Farg‘ona viloyatida 2016 yil yanvar-iyun oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot



Download 242,5 Kb.
bet1/3
Sana07.09.2017
Hajmi242,5 Kb.
#19108
  1   2   3
Farg‘ona viloyatida 2016 yil yanvar-iyun oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot
Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 15 yanvarda bo‘lib o‘tgan mamlakatimiz Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirilishi joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyat asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlash hamda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini izchil rivojlantirishda mustahkam asos bo‘ldi.
I. Makroiqtisodiy o‘zgarishlar
1. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o‘sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (prognoz 108,6% - amalda 110,5%), hududiy sanoat (prognoz 123,0% - amalda 125,4%), halq iste’moli mollari (prognoz 113,1% - amalda 116,2%), yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (prognoz 106,2% - amalda 106,3%), qurilish ishlari (prognoz 112,2% - amalda 119,7%), jami xizmatlar (prognoz 113,4% - amalda 114,2 %) pullik xizmatlar (prognoz 111,5 % - amalda 112,8%) hajmlari sezilarli o‘sdi.

SHundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi


6305,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,4 foizni tashkil etmoqda.

Xisobot davrida YAHM hajmida xizmatlar sohasining ulushi 53,5 foizga (2015 yil 1-yarim yillikda 53,5 %) hamda kichik biznes va tadbirkorlik ulushi 52,6 foizga (2015 yil 1-yarim yillikda 52,3%) teng bo‘ldi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 1792,6 ming so‘mdan (2015 yil 1-yarim yillikda 1567,5 ming so‘m) to‘g‘ri keldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra tashqi savdo aylanmasi


606,9 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 260,1 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda.

2. Moliyaviy holat.

Byudjet-soliq siyosati. Viloyat mahalliy byudjeti daromadlar prognoz ko‘rsatkichi 832,3 mlrd. so‘m bo‘lib, haqiqatda 838,2 mlrd. so‘mga bajarilishiga (100,7%) erishildi.

Mahalliy byudjetning aniqlangan harajatlar rejasi esa


1091,4 mlrd. so‘m belgilanib, amalda 1006,0 mlrd. so‘mga
(92,2%) bajarildi.

Soliq va to‘lovlar tushumi. Viloyatda soliq va to‘lovlar tushumi 2016 yil yanvar-iyun oylari prognozi 833,5 mlrd. so‘m bo‘lib, xaqiqatda 835,7 mlrd. so‘mga (100,3 %) bajarildi hamda rejaga nisbatan 2,2 mlrd. so‘mdan ko‘proq mablag‘ byudjetga jalb etildi.

Debitor va kreditor qarzdorliklar.

2016 yil 1-yarim yilligida debitorlik qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 110,9 foizga ortib 3578,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Bunga debitorlik qazdorliklarni yil boshiga nisbatan Bog‘dod tumanida 110,0 foizga, Toshloq tumanida 165,4 foizga, So‘x tumanida 114,4 foizga, Farg‘ona tumanida 140,5 foizga, Furqat tumanida
121,9 foizga, YOzyovon tumanida 149,7 foizga, Beshariq tumanida
127,0 foizga, Qo‘qon shahrida 108,7 foizga, Farg‘ona shaxrida
113,1 foizga, Rishton tumanida 232,8 foizga ortganligi sabab bo‘lmoqda.

Muddati o‘tgan debitorlik qarzdorliklar yil boshiga davriga nisbatan Quvasoy shahrida 32,1 foizni tashkil etgan.

Kreditor qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 109,0 foizga ortib 4835,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Yil boshiga nisbatan kreditorlik qazdorliklari Beshariq tumanida 110,4 foizga, Rishton tumanida 114,5 foizga, So‘x tumanida 110,0 foizga, Farg‘ona tumanida 173,2 foizga, YOzyovon tumanida


133,8 foizga, Toshloq tumanida 129,6 foizga, Furqat tumanida
116,9 foizga, Farg‘ona shahrida 112,9 foizga ortishiga yo‘l qo‘yilgan.

Muddati o‘tgan kreditor qarzdorliklar yil boshiga nisbatan Quvasoy shaxrida 87,2 foizni, Farg‘ona shahrida 94,7 foizni tashkil etgan.

Indorama Kokand tekstil” QKda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2014 yildagi 2114-qaroriga asosan sobiq “Qurilish tugallanmagan “Qo‘qon tekstil kombinati” DKning mulkiy majmuasi bazasida zamonaviy tekstil sanoatini yo‘lga qo‘yish” loyihasini ishga tushirish uchun investitsiya jarayoni davom etayotganligi sababli o‘z faoliyatini 1,8 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan.

Iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari. Viloyatda 79 ta tijorat banklari, 95 ta mini banklar, 139 ta maxsus kassalari va 5 ta mikrokredit tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

2016 yilda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra viloyat tijorat banklarining barcha moliyalashtirish manbalaridan jami 574,1 mlrd. so‘m, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 133,4 mlrd. so‘m (130,3 %) ortiq (373,4 mlrd.so‘mi uzoq muddatli) kredit mablag‘lari ajratildi.


II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlarini rivojlanishi
1. Investitsiya siyosati. 2016 yil yanvar-iyun oyida viloyatda barcha manbaalar hisobidan 1226,5 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Jumladan, byudjet mablag‘lari hisobidan
112,8 mlrd. so‘m, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari
88,6 mlrd.so‘m, korxonalar o‘z mablag‘lari hisobidan 243,5 mlrd. so‘m, aholi mablag‘lari hisobidan (yakka tartib uy-joy qurilishi, ichimlik suv va tabiiy gaz tarmoqlarini qurilishi va boshqalar) 337,9 mlrd. so‘m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 185,6 mlrd. so‘m hamda chet el investitsiyasi va kreditlari hisobidan 82,9 mln.dollarni tashkil etdi.

Jami o‘zlashtirilgan mablag‘larning 52,7 foizi ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil
25 dekabrdagi PQ-2458-sonli “O‘zbekiston Respublikasining
2016 yil Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarorga asosan viloyat bo‘yicha
11 ta yirik korxonalarga jami 148,4 mlrd. so‘m, shundan korxona o‘z mablag‘lari hisobidan 21,0 mlrd.so‘m, tijorat bank kreditlari hisobidan 8,8 mlrd.so‘m va 41,1 mln.dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri horijiy investitsiyalar o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 226 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

SHundan, joriy yilning 1 iyul kuniga qadar


138,6 mlrd.so‘m (shundan 114,4 mlrd.so‘m jihozlarni sotib olishga,
30 mlrd.so‘m qurilish montaj ishlariga va 24,2 mlrd.so‘m boshqa xarajatlarga
) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2016 yilga hududiy investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarorga asosan viloyat bo‘yicha 133 ta loyihalar kiritilgan bo‘lib jami 242,5 mlrd. so‘m miqdorida (shundan 82,7 mlrd. so‘m o‘z mablag‘i,156,4 mlrd. so‘m bank krediti va 3,4 mlrd. so‘m xorijiy) investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 4842 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

SHundan, joriy yilning 1 iyul kuniga qadar 75,6 mlrd. so‘m (shundan 29,1 mlrd.so‘m jihozlarni sotib olishga,


25,9 mlrd.so‘m qurilish montaj ishlariga va 20,6 mlrd.so‘m boshqa xarajatlarga
) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Natijada 44 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 928 nafar ish o‘rinlari yaratildi.

Xususan:


  1. YOzyovon tumanidagi "Fayzli Alimardon" xususiy korxonasida oxak ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasini 29.03.2016 yil 4-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;

  2. O‘zbekiston tumanidagi "Ilyosxon SHoxistaxon" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 25.03.2016 yil 2-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;

  3. Farg‘ona shahridagi "Farg‘ona ko‘prik xo‘jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta’mirlash foydalanish" korxonasida asfalt ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 18.03.2016 yil 1-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;

  4. "All Metall Gold" MCHJda qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 18.06.2016 yil 14-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;

  5. YATT "Babaev Xayrullo" tomonidan mebel ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 23.03.2016 yil
    4-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan.

  6. Quvasoy shaxridagi "Fergana keramiks industri" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 5.02.2016 yil 7-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;

  7. "Fergana Cement" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonada sement ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 12.02.2016 yil 10-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;

  8. Dang‘ara tumanidagi "Dang‘ara mega ketl" MCHJda elektr choynaklar va plitalar ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 15 apreldagi №2-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi;

  9. "Doniyorjon taraqqiyoti" MCHJda tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 2 fevraldagi №1-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi.

  10. "Europrint Kokand" MCHJda karopka mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 29 iyundagi 21-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi.

Ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi. “YAgona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining 2016 yil «Manziliy dastur»ga asosan 2016 yil bo‘yicha Investitsiya Dasturiga (PQ-2458) asosan joriy yilda 167 ta (141,3 mlrd.so‘m) ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlarda qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Xisobot davriga 167 ta ob’ektlarda pudrat tashkilotlari tomonidan 108,8 mlrd.so‘mlik (83%) qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, 88,7 mlrd. so‘m (68%) moliyalashtirilgan.



jumladan, 24 ta umumta’lim maktablarida
1.3 mlrd.so‘mlik (88%)
qurilish-montaj ishlari bajarilib,
17,7 mlrd.so‘m, (73%) moliyalashtirildi. 11 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 9,4 mlrd. so‘mlik (93%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 8,2 mlrd.so‘m, 82%)


15 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlarida 33,1 mlrd.so‘mlik (81%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 26,3 mlrd.so‘m 64%).

28 ta bolalar sporti ob’ektlarida 19,3 mlrd.so‘mlik
(77%)
qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish
16,0 mlrd.so‘m 64%).


68 ta (46 ta aholi yashash punktlari va 22 ta namunaviy massivlarni) ichimlik suvi ob’ektlarida 6,5 mlrd.so‘mlik
(96%)
qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 2,4 mlrd.so‘m 35%).


Boshqa ob’ektlar (12 ta) bo‘yicha.

Farg‘ona shahridagi "Saxovat“ keksalar va nogironlar uchun internat uyini rekonstruksiya qilish ob’ektida
1013,3 mln.so‘mlik (78%)
qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 790,5 mln.so‘m 78%).

So‘x tumanida 2 ta soy qirg‘oqlarini mustahkamlash va boshqa himoya qilinadigan ob’ektlari qurish bo‘yicha 778,7 mln. so‘mlik
(63%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.
(moliyalashtirish
691,8 mln.so‘m, 89% )

8 ta kommunal drenaj ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 910 mln.so‘mlik (100%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 752,6 mln.so‘m 83%)

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha.

Joriy yilda Farg‘ona Davlat Universitetida 6 ta va Farg‘ona Politexnika institutida 3 ta ob’ektlarni kapital rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu ob’ektlarda 16,5 mlrd.so‘mlik (73%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’ektlarga jami 15,8 mlrd.so‘m (79%) mablag‘lar moliyalashtirilgan.



Qurilish materiallari. Joriy yil manzilli dasturga 25 ta loyihalar, shundan yangi tashkil etish hisobiga 11 ta, modernizatsiya qilish hisobiga 14 tani tashkil qiladi. Ushbu loyihalarga jami 10082,1 ming dollar (5139,3 ming dollar o‘z mablag‘i, 4942,8 ming dollar tijorat bank krediti xisobidan) mablag‘ sarflanishi va
780 nafar ishchi o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Hisobot davrida 6052,4 ming dollar (loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari hisobidan 4811,3 ming dollar hamda tijorat bank kreditlari hisobidan 1241,1 ming dollar miqdorida investitsiya) mablag‘lari o‘zlashtirilib, yilga nisbatan yilik reja 60 foizga bajarildi. Xozirgi kunda 12 ta loyixalar foydalanishga topshirilib, 378 nafar ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan:


  1. YOzyovon tumanidagi "Fayzli Alimardon" xususiy korxonasida oxak ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasini 29.03.2016 yil 4-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;

  2. Bog‘dod tumanidagi "BOG'DJD BARAKA FAYZ" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasini 7.05.2016 yil 16-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;

  3. Farg‘ona shaxridagi "Friends Forever" MCHJda quruq qurilish qorishmalarini (shpaklyovka) ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 22.03.2016 yil 2-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;

  4. Farg‘ona shaxridagi "All Metall Gold" MCHJda qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 22.03.2016 yil 14-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;

  5. Quvasoy shaxridagi "Fergana keramiks industri" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 5.02.2016 yil 7-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;

  6. Quvasoy shaxridagi "Fergana Cement" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonada sement ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 12.02.2016 yil 10-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;

  7. Qo‘qon shahridagi “Kokand gold fturi" MCHJda asfalt ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 25.04.2016 yil 11-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;

  8. Toshloq tumanidagi “Vodiy sabox" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2.05.2016 yil 11-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;

  9. O‘zbekiston tumanidagi “Turon eko sement group" MCHJda sement ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 26.03.2016 yil 13-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;

  10. Qo‘shtepa tumanidagi “Fayzli kabel ta’mir" hususiy korxonasida kabel ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 26.04.2016 yil 19-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan.

Pudrat ishlari. 2016 yil yanvar-iyun yakuniga ko‘ra bajarilgan pudrat ishlari hajmi 950,2 mlrd. so‘mdan iborat bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 119,7 foizni tashkil etdi.

Yo‘l transport infratuzilmasi bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabr kungi “2016 yil Investitsiya Dasturi to‘g‘risida”gi PQ – 2458 qarorga asosan Farg‘ona viloyatidagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi 2 ta avtomobil yo‘llarida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 21.0 mlrd.so‘m limit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, 2016 yil uchun 24.352 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar-iyun oylarida (reja – 5450.0 mln.so‘m) amalda


5642,9 mln.so‘mlik (104%) ishlar amalga oshirildi, jumladan:

1. 4R-144 "Farg‘ona sh- Xamzaobod q." avtomobil yo‘lining


0-3,6 km qismini qayta qurish ob’ekti.

Dasturga asosan 2016 yil uchun 6.0 mlrd.so‘m limit mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 9.372 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 1800 mln.so‘m) 1963.1 mln.so‘mlik (109%) qurilish – montaj ishlari bajarildi (pudratchi – Farg‘ona TYXPTFK);

2. 4R-17e “A-373 a/yo‘lidan Ko‘qon shaxar aylanma yo‘liga” avtomobil yo‘lining 4-9 km qismini rekonstruksiya qilish ob’ekti.

Dasturga asosan 2016 yil uchun 15.0 mlrd.so‘m limit mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 15.04 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 3650 mln.so‘m) 3679,8 mln.so‘mlik (101%) ishlar bajarildi (pudratchi SHarqiy XDAAYSITFK).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil
27 aprel kungi “2016 yilda xalqaro va davlat axamiyatidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini to‘la ta’mirlash dasturi to‘g‘risida”gi VM-126 sonli qaroriga asosan umumfoydalanuvdagi xalqaro va davlat axamiyatidagi avtomobil yo‘llarini to‘la ta’mirlash bo‘yicha Farg‘ona viloyatida 10 ta
2015 yildan o‘tuvchi ob’ektlar bo‘lib, bugungi kunda 9 ta ob’ektda 2016 yil uchun qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar-iyun oylari rejasi 5078,3 mln.so‘m bo‘lib, amalda 6743,1 mln.so‘mlik (133%) ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

1. 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li”ning 223-227 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 2.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 2010 mln.so‘m) 2837.1 mln.so‘mlik (141%) ishlar bajarildi (pudratchi- Farg‘ona KXSITFK);

2. 4R-145 “Farg‘ona aylanma yo‘li”

2.1. 4R-145 “Farg‘ona aylanma yo‘li”ning 0-9.4 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 300 mln.so‘m) 442.0 mln.so‘mlik (147%) ishlar bajarildi (pudratchi Farg‘ona KXSITFK);

2.2. 4R-145 “Farg‘ona aylanma yo‘li”ning 12.6-15 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.19 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 100.0 mln.so‘m) 105.2 mln.so‘mlik (105%) ishlar bajarildi (pudratchi - Farg‘ona TYXPTFK);

3. A-373b “Qo‘qon shaxriga kirish yo‘li”ning 28-32 km qismlarini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 470 mln.so‘m) 805,7 mln.so‘mlik (171%) ishlar bajarildi (pudratchi SHarqiy XDAAYSITFK);

4. Farg‘ona TYXPTFK ABZ sini to‘la ta’mirlash ob’ekti.
2016 yil uchun 1.511 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 370 mln.so‘m) 393.5 mln.so‘mlik (106%) ishlar bajarildi (pudratchi – Farg‘ona TYXPTFK);

5. 4R-153 “Qo‘qon shaxri Mingtut-Aeroport-Sariqo‘rg‘on” yo‘lini


0-3 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun
1.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 470 mln.so‘m) 482,5 mln.so‘mlik (103%) ishlar bajarildi (pudratchi - SHarqiy XDAAYSITFK);

6. 4R-148a "Furkat temir yul stansiyasiga shaxobcha" avtomobil yo‘lining 21-23.6 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun


3.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 1000 mln.so‘m) 1316,5 mln.so‘mlik (132%) ishlar bajarildi (pudratchi – Bog‘dod TYXPTFK);

7. 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li”ning 281 km dagi yo‘l o‘tkazgichni to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 502.0 mln.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 108.3 mln.so‘m) 108,3 mln.so‘mlik (100%) ishlar bajarilgan. Ob’ektda ishlar yakunlangan. Rejadan qolgan mablag‘ iqtisod qilingan. (pudratchi - Farg‘ona KXSITFK).

8. Bog‘dod tumani yo‘l korxonasi asfalt-beton zavodini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.922 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 485,0 mln.so‘m) 486,0 mln.so‘mlik (100%) ishlar bajarildi (pudratchi – Bog‘dod TYXPTFK).

9. A-373 “Toshkent sh- Ko‘qon sh-Andijon sh” yo‘nalishining Qo‘qon shaxri Navoiy ko‘chasini 241-242-km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti (pudratchi-O‘zbekiston TYXPTFK) Qoldiq ish xajmlari inventarizatsiya qilingan, lekin RYJ tomonidan qayta xisoblashga ruxsat berilmaganligi uchun qo‘shimcha kelishuv tuzilmagan.



Kommunikatsiya infratuzilmasi bo‘yicha:

Muxtaram Prezidentimizning 2014 yil 18 iyuldagi PQ-2214-sonli «Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari okava suv tizimlarini rekonstruksiya qilish loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida loyiha bo‘yicha xukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy kredit hisobidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.



(Loyiha muddati 2015-2018 yillar).

Bajarilayotgan ishlar: “Farg‘ona va Marg‘ilon shahri oqava suv tarmoqlari va nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” Loyihasi bo‘yicha.



Farg‘ona sh. "Suvoqava” ICH DUK bosh binosida qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. Xozirda binoning tom qismi va
1, 2, 3, 4, 5-qavatlarida rekonstruksiya ishlari nixoyasiga etib bormoqda. Isitish va ventilyasiya tizimlarini urnatish buyicha ishlar nixoyasiga etdi.

Marg‘ilon sh. "Suvoqava" ICH DUK bosh binosida qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. Xozirda binoning tom qismi rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Eshik va oyna romlari o‘rnatildi. Ichki pardozlash va elektromontaj, isitish va ventilyasiya tizimi ishlari olib borilmoqda.

KNS "Toshloq" binosida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Xozirda binoning tom qismi rekonstruksiya qilish ishlari tugatildi. Ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda. Nasos agregatlarini urnatish buyicha ishlar olib borilmoqda.

KNS "Atlas" binosida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Xozirda binoning tom qismi rekonstruksiya ishlari, pardozlash ishlari va boshqa qurilish ishlari nixoyasiga etgan. Nasos agregatlarini urnatish buyicha ishlar olib borilmoqda.

KNS "Vodstroy" binosida qurilish-montaj ishlari nixoyasiga etib bormoqda. Xozirda binoning tom qismi rekonstruksiya ishlari, pardozlash ishlari va boshqa qurilish ishlari nixoyasiga etgan. Nasos agregatlarini urnatish buyicha ishlar olib borilmoqda.

Farg‘ona shahri oqava suv tarmoqlari bo‘yicha Nurmatov
(D-315mm PE truba, 853 metr, 17 quduq) va Z.Ergashev (D-500mm,
837 metr,12 quduq) ko‘chalarining oqava suv tarmog‘lari to‘liq yangilandi va foydalanishga tayyor xolatiga keltirildi. "Quvasoy" kuchasida (D-315 mm PE truba,1324 metr, 28 quduq) 1017 metr masofaga PE truba etqizildi va 20ta temir-beton quduqlari o‘rnatildi. "Kasirskiy" kuchasida (D-315 mm PE truba, 1253 metr, 29ta quduq) 1253 metr masofaga PE truba etqizildi va 29 quduq urnatildi. "M.Qosimov" kuchasida (D-400-500 mm PE truba,
3303 metr, 67 quduq) D-500mm PE truba 843 metr masofaga etqizildi, D-400mm PE truba 1402 metr masofaga etqizildi va 40 dona temir-beton quduqlar urnatildi. "Tadbirkorlar" kuchasida (D-315mm,
1474 metr, 30 quduq) 915 metr masofaga PE truba etqizildi va 18 ta quduq urnatildi. "Bozorboshi" kuchasida (D-315mm PE truba,
531 metr, 12ta quduq) 531 metr masofaga PE truba etqizildi va
12 dona temir-beton quduqlar urnatildi. SHakar kishlok MFY (D-315mm PE truba 2650 metr, 57 quduq) buyicha 2650 metr masofaga PE truba etqizildi va 57ta temir-beton quduqlari o‘rnatildi. S.Temur (VAI) va YOshlik kuchalarida (D-315mm PE truba 903 metr, 12 quduq) buyicha 903 metr masofaga PE truba etqizildi va 12ta temir-beton quduqlari o‘rnatildi.
Download 242,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish