Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish
orqali qo’lga kiritiladi. Bilim, ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir.
Ibn Sino “Solomon va Ibsol” qissasida rostgo’ylik, sadoqat, pok muhabbat,
irodaning makr ustidan g’alabasini tasvirlaydi.
Mutafakkir kishilarni do’stlik va haqiqatga, do’stlikning qadriga etishga
chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, deb qaraydi.
Shunday qilib, Ibn Sino o’rta asr Sharq va Evropa madaniyati va ma’rifati
taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.
IX-XII asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida XI asrning ko’zga ko’ringan
shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o’rin tutadi. Yusuf Xos Hojib o’zining yagona
dostoni bo’lmish “Qutadg’u bilig” bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan
bo’lib, uni shoir Qashg’ar hokimi Sulaymon Asrlon qoraxonga bag’ishlagan. Shu
asari uchun unga Xos Hojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvoni
berilgan.
Doston qahramonlari – hokim Kuntug’di adolat ramzi, vazir Oyto’ldi
baxt ramzi sifatida, vazirning o’g’li O’gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi.
Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va
foydali mehnatda chinakam kamolotga etadi, degan g’oyani ilgari suradi. Insonga
foyda keltirmaydigan inson – o’likdir, deb ta’kidlaydi. Jamiyatda mehnat ahli –
dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar hal qiluvchi rol o’ynaydi, deb uqtiradi.
Shuning uchun, Yusuf Xos Hojib hokimga adolatli bo’lish, o’zboshimchalik va
qonunsizlikka yo’l qo’ymaslikni maslahat beradi.
Mutafakkir fikricha, odam kimligidan qat’iy nazar inston bo’lishi lozim,
chunki dunyoda faqat insoniylikkina abadul-abad qoladi. Shu sababli o’z nomini
hamisha yaxshilik bilan eslashni istagan kishi faqat yaxshilik qilishi lozim.
U
shunday yozadi: “Kimning odobi yaxshi va axloqi to’g’ri bo’lsa, u kishi
maqsadiga etadi va baxt unga kulib boqadi”, chunki “yaxshi axloq jamiki
yaxshiliklarning zaminidir”.
Yusuf Xos Hojib ilm va ma’rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab-
yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashgan da’vat etadi. U kishini
zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash’alga
o’xshatadi. Shoir kishilarni so’zlaganda o’ylab gapirishga chaqiradi. So’zingga
ehtiyot bo’l, boshing ketmasin, tilingga ehtiyoj bo’l, tishing sinmasin. Ma’nodor
so’z donolik alomati, bema’ni so’z mahmadanagarchilik axmoqlik alomatidir. Shu
bois odam ko’proq quloq solib, kam gapirishi kerak deb aytadi.Yusuf Xos Xojib
shuningdek, insonning tashqi qiyofasi uning ichki ma’naviy dunyosiga mos
bo’lishiga katta ahamiyat beradi. Mutafakkir yolg’onchi, munofiq kishilar jamiyat
uchun zararli, bunday kishilardan uzoq bo’lish kerak deydi.
Shunday qilib, XI asrda yashab ijod qilgan Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u
bilig» asarida ma’rifatparvarlik, yuksak axloqiylik g’oyalarini ilgari suradi. Bu asar
katta ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Biz o’rganayotgan davrda axloqiy-didaktik mavzuda asar yaratgan va
shuhrat qozongan shoir Ahmad Yugnakiydir. U XII asr oxiri va XIII asrning
birinchi yarmida yashab ijod qilgan. Undan bizgacha «Hibatul-haqoyiq» dostoni
etib kelgan.
U o’z dostonida dunyoning bevafoligi, o’tkinchiligi haqida gapirib:
dunyo go’yo karvon faqat ozgina fursat to’xtab o’tiladigan rabot (karvonsaroy),
shu sababli, ta’kidlaydi u, bu dunyodagi rohat-farog’atga intilish befoyda, uni deb
azob-uqubat chekishga arzimaydi, chunki «sen bugun ko’rib turgan boylik ertaga
g’oyib bo’ladi, sen o’zimniki deb bilgan buyumlar boshqalarga qolib ketadi.
Shuning uchun faqat yaxshilik urug’ini sekish uchungicha yashash kerak deb
uqtiradi. U bilimli, ma’rifatli kishilarni etuk kishilar deb hisoblaydi. Inson bilan
bilimni ajratib bo’lmaydi, faqat bilimli kishigina kamol topishi mumkin de
ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |