Rezba o‘rta diametrining yigindi joizlikligi. 0 ‘rta diametr, qadam va profilning burchagi rezbaning asosiy parametrlaridir. Chunki ular rezbali birikmalar kontaktining tavsifi, mustahkamligi, o‘q bo'ylab siljishining aniqligi va boshqa foydalanish sifatlarini belgilaydi. Ammo qadam, profil burchagi va o‘z o‘rta diametrining og‘ ishlari o‘zaro bog‘langanligi uchun bu parametrlaming joiz og'ishlari alohida me’yorlanmaydi (taranglikli rezbalar, kalibr rezbalari va asboblar rezbalari bundan istisno). Faqat o‘z o‘rta diametming joiz og‘ishlari Ad2 (AD2), qadam va profil burchagi xatoliklarining diametral kompensatsiyalarini o ‘z ichiga olgan, bolt uchun Td2 va gayka uchun TD2 o'rta diametrining yig‘indi joizlikligi joriy qilinadi:
Td2 ( TD2) = Ad2 (AD2) + f p + fa„.
Tirqishli o‘tqizmalar. Rezbali detallaming tirqishli o‘tqizishlarini hosil qilishda tashqi rezba uchun beshta (d, e , f gva h), ichki rezbalar uchun esa to‘ rtta (E, F, G va H) asosiy ogishlar ko'zda tutilgan. Bu ogishlar d, dv va d2 hamda D, Z), va D2 diametrlar uchun bir xil E va F asosiy og‘ishlari faqat asrovchi qoplamaning qatlami sezilarli darajada qalin bo‘lganda qo‘llash uchun maxsus joriy qilingan. Tirqishli o'tqizmalar uchun tashqi va ichki diametrlaming asosiy og‘ishlari hamda joizlik maydonlarining joyiashish sxemalari
Burashish uzunliklari. Rezbaning burashish uzunligi va birikmalar aniqligiga boigan talablarga ko‘ra, aniqlik darajasini tanlash uchun burashish uzunliklarining uchta guruhi joriy qilingan: S — kalta, N — normal va L — uzun. 2,24Pd0-2 dan 6,7Pd0'2 gacha boigan burashish uzunliklari N guruhiga, normal burashish uzunligidan kaltaroqlari S guruhiga, uzunroqlari esa L guruhiga kiradi (d va P mm hisobida).
Rezbaning joizliklari. Rezba o‘ rta diametrining joizlikligi yigindi joizlikdir. Standartga binoan barcha diametrlar uchun joizliklarning asosiy qatori sifatida 6-chi aniqlik darajasining qatori qabul qilingan. 6-chi aniqlik darajasidagi rezba diametrlarining normal burashish uzunligidagi joizliklari quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:T d (6) = 180i f p 1 - 3,15 / y fP ; Td2 = 90P l)Ad 0A;Td,(6) = 230 P '7 (P > 1 mm boiganda);
Standartlashtirish obyektlarini simplifikatsiyalash — ko‘plab ishlatiladigan elementlarni oddiy qisqartirishga asoslangan unifikatsiyalashtirishning elementar ko‘rinishi. Ixtiyoriy darajada simplifikatsiyalashni amalga oshirish mumkin. O‘z DSt 1.0-1998 da birxillashtirish atamasiga quyidagicha izoh berilgan. Birxillashtirish — muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan eng ma’qul o ‘lchamlar sonini yoki mahsulot, jarayon yoki 130 xizmat turlarini tanlash. Birxillashtirish unifikatsiya deb ham yuritiladi. Bu so‘z lotincha uni — bir, unio — birlik (birdamlik) ma’nolarini anglatadi. Birxillashtirish eng katta texnik-iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadida yangi ishlanmalar yoki oddiy qisqartirish (simplifikatsiya) hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Unifikatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 1) buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash muddatlarini qisqartirish yo‘li bilan ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishini tezlashtirish; 2) buyumlarni va ularning tarkibiy elementlarining o ‘zaro almashinuvchanligi va yuqori sifatliligini ta’minlash; 3) buyumlarni loyihalash va tayyorlash xarajatlarini kamaytirish; 4) tayyorlash mashaqqatini kamaytirish. Mashina va apparatlarda unifikatsiyalashgan detallar va uzellar qanchalik ko‘p bo‘lsa, loyihalash va tayyorlash, chizmalar soni, yangi ishlab chiqilayotgan texnologik jarayonlar, loyihalanadigan jihozlar miqdori shunchalik qisqarib boradi. Unifikatsiya ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va seriyali ishlab chiqarishning oshishiga, yangi mahsulotni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish tezligini ta’minlashga, maxsus ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon yaratadi. Unifikatsiyaning vazifalari quyidagilar hisoblanadi: — yangi yaratilayotgan mahsulotlar guruhi bir xilligi yoki tarkibiy elementlar (agregatlar, uzellar, detallar)ni ishlab chiqarishda o ‘zlashtirilgan, vazifaviy qo‘llanilishi avval loyihalashtirilgan yaqinligi bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish; — yangi yaratilayotgan yoki modernizatsiyalangan buyumlarni qo‘llash uchun unifikatsiyalashgan tarkibiy elementlarni ishlab chiqish; — konstruktiv-unifikatsiyalashgan buyumlar qatorini ishlab chiqish; — buyum va materiallar qo‘llanilishiga ruxsat etilayotgan nomenklaturalarini maqsadli minimumga qisqartirish. 131 Birxillashtirishga turli talqinlar berilgan. Umumiy olganda, birxillashtirishni elementlarning turli-tumanligini ular qo'llanadigan tizimlarning turli-tumanligiga nisbatan qisqartirilishi deb tushunish ko'proq maqsadga muvofiq bo'ladi. Birxillashtirish asosan 3 ta darajada o'tkaziladi: — korxona darajasida; — tarmoq darajasida; — tarmoqlararo darajada. Keyingi vaqtlarda xalqaro birxillashtirish ham keng rivojlanmoqda. Birxillashtirish muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda uning yo'nalishi, turi va darajasi belgilanadi. So'ngra, birxillashtiriladigan buyumlarning chizmalari va ularning tahliliy ma’lumotlari yig'iladi va bu chizmalar oldiga qo'yilgan maqsadga ko'ra tabaqalanadi. Shundan so'ng, yoki yangi konstruksiya ishlab chiqiladi, yoki amalda bo'lganlarining ichidan boshqalarining o'rnini bosishi mumkin bo'lgani tanlanadi. Birxillashtirish darajasi namuna o'lchamlari doirasidagi qo'llanish koeffitsiyenti asosida aniqlanishi mumkin. Buyumlarning standart va birxillashtirilgan detallar va tarkibiy qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha aniqlanadi: 1. Qo'llanishlik koeffitsiyenti bilan, % da: к qo'l = "-П- ■ 100, (3.2) bunda: n — buyumda detallar va tarkibiy qismlarning umumiy miqdori; n0 — tanlangan namuna o'lchamlar soni. 2. Takrorlanishlik koeffitsiyenti bilan, % da: к,л = ■ 100. (3.3) Shunga o'xshash qo'llanishlik koeffitsiyentini qiymat bo'yicha aniqlash mumkin. Endilikda birxillashtirishga standartlashtirishning bir usuli sifatida emas, balki alohida, mustaqil bir faoliyat sifatida qaralmoqda. Amaliyotda sanoat tarmoqlarida butlovchi buyumlarning unifikatsiyasi bo'yicha tadbirlar qabul qilinib, namunaviy elektr qurilma132 lari, elektrodvigatellar, aylanish podshipniklari, uzatma tasmalarini qo'llash bo'yicha chegaralangan standartlarni yaratish yo'li bilan tarmoqlararo unifikatsiyalash qo'llanilmoqda. Masalan, qurilishda yuk ko'tarish kranlari uchun ГОСТ 13355-79 «Qurilish minora kranlari. Asosiy parametrlari» standartida harakatlanuvchi sakkizta tip o'lchamlari va uchta qadama kranlarining tip o'lchamlari qurilishdagi ehtiyojlarni to'liq ta’minlashi nazarda tutilgan (3.6-rasm). Kimyo sanoati mashina va apparatlari ko'plab turli xil sharoitlarda, ya’ni turli xil bosimlar — juda ham chuqur vakuumdan 2500 kgf/sm2 gacha va undan yuqori bosimlar, —196 °C dan +2000 °C gacha haroratlarda, yong'in va portlash xavfi bor muhitlarda, issiqlik va mexanik kuchlanishlarning turli davriyliklarida ishlashi uchun mo'ljallangan. Bunday turli-tuman ishchi sharoitlari ko'plab miqdorda apparat va mashinalar, ularning detallari va uzellarini yaratishni keltirib chiqaradi. Kimyoviy mashinasozlik zavodlarida tayyorlanayotgan qurilmalar nomenklaturasining 4000 dan ko'p tip o'lchamlari hisoblanadi. Oxirgi yillarda kimyoviy apparatlarning payvandlangan detallari va unifikatsiyalangan uzellari asosida standartlar ishlab chiqilgan: konus, yassi, yarimshar shaklidagi po'lat bochkalar tubi; jezli, misli va aluminli bochka tublari, gardishli birikmalar; ajratilgan qismlarsiz qobiqlar; tirgakli vertikal va gorizontal idishlar, shtutserlar (rezbali quvur parchalari) va boshqalar (3.7-rasm). Kimyoviy apparatlar va qurilmalar detallari va uzellariga standartlarni yaratish alohida unifikatsiyalangan uzellar va detallardan apparatlarni yig'ish keng imkoniyatlarni yaratib, nafaqat bularni sig'imli, issiqlik almashinuv va kolonnali apparatlarga, balki sentrifuga, kompressorlar va boshqa mashina hamda apparatlarga joriy etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |