PATOMORFOLOGIYASI - Nazofaringitda – xalqum orqa devori tomirlarining to’laqonligi, limfoid to’qimaning giperplaziyasi, shilliq qavatlarning neytrofil infiltratsiyasi kuzatiladi. Traxeya va bronxlarda yuzaki, keyin seroz-yiringli yallig’lanish belgilari bo’ladi. Keyinchalik fibrinoz-yiringli ekssudat xarakterni egallaydi.
- Yiringli-fibrinoz yallig’lanish jarayoni miya qobiqlari va miya moddasining zararlanishi uchun xos. Miya moddasida sezilarli shish, giperemiya, ekstravazatlar aniqlanadi.
MI da a’zolardagi o’zgarishlar patomorfologiyasi: MI da a’zolardagi o’zgarishlar patomorfologiyasi: - Davolash kech boshlanganda ependimatit (miya qorinchalarining yallig’lanishi) rivojlanadi.
- Likvor yo’llari yiringli ekssudat bilan erta berkilib qolganda gidrotsefaliya yuzaga keladi.
- Meningokokkli meningitda fermentlar ta’sirida ekssudatning erishi va so’rilishi kuzatiladi.
- Meningokokkemiyada qon quyilishlar, nekrozlar, tomirlar trombozi, buyrak usti bezida shish, keng qon quyilishlar va nekroz xarakterli.
- Bo’g’imlar zararlanishida sinovial suyuqlik yoki yiringli artrit bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |