Neisseria meningitis
Mikroskop ostida hujayra ichida va tashqarisida kofe donachalari shaklida juft-juft bo’lib joylashgan diplokokklar ko’rinadi.
Qo’zg’atuvchini likvor, qon, teridagi toshmalarning ekssudati, burun-xalqum shillig’i, terining nekrotik maydonlaridan ajratib olish mumkin.
EPIDEMIOLOGIYASI - Infeksiya manbai – bemor yoki bakteriya tashuvchi.
- Bemor kasallik boshlanishida, ayniqsa burun-xalqum kataral simptomlari bo’lganda yuqumli hisoblanadi.
- “Sog’lom” bakteriya tashuvchilar kataral belgilarsiz bo’lganda ham katta xavf tug’diradi, chunki ularning soni bemorlar sonidan ancha ko’pdir.
- Bakteriya tashuvchilik davomiyligi o’rtacha 2-3 haftani va burun-xalqumda yallig’lanish o’choqlari bo’lganda esa undan ham ko’proqni tashkil qiladi.
- Yuqish mexanizmi – havo-tomchi.
- Yuqish aholining zichligiga va muloqotning davomiyligiga bog’liq (ayniqsa yopiq xonada).
- Kontagiozlik indeksi 0,1-0,15 ga teng.
- Mavsumiylik – qish-bahor oylari, yog’ingarchilik ko’p bo’lgan vaqtda.
Do'stlaringiz bilan baham: |