4. Dori vositalari ta’minotini tashkil etishda xalqaro tajriba
Sog‘liqni saqlash sohasi, ijtimoiy yo‘naltirilganligi va ahamiyati sababli, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma shaklidagi jamiyat va davlatning diqqat markazida bo‘ladi. Bundaasosiy e’tibor sog‘liqni saqlashni, jumladan, dori vositalari ta’minotini davlat tomonidan xar tomonlama jiddiy tartibga solishga va ushbu sohani jamiyat (davlat) manbalaridan moliyalashga qaratiladi.
5. Jahon farmatsevtika sohasi va jahon farmatsevtika bozorining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy rivojlanish yo‘nalishlari
“Farmatsevtika sohasi”tushunchasini dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan turli miqyosdagi va yo‘nalishdagi farmatsevtika kompaniyalarini qamrab olgan“farmatsevtika sanoati” tushunchasiga tenglashtirish mumkin. SHu bilan birga, “farmatsevtika sohasi (biznesi, ishi)”tushunchasini yanada kengroq ta’riflash ham mumkin, chunki tor mutaxassislik hisoblangan farmatsevtika yo‘nalishida butunlay mustaqil faoliyat yurituvchi bir qator tashkilotlar bu sohaning vakillari hisoblanadi.Masalan, maxsus o‘rash materiallari va dozalash moslamalari (masalan, shprits-ruchkalar, kukun ingalyatorlari va b.)niishlab chiqarish farmatsevtika sohasining bir qismi hisoblanadi.Dori vositalari va farmatsevtik texnologiyalarni tadqiq etish va rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan quyidagi tashkilotlar ham farmatsevtika sohasining bir qismi hisoblanadi:
universitetlarda joylashgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar va tadqiqot markazlari;
innovatsion loyihalash kompaniyalari;
klinikagacha tadqiqotlar, texnologiyalarni ishlab chiqish, klinik tadqiqotlarni tashkil etish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi servis kompaniyalari.
Farmatsevtika sohasi tarkibiga,iste’molchilarga mahsulotni etkazib berish (distribyutorlar – ulgurji sotuvchilar, logistika operatorlari, dorixona va dorixonalar tarmog‘i – chakana sotuvchilar), marketing texnologiyalari (farmatsevtik mahsulotlarni savdosini yurgizishga ixtisoslashgan kompaniyalar), farmatsevtika sohasi vakillarini axborot xizmatlari ko‘rsatish (marketing tadqiqot kompaniyalari, ixtisoslashgan farmatsevtika nashrlari, Internet-resurslar) kabilar bilan bog‘liq bizneslar kiradi. Farmatsevtika sohasi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari ham sohaning teng huquqli vakillari hisoblanadi.
Farmatsevtika sohasiga aloqador faoliyat sohalari turli-tuman bo‘lishiga qaramasdan, farmatsevtika sanoati tizim hosil qilish mezoniga ega, chunki boshqa barcha korxonalar unga yordam berishvazifasini bajaradi. Istisno tariqasida, dorixona sohasi chakana sotuvchi vazifasini bajarishdan tashqari, tibbiy yordam tizimining ajralmas qismi bo‘lgan, bemorlarga farmatsevtik yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan.
Farmatsevtika sanoati bir vaqtning o‘zida dori vositalarining ham kimyoviy-texnologik, ham biotexnologik ishlab chiqarishini qamrab oladi. Farmatsevtika sanoati tarkibida o‘z ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshiruvchi va kontrakt ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Farmatsevtik substansiyalarni ishlab chiqarish ko‘pincha alohida faoliyat turi hisoblanadi. Kompaniyalar, o‘z mahsulotlari portfeli tarkibi va yo‘naltirilganligi, jumladan retsept bo‘yicha va retseptsiz sotiladigan dori vositalari ishlab chiqarishi bilan xam farqlanadi. Kompaniya faoliyati muayyan dori shaklida (masalan, infuzion eritmalar) ishlab chiqarishni o‘z ichiga olishi mumkin. Farmatsevtika korxonalari ish jarayoni (biznes) miqyosi, shuningdek ularning sotuv bozorlariga (global, mintaqaviy yoki mahalliy bozorlar) yo‘nalishi bo‘yicha farq qiladi. Biroq, soha uchun asosaninnovatsion va generik kompaniyalarga bo‘linish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |