va shartlari. Litsenziyalarni rasmiylashtirish.litsenziya shartnomasi.
4.Dorixonaning filialini ochish tartibi.litsenziya talablari va shartlariga rioyas etilishini nazorat qilish.
5.Litsenziyalar reestri.Dori vositalari tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish uchun hududiy komissiya faoliyati.
1.3-1.4 FARMATSEVTIKA TASHKILOTLARIDA CHAKANA SAVDO FAOLIYATINI TASHKIL QILISH
Reja:
1.Dorixona turlari,vazifalari funksiyalari,ijtimoiy dorixonalar,davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida ijtimoiy dorixonani tashkil qilish, joylashtirish tartibi
2.Dorixona bo’limlari,jixozlanishi.
3.Farmasevt kadrlar lavozim nomenklaturasi,shtatlari,farmasevt kadrlarga qo’yiladigan zamonavviy talablar. Kasb tavsifnomalari, dorixona xodimlari ish joylarini tashkil qilish
4. Dorixona xonalari va jixozlariga qo’yiladigan sanitar tartib qoidalari. Dorixona xodimlari uchun sanitar gigiyenik talablar.
Tayanch iboralar: chakana savdo, farmatsevtik faoliyati, xususiy dorixona, aksiya, aksiyador dorixona, dorixona shaxobchasi.
1.Dorixona turlari,vazifalari funksiyalari,ijtimoiy dorixonalar,davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida ijtimoiy dorixonani tashkil qilish, joylashtirish tartibi
Farmatsevtik faoliyat xaqida tushuncha
O‘zbekiston Respublikasida «Dori vositalari va Farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun 1997 yil 25 aprelda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan. SHu qonunga asosan farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanish faqatgina oliy ma’lumotli farmatsevtgagina ruxsat etiladi.
Dorixonaning vazifalari
Aholini va DPM larni dori vositalari bilan ta’minlash ishlarini turli dorixona muassasalari olib boradi. Dorixona muassasalariga dorixonalar, dorixona shaxobchalari, tibbiyot texnikasi magazinlari, optika magazinlari, dorixona omborlari, tibbiyot texnikasi bazalari kiradi.
Dorixona sog‘liqni saqlash muassasasi hisoblanib, uning vazifalari quyidagilardan iborat:
aholini va DPMlarni, boshqa tashkilotlarni dori-darmonlar, tibbiyot texnikasi buyumlari, sanitariya-gigiena buyumlari, bemorni parvarishi uchun ishlatiladigan buyumlar, bog‘lov materiallari, dezinfeksiya vositalari va boshqa buyumlar bilan ta’minlash;
aholidan qabul qilingan retseptlar asosida dorilar tayyorlash, ularni sifatini nazorat qilish;
retseptsiz berishga ruxsat etilgan dori vositalarini (sanitariya gigiena buyumlari, bemorlar parvarishi uchun ishlatiladigan buyumlar, shifobaxsh suvlar, dezinfeksiya vositalari) bilan savdo qilish;
o‘ziga biriktirilgan DPMlarni dori vositalari, tibbiyot maqsadida ishlatiladigan buyumlar bilan ta’minlash;
shifokor va boshqa tibbiyot xodimlariga dori darmonlar, ularning qo‘llanilishi, ularni o‘rnini bosuvchi dori vositalari to‘g‘risida axborot berish;
zarurat tug‘ilganda aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
Xususiy dorixona muassasalari, ularning vazifalari
Xususiy dorixona faoliyatida ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi aholisi hamda sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va takomillashtirishdan iboratdir.
Xususiy dorixona yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansiga, banklarda hisob raqamiga ega bo‘ladi. dorixona o‘z faoliyatidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun o‘z nomidan bitimlar olib borishi, mulkiy huquqga ega bo‘lishi hamda o‘z zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda, davlat arbitrajida va hakamlik sudida da’vogar va javobgar bo‘lish huquqiga ega. dorixona o‘ziga tegishli mulk egasidir.
Dorixona o‘zining asosiy maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
yuqori sifatli dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari, zardoblar, vaksinalar, dorivor o‘simliklar, tibbiyot texnikasi va optika buyumlari va gigiena ashyolari, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari va vitaminga boy mahsulotlar bilan ta’minlash;
ularni ishlab chiqarish, sotish shu jumladan bepul retseptlar bo‘yicha aholini dori-darmon bilan ta’minlash.
Aksiyadorlik dorixona muassasalari, ularning vazifalari
Aksiyadorlik dorixonalari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlari, hamda ularning faoliyatini boshqaruvchi normativ xujjatlariga amal qilgan xolda olib boradi. dorixonalarning o‘z mehnat jamoalari, hissador, jamoa oilaviy, xususiy dorixonalar aksiyadorlik dorixonalari ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik dorixonalari o‘z ishlab chiqarish ho‘jalik va savdo faoliyatini to‘la ho‘jalik hisobi asosida amalga oshiradilar.
Aksiyador dorixonalarning asosiy maqsadi aholining va sog‘liqni saqlash muassasalarining dori-darmon, hamda tibbiy maqsaddagi buyumlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirishdan iboratdir. Aksiyadorlik dorixonalar shartnomada belgilangan butun muddatda ishlab chiqarish, ho‘jalik va savdo faoliyati yo‘nalishini o‘zgartirmasligi darkor.
Aksiyadorlik dorixonalarning asosiy vazifalari: dorixona muassasalarini dori-darmon bilan to‘la ta’minlash; aholini va Sog‘liqni saqlash muassasalarini tadbirkorlikni rivojlantirish asosida dorilar bilan ta’minlash darajasini oshirish.
Aksiyadorlik dorixonalarining nizomiy jamg‘armasi davlat tasarrufidan chiqarilgan dorixona mulkining baholanadigan qiymati asosida belgilanadi. Uni tuzish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasi nizom ta’sis xujjatlari bo‘lib xizmat qiladi. Ta’sis xujjatlarida tashkil qilinayotgan yuridik shaxs, uning maqsadi va faoliyati predmeti, ishtirokchilar tarkibi nomi va manzilgohi, har bir ishtirokchiga tegishli hissa (pay, aksiya) miqdori daromadni taqsimlash va ziyonni qoplash tartibi, boshqaruv tuzilmasi, mulk summasi, uni sotib olish tartibi va muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati hissadorlar reestrini olib boradi, unda aksiyalar miqdori va turi olingan vaqti, aksiyadorning familiyasi, ismi, otasining ismi olingan aksiyaning nominal bo‘yicha jami qiymati ko‘rsatiladi. Davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividentlari basharti ta’sis xujjatlarida, dori-darmon respublikada dorixonalar boshqarmalari uchun belgilab qo‘yilgan va amal qilib turgan tartibda sotiladi.
Aksiya, uning turlari
Aksiya – aksiyador jamiyatni boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksiyador jamiyatining ustav kapitali (fondi)ga qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksiyador jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo‘ladi.
Aksiya aksiyadorlik dorixona ishtirokchisi ekanligi to‘g‘risida dalolat beradi hamda uning foydasidan hissa olishga imkon yaratadi.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksiyador jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan xujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aksiyador jamiyatning nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – “aksiya”, uning turi (oddiy va imtiyozli), tartib nomeri, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividentlarni to‘lash muddati, aksiyador jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, ustav kapitalining hajmi.
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.
Farmatsevtik xodimlarning lavozim nomenklaturasi
Dorixona faoliyatini boshqarish oliy farmatsevtika ma’lumotiga va etarli mutaxassislik malakasiga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Dorixona shtati 2 ta guruhga bo‘linadi:
1. Ma’muriy boshqaruvchi va xo‘jalik xizmatchilar (mudir-farmatsevt, mudir muovinlari, - farmatsevt, bosh buxgalter, buxgalter, hisobchi, iqtisodchi, bosh kassir, kassir, xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i)
2. Farmatsevt va yordamchi xodimlar. (farmatsevtlar va ularning yordamchilari, farmatsevtlar (provizorlar) – bo‘lim boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i muovinlari, farmatsevt-assisentlar, filial sotuvchisi, retseptsiz savdo bo‘limi boshlig‘i, qadoqlovchi, sanitarka yuvuvchi, avtomobil xaydovchisi.
Dorixonadagi bo‘limlar
Dorixona xodimlari soni dorixona ish xajmiga qarab belgilanadi.
Dorixonalarda 4 ta mustaqil bo‘lim tashkil etiladi.
Retseptura bo‘limi.
Tayyor dorilar bo‘limi.
Retseptsiz savdo bo‘limi.
Zaxiralar bo‘limi
bu bo‘limlardan tashqari yana bir qator bo‘limlar tashkil etilishi mumkin: fitobar, optika, tijorat va boshqalar.
Dorixona shaxobchalari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 576-sonli buyrug‘iga asosan, qishloq aholisini, ayniqsa tog‘li o‘lka – xududida joylashgan qishloqdagilarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida qishloq vrachlik punktida dorixona shaxobchalarini ochish maqsadga muvofiqdir.
Dorixona shaxobchasining asosiy vazifasi aholiga tayyor dori vositalari, sanitariya – gigiena va bemorlar parvarishida qo‘llaniladigan buyumlar, dorivor giyohlar, bog‘lov materiallari va boshqa tibbiyot buyumlarini sotishdan iboratdir.
Qishloq vrachlik punktidagi dorixona shaxobchasi farmatsevtik faoliyat yuritish uchun litsenziya beruvchi vakolatli organ va tarmoqni dori vositalari bilan ta’minlovchi dorixona o‘rtasida tuziladigan litsenziya shartnomasi asosida tashkil qilinadi.
Qishloq vrachlik punktidagi dorixona shaxobchalari tashkil qilinishi xududiy sog‘liqni saqlash bo‘limlari zimmasiga yuklatiladi.
Nazorat savollari
1.Dorixona turlari,vazifalari, funksiyalari,ijtimoiy dorixonalar,davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida ijtimoiy dorixonani tashkil qilish, joylashtirish tartibi.
2.Dorixona bo’limlari, jixozlanishi.
3.Farmasevt kadrlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari, farmasevt kadrlarga qo’yiladigan zamonavviy talablar. Kasb tavsifnomalari, dorixona xodimlari ish joylarini tashkil qilish.
4. Dorixona xonalari va jixozlariga qo’yiladigan sanitar tartib qoidalari. Dorixona xodimlari uchun sanitar gigiyenik talablar.
1.5- DORIXONADA RETSEPTLARNI QABUL QILISH VA ULAR ASOSIDA DORI VOSITALARINI BERISH. RETSEPTLARNI TAKSIROVKA VA EKSPERTIZA QILISH
Reja:
Dori preparatlarini yozish va tayinlash tartibi
Retsept va uni yozish qoidalari
Retseptlarning tarkibiy qismlari
Retseptning funksiyalari
Shifokor tomonidan yoziladigan retseptura blankasining turlari
Retseptura blankasidagi asosiy va qo’shimcha rekvizitlar
Retseptlarni ekspertiza qilish, ro’yhatga olish va berish tartibi
Dori preparatlarini berishga qo’yiladigan umumiy talablar
Dori preparatlarini berish tartibi, dorixonada olib qolinadigan retsept blankalarini saqlash muddatlari
Dori vositalarini imtiyozli berihs tartibi bo’yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar
Imtiyozli retseptlar asosida dori vositalar taminotini tashkil qilish
Imtiyozli dori preparatlari uchun yoziladigan retsept blankasi va uning kreshogi haqida ma’lumotlar
Vaqtinchalik dorixonada bo’lmagan dori vositalari bilan taminlash tartibi
Dori vositalario bilan imtiyozli taminlsh bo’yivcha harajatlarni moliyalashtirish tartibi bo’yicha tuziladigan shartnoma
Dori vositalari reestrlari haqida ma’lumotlar
Dorixonaninmg imtiyozli dori vositalar taminoti bo’yicha hisoboti
Tayanch iboralar: Retsept, farmatsevt-texnolog, retsept funksiyalari.
Dori preparatlarini yozish va tayinlash tartibi. Retsept va uni yozish qoidalari Retseptlarning tarkibiy qismlari
Retseptura bo‘limining asosiy vazifalari:
DPM (davolash-profilaktika muassasasi)dan kelgan talabnomalar va aholidan kelgan individual retseptlarni qabul qilish;
DPMdan kelgan talabnomalar va aholidan kelgan retseptlar asosida dori vositalarini tayyorlash;
tayyorlangan dori vositalari sifatini nazorat qilish;
DPM talabnomalari va aholidan kelgan retseptlar asosida tayyorlangan dori vositalarini rasmiylashtirish va bemorlarga berish.
Retsept funksiyalari
Retsept funksiyalari:
1. Tibbiyot-tibbiyot nuqtai nazaridan retsept bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda doza va tarkibi shifokor tomonidan belgilangan dori vositalarini sotib olish va qo‘llash uchun ishlatiladigan asosiy xujjat .
2. Yuridik-yuridik xujjat bo‘lib yozilish sanasi ko‘rsatiladi, bemor va shifokor familiyasi, dorining farmakologik xususiyatlarini hisobga olgan holda retsept blankasi ishlatiladi. Bunda retsept yozadigan va ular bo‘yicha dori tayyorlaydigan shaxslar yuridik javobgarlikka ega.
3. Texnologik-texnologik nuqtai nazardan retsept farmatsevtga dori tayyorlashda ko‘rsatma va asos bo‘lib xizmat qiladi.
4. Iqtisodiy-iqtisodiy hujjat bo‘lib dori va yordamchi moddalarni sarflash uchun, tarif hamda narxni aniqlash uchun xujjat hisoblanadi.
5. Ijtimoiy-turli ijtimoiy –iqtisodiy imtiyoz maqomiga ega insonlarga malakali dori vositalar yordam ko‘rsatish uchun kafolat beradi.
Shifokor tomonidan yoziladigan retseptura blankasining turlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 18 iyun 2010 yilda chiqqan 191-sonli buyrug‘iga asosan retsept blankalari 3 xil bo‘ladi:
Bolalar va kattalar uchun to‘liq narxdagi dori vositasini olish uchun yoziladigan 1-shakl.
Bepul dori vositalari va gangituvchi xususiyatiga ega bo‘lgan dori vositalari uchun yoziladigan 2-shakl.
Pushti rangli faqat narkotik dori vositalari yozish uchun tavsiya etiladigan 3-shakl.
retsept blankasi quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi shart:
Davolash-profilaktika muassasasi kodi bosmaxona usuli bilan bosiladi yoki shtamp ko‘yiladi;
YAkka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan shifokorlarning retseptlarini tepa qismining o‘ng tomoniga bosmaxona usuli bilan ularning manzili, litsenziyasining tartib raqami, berilgan sanasi. amal kilish muddati va litsenziya bergan tashkilotning nomi bosiladi yoki shtamp qo‘yiladi;
Retseptda dori vositasining nomi lotin tilida, aniq, ravshan qilib, siyohda yoki sharikli ruchka bilan yoziladi, tuzatishlar kiritish taqiqlanadi;
Bitta retseptura blankida ikkitadan ortiq bo‘lmagan oddiy dori vositalari yoziladi;
Etil spirti tarkibida zaharli moddalar hamda miqdoriy hisobda turuvchi psixotrop dori vositalari va prekursorlar bo‘lgan dori-darmonlar alohida retsept blankasida yoziladi va retsept blankasi qo‘shimcha davolash-profilaktika muassasasining “retseptlar uchun” muhri bilan tasdiqlanadi;
belgilarni faqat qoidalarda belgilanganganidek qisqartirib yozishga ruxsat beriladi xolos;
qattiq va sochiluvchi moddalar – grammlar (0,001; 0,5; 1,0) suyuqliklari – millilitr, gramm va tomchilar hisobida ko‘rsatiladi;
“ichiladi”, “ishlatilishi ma’lum” va hokazo degan umumiy ko‘rsatmalar bilan cheklanish taqiqlanadi;
bemorlarning familiyasi, ismi-sharifi, yoshi, shifokorning familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatiladi;
shifokorning imzosi uning shaxsiy muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;
“kattaga”, “bolaga” deb ko‘rsatilgan belgilardan keraksizi o‘chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |