Farg’ona Davlat Unversiteti Boshlang’ich talim yo’nalishi Guruh-20. 30 talabasining Fan nomi : tayyorlagan



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana01.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#305196
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ózbekshe variant ozb eń jana tariyxi 3 ozbetinshe



 

 

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 



Farg’ona Davlat Unversiteti

 

Boshlang’ich talim yo’nalishi  

Guruh-20.30 talabasining  

Fan nomi :                      tayyorlagan

 

 

 

 

MAVZU : Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiya 

allomalarining ilmiy meroslqrni o'rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida) 

 

 

 



 

 

 



Bajardi : 

Mahmudjonov Jasurbek



 

 

 


MAVZU : 

 Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiya allomalarining 

ilmiy meroslqrni o'rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida) 

Reja: 

1.O’rta Osiyo – sharqning yuksak ma’naviyat va yirik tafakkur markazi. 

2.O’zbekistonda XVI-XIX asrlar davri ma’naviyat va ma’rifati. 

3-Sharq mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

1.O’rta  Osiyo  tarixiy  voqealarga  g’oyat  boy  o’lka  bo’lishi  bilan  birga 

azaldan  ilm-fan,  madaniyat  va  ma’naviyatning  markazlaridan  biri  bo’lib  kelgan. 

Bu  o’lka  dunyoga  ma’naviyat  va  ma’rifatning  barcha  sohalarida  yuzlab,  minglab 

jahonshumul  ulug’  zotlar,  davlat  arboblarini  tarbiyalab  bergan.  Umumbashariyat 

ma’rifatparvarligini  yaratishda  buyuk  ajdodlarimiz  bevosita  ishtirok  etganlar, 

uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta  Osiyoning  madaniy 

merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir. 

Endilikda  jahon  ma’naviyati  va  ma’rifati  saltanatida  o’z  o’rinlariga  ega 

bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, 

salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida 

respublikamiz  yosh  avlodi,  Islom  Karimov  aytganidek,  «...necha  yillar  bizni 

tariximizdan,  dinmizdan,  ma’naviy  merosimizdan  g’ofil  etishga  urindilar,  - 

natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy 

madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi». 

Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy 

pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni 

bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir 

o’tkazdi.  Vaholanki,  Islom  Karimov  «O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va  taraqqiyot 

yo’li»  kitobida  ta’kidlanidek:  «...o’tmishdagi  allomalarning  bebaho  merosi 

qanchadan-qancha  avlodlarning  ma’naviy-ruhiy  ongini  va  turmush  tarzini 

shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda». 

Mustaqillik  tufayli  o’rganish,  tahlil  etish  imkoniyatiga  ega  bo’lgach,  ona 

zaminimiz  ma’naviy  merosini  chuqurroq  o’rganish  biz  yoshlarning  vazifamiz, 

inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. 

IX-XV  asrlarni  Yaqin  va  O’rta  Sharq  mamlakatlarida  shartli  ravishda 

«Renessans»  (uyg’onish)  davri  deb  atashadi.  Ma’naviyat  va  ma’rifatning  g’oyat 

gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, 

ajoyib  shoirlar,  buyuk  davlat  arboblari  etishib  chiqqan.  Dunyoviy  fanlarning  tez 

sur’atlarda  taraqqiy  etishi  keng  tarjimonlik  faoliyatiga  ta’sir  etdi.  Bu  jarayon, 

ayniqsa  halifa  Ma’mun  davrida  (813-133  yy.)  Bag’dodda  «Bayt-ul-hikma» 



(Donolar  uyi)  tashkil  etilgan  paytda  tezlashdi.  Yunon  falsafasi  va  tabobati,  hind 

hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy 

Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn 

Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar. 

Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-

e’tibori  bilan  dunyoviy,  gumanistik  dunyoqarashi,  antik  davr  madaniy  merosiga 

murojaat  qilish,  bamisoli  uning  qayta  uyg’onishni  anglatadi.  Uyg’onish  davri 

namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-

idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi. 

Fanda  Sharq  va  /arb  uyg’onish  davri  tushunchalari  ishlatiladi.  Ular 

umumiy,  o’xshash  tomonlari  bilan  birga,  ma’lum  farq,  o’ziga  xos  xususiyatlari 

jihatidan  ham  ajralib  turadi.  Avvalo  ular  davr  nuqtai  nazaridan  farqlanadi.  Ilk 

Sharq  uyg’onish  davri  IX-XII  asrlarni,  so’nggi  uyg’onish  davri  XIV-XV  asrlarni 

o’z  ichiga  olsa,  /arb  uyg’onish  davri  XV-XVII  asrlarni  o’z  ichiga  olishi  bilan 

farqlanadi.  /arb  uyg’onish  davri  uchun  feodalizmga,  dinga  qarshi  kurash  xos 

bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz. 

Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat 

qilish,  uni  qayta  tiriltirish,  tabiiy  fanlar  rivoji,  fanda  universallikni  (qomusiylik), 

gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi. 

Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, 

dunyoviy  fanlar  va  islom  aqidashunoslikgining  taraqqiyoti;  2)  yunon,  rum,  fors, 

hind  va  boshqa  madaniyatlar  yutuqlariga  suyanish;  3)  astranomiya,  matematika, 

minerologiya,  jug’rofiya,  kimyo  va  boshqa  tabiiy  fanlar  rivoji;  4)  uslubda 

(metodologiya)-  rastionalizm,  mantiqning  ustunligi;  5)  insoniy  do’stlik,  yuksak 

axloqiylikning  targ’ib  etilishi;  6)  falsafaning  keng  darajada  rivoj  topishi;  7) 

adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy 

xarakterda ekanligi. 

Bu  davrga  kelib,  avvalo  O’rta  Osiyo,  Eron,  Iroq  va  Suriya  ilmu-fan  va 

madaniyatning  yirik  o’chog’iga  aylandi.  Xorazm,  Buxoro,  Xirotda  yirik  ilmiy 

markazlar  tashkil  topdi.  Xorazmiy,  Farobiy,  Ibn  Sino,  Farg’oniy,  Beruniy,  Imom 




al-Buxoriy,  Imom  Moturudiy,  Imom  Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad 

Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar 

va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi. 

O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna shaharlaridan Buxoro, Xiva, Samarqand 

kabi  shaharlari,  qadimda  fan,  madaniyat  va  ma’naviyatning  markaxi  bo’lib 

kelganligi bilan ajralib turadi. 

O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar 

al-Farg’oniy  va  al-Xorazmiylar  nomi  bilan  bog’liqdir.  Ularning  har  ikkovi  ham 

Bag’doddagi  “Bayt-ul-hikma”ning  etakchi  ilm  sohiblaridan  sanalgan. 

1998  yilda 

al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 

861 yildir. 

U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya 

va  astralyabiyaga  kirish”,  “Falakdan  bo’ladigan  sabablar”,  “Astralyabiya  fani 

usullari”,  “Osmon  harakatlari  va  yulduzlar  ilmi”  va  boshqalardir.  Farg’oniyning 

“Astranomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning 

qomusi  bo’lgan.  Unda  qadimgi  falakiyotshunoslik  bilimlari,  uning  qoidalari, 

usullari  bayon  qilingan.  Asar  XII  asrdayoq  lotin  tiliga  tarjima  etilib,  ko’p  asrlar 

davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib 

kelgan. U Evropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan. 

Al-Xorazmiy  (780-850  yy.)  Sharqning  buyuk  mutafakkiri,  qomusiy 

olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi 

xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan. 

Xorazmiy  bir  qancha  kitob  va  risolalarning  muallifidir.  Bulardan  eng 

mashhuri  “Kitob  al-jabr  va  al-muqobala”  asaridir.  Bu  asar  riyoziyotda  yangi 

mustaqil  fan  –  algebraning  vujudga  kelishiga  zamin  bo’ldi. 

U  tenglamalarni 

echishning ikki usulini – al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat 

ishoraga keltirish va al-muqobala, ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo’yishni 

kashf qildi. 

Xorazmiy  “Sind  Hind”,  “Ziji  Xorazmiy”,  “Astrolyabiya  bo’yicha  risola”, 

“Quyosh  soati  haqida  risola”,  “Erning  shakli  haqida  kitob”,  “Trigonometrik 

jadvallar”,  “Musiqa  bo’yicha  risola”,  “Tarix  haqida”  va  boshqa  asarlarning 




muallifi.  Uning  buyuk  xizmatlaridan  biri  Evropa  va  Yaqin  Sharq  ilmini  qadimgi 

hindlarning o’nlik tizimi bilan tanishtirish bo’ldi. 



Uni Evropada “Algaritmus” deb 

yuritganlar.  

Sharq  falsafiy,  ijtimoiy,  axloqiy  fikri  rivojini  Abu  Nasr  Farobiysiz  (873-

950) tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga 

sazovor  bo’lgan  mutafakkirdir. 



Sharqda  qadim  Yunonistonning  eng  mashhur 

faylasufi  Aristotel  “Birinchi  muallim” deb  yuritilgan.

  Farobiy  ko’p  tillarni  bilgan 

qomusiy  olimdir.  U  yaratgan  asarlarning  umumiy  soni  160  ta  bo’lib,  uni  ikki 

guruhga  ajratish  mumkin:  1)  qadimgi  Yunon  faylasuflari  va  tabiatshunoslarini  – 

Aristotel,  Platon,  Evklid,  Galen  va  boshqalarning  ilmiy  merosini  tarjima  qilish, 

sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining 

tabiiy,  ijtimoiy-falsafiy  sohalariga  oid  risolalar. 

Masalan,  “Aristotelning 

“Metafizika”  asariga  izoh”,  “Aristotelning  “Osmon  sistemasi”  kitobiga  izoh”, 

“Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, “Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar 

manbai”,  “Qonunlar  haqida  kitob”,  “Bo’shlik  haqida  kitob”,    “Musiqa  haqida 

so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

  

Farobiyning  fikricha  insonning  va  jamoatning  g’alabaga  erishuvi, 



yaxshilikni qo’lga  kiritishi,  axloqiy  va  aqliy  mukammallikka ko’tarilishi inson va 

jamoaning  o’z  qo’lidadir.  U  davlatni  fozil  va  johil  davlatlarga  bo’ladi.  Fazilatli 

shaharlarda  ilm-fan,  falsafa,  axloq-ma’rifat  birinchi  o’rinda  bo’lmog’i  lozim  deb 

biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi. 



Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni 

sevuvchi,  yolg’on  va  yolg’onchilarga  nafrat  bilan  qarashi,  adolatni  yaxshi 

ko’ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni 

kamoloti  uchun  xizmat  qilgan,  hayr-ehsonli  ishlar,  go’zal  insoniy  fazilatlarni 

yaxshilik  deb  hisoblaydi.  Insonning  kamolotiga  to’sqinlik  qiluvchi  dangasalik, 

bekorchilik  kabi  yomon  odatlar,  bilimsizlik,  ongsizlik,  kasb-hunarga  ega 

bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi. 

Farobiy  hayotning  oliy  maqsadi  baxt-saodatga  erishuvdan  iborat,  kishilar 

bunga  olamni  o’rganish,  kasb-hunar  va  ilmlarni  o’zlashtirish  –  ma’rifatli  bo’lish 

orqali erishadi deb qaraydi. 




Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani tarixida 

eng  mashhur siymolar  qatoridan  joy  olgan,  o’z  davridagi  deyarli hamma  fanlarga 

katta  hissa  qo’shgan,  mashhur  qomusiy  ilm  sohibi,  yirik  tabiatshunos  va 

faylasufdir.  U  o’z  umri  davomida  150  dan  ortiq  asarlar  yaratgan.  Shulardan  eng 

mashhurlari  “Qadimgi  ajdodlardan  qolgan  yodgorliklar”,  “Ma’sud  qonuni”, 

“Hindiston”,  “Geodeziya”,  “Mineralogiya”,  “Saydana”  va  boshqalardir. 



Garchi 

Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid asar yozmagan bo’lsada, ammo ko’pgina 

asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan. 


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish