Madaminbek saylangan edi. Biroq afsuslanarli jihati shundaki, mazkur Muvaqqat
hukumat o’z faoliyatini amalda uddalay olmadi. Buning boisi birinchidan, uning
mutasaddilarining boshi urush harakatlaridan chiqmadi. Ikkinchidan, u biror bir
xorijiy davlat bilan diplomatik aloqa o’rnatish imkoniyatiga ega bo’lolmadi. Bu esa,
tabiiyki, uning o’z qobig’iga o’ralib, amaliy faoliyat yuritishiga imkon bermadi.
1919 yil oktyabr oyi oxirlarida Andijonga yaqin Oyimqishloqda to’plangan
vodiy qo’rboshilarining qurultoyida vodiyda harakat kilayotgan 150 taga yaqin
jangovor qismlarni o’z ta’sirida ushlab turgan 4 yirik lashkarboshi: Madaminbek,
Ergash, Shermuhammadbek, Xolxo’ja Eshon qo’shinlarini birlashtirishga kelishildi.
Qurultoyda islom qo’shinlarining bosh qo’mondoni - «Amir al – muslimin» etib
Do'stlaringiz bilan baham: |