Plazma hajm birligidagi ionlashgan atomlar sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga nisbati Plazmaning ionlanish darajasi a deyiladi. a ning qiymatiga qarab zaif, kuchli va to‘la ionlashgan Plazma bo‘ladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida Plazma holatidagi modda g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Gazlardan tok o‘tish hodisalari, ya’ni gazlardagi razryadlar, yashin, uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar Plazma bilan bog‘liq. Yer atmosferasining yuqori qatlami Quyosh va boshqa kosmik omillar ta’sirida zaif ionlashgan Plazma bo‘lib, ular quyosh shamoli kurinishida Yer magnitosferasi va ionosferasini tashkil qiladi. Quyosh va yuqori temperaturali yulduzlar to‘la ionlashgan Plazmadan iborat. Plazma zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar soni) quyidagi qiymatlarga ega bo‘ladi: galaktik fazoda p ~ 10 , quyosh shamolida p ~ 10 , qattiq jismlarda p - 1O22. "Plazma" terminini fanga birinchi bo‘lib amerikalik olimlar I.Lengmyur va L.Tonks kiritgan (1923). - Plazma zarrachalar sistemasi bo’lib, ionlanish darajasi, temperatura zichligi element tarkibi va kvazineytralligi bilan harakterlanadi.
- Moddani plazma holatiga o’tish yoki atom va mo’lekulalarni ionizatsiya jarayoni zarrachalarning o’zaro ta’siri yoki ularning nurlanish ta’siri bilan bog’liq bo’ladi.
- Plazma manbalarida ionizatsiya jarayoni tehnologik harakterga ega bo’lib, elektron zarb yoki kvant nurlanishlarning atomga ta’siri bilan kuzatiladi. Ionizatsiya jarayonida elektronlar yoki nurlanishning kvant energiyasi atomlarning ionizatsiya energiyasidan katta bo’lishi kerak.
- Plazmada ionizatsiya jarayoniga teskari jarayon rekombinatsiya jarayoni kuzatiladi. Rekombinatsiya jarayoni turli xil ishorali zaryadli zarrachalarning to’qnashishida yuz beradi. Rekombinatsiya jarayonida ajratilgan energiya toqnashayotgan zarrachalarning biriga beriladi.
- Plazma oqimini olish.
- Plazma va ionli plazma tehnologiyasi ma’lum parametrdagi plazma oqimlaridan foydalanishga asoslangan. Plazma oqimining asosiy harakteristikalari zarrachalar tezligi va zichligi, energiyasi va terkibi hisoblanadi.
- Ko’plab plazma tehnologiyalarida zarrachalarning energiyasi va plazma oqimining tezligi hosil qilingan plazmani tezlatish bilan amalga oshiriladi.
- Ionli plazmani tezlatish elektr maydoni yoki boshqa neytral zarrachalar bilan bir marta to’qnashish bilan amalga oshiriladi.
- To’qnashish mehanizmi bilan tezlatish gazodinamik metod hisoblanadi.
- Plazmani elektromagnit tezlatish faqat ionli plazmalar uchun qo’llaniladi. Qurilmaning masshtabi erkin yugurish yo’lidan ko’p marta kichik bo’lib, to’qnashishlar chastotasi esa plazmaning dinamik chastotalaridan juda kichik bo’lganda Boltsman tenglamasiga asosan Vlasov tenglamasiga mos holda (𝜐≪𝑤0/2𝜋𝑐)
E’tiboringiz uchun raxmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |