yil davomida biz bu harakatning biron bir jihatini tugata olmadik».
Sovet rahbarlarining bu e’tiroflari sovetlarga qarshi harakatning nechog’lik
o’lkaning hayotiy qon tomirlariga daxl qilganini, uni larzaga keltirganini yaqqol
tasdiq etadi.
Farg’onaning bechorahol xalqi o’z xalaskorlarini butun choralar bilan qo’llab-
quvvatlashda davom etdi. Harakat safi doimo yangi kuchlar hisobiga to’lib bordi.
Vodiy qo’rboshilarining birlashish, qo’shilish sari harakatlari ham sezilarli tus olib
bordi. 1919 yil kuziga kelib Madaminbek lashkarlarining jangovorlik harakatlari keng
hududlarga yoyildi. Bu davrga kelib Monstrovning rus krestyanlari (dehqonlari)dan
tashkil topgan ancha ta’sirli harbiy qismlari Madaminbek kuchlari bilan birlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |