PASKAL tili esa dastur yozish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hatoliklarning oldini olish, yangi tipdagi funksiyalarni aniqlash, yangi tipdagi ma’lumotlarni hosil qilish, rekursiv funksiyalar bilan ishlash, grafik imkoniyatlarining kengligi va boshqa ko‘plab hususiyatlari bilan boshqa tillardaq farq qiladi. Bundan tashqari bu til zamonaviy DELPHI dasturlash muhitini o‘rganish uchun asosiy poydevor hisoblanadi.PASKAL dasturlash tiliga 1069 yilda TSyurixdagi informatika institutining hisoblash texnikasi bo‘yicha mutaxassisi Nikolas Virt asos solgan. 1981 yilda bu tilning halqaro standart versiyasi taklif qilingan. IBM PC kompyuterlari uchun BORLAND firmasi PASKAL tilining TURBO PASKAL versiyasi ishlab chiqildi. Hozirgacha TURBO PASKAL ning 7 dan ortiq versiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular halq xo‘jaligining turli tarmoqlari masalalarini Yechishda keng foydalanilmoqda. Jahondagi etuk dasturchilarning ko‘pchiligi shu tilda ijod qilishgan. TURBO PASKAL dasturlash tili EHM dasturiy ta’minotini hamda turli amaliy xarakterdagi dasturlar dastasini yaratishda eng ko‘p qo‘llaniladigan dasturlash tillaridan biri bo‘lib qolmoqda. Biz ushbu qo‘llanmada TURBO PASKAL o‘rniga soddagina qilib PASKAL so‘zidan foydalanamiz. Paskal dasturlash tilining alifbosi deb, shu tilda ma’lumotlarni ifodalash va dasturlar yozish jarayonida kompilyator tomonidan qabul qilishga ruxsat berilgan belgilar yoki maxsus belgilardan iborat bo‘lgan zanjirlar to‘plamiga aytiladi. Bu alifbo o‘z ichiga ASCII (halqaro belgilar va ularning uodlari) jadvalining hamma belgilarini, ya’ni quyidagilarni oladi: 1. Lotin alifbosining katta va kichik sharflari; 2. 0 dan 9 gacha arab raqamlari; 3. Tagiga chizish belgisi ( _ ); 4. Bo‘sh joy belgisi; (bu belgi paskal tilida barcha xizmatchi so‘zlar va ma’lumotlarni bir-biridan ajratish uchun foydalaniladi; 5. Boshqaruvchi belgilar : ASCII jadvalidagi kodlari 0 dan 31 gacha bo‘lgan belgilar. Bu belgilar satr va konstantalarni ifodalashda qo‘llanishi mumkin; 6. Turli ko‘rsatmalarni yozish uchun ishlatiladigan maxsus belgilar : + − * / = {} () [] . , @ # ' : ; $ % ^ ! ? & \ < > 7. Asosiy bo‘lmagan belgilar: (ASCII ni kengaytiruvchi, ya’ni kodi 128 dan 255 gacha bo‘lgan belgilar. Rus alifbosining katta va kichik harflari, psevdografika elementlari shu sinfga kiradi. Bu belgilar turli konstantalarni hosil qilishda, matnlarni yozishda, izoxlarni tashkil qilishda qo‘llanishi mumkin.); 8. Murakkab belgilar: <= >= := .. * *; 9. Xizmatchi so‘zlar. Ular paskal tilida ma’lum bir ma’no yoki ko‘rsatmani anglatuvchi maxsus belgilar zanjiridan iborat bo‘lib, bu zanjirni o‘zgartirish yoki qisqartirib qo‘llash mumkin emas. Masalan: begin, program, end va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |