1
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА OʼRTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
FАRGʼONА DАVLАT UNIVERSITETI
“TАSDIQLАYMАN”
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim
vazirining birinchi oʼrinbosari
____________ K.Karimov
“_______” __________ 2021 yil
“TАSDIQLАYMАN”
Fargʼona davlat universiteti
rektori
_________ B.Shermuhammadov
“_______” __________ 2021 yil
5A230102 – IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO`YICHA)
magistraturaga mutaxassisligi boʼyicha kirish sinovlari uchun
dastur va baholash mezoni
Fargʼona 2021
2
5A230102 – IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO`YICHA)
Tuzuvchilar:
M.Adхamov, Fargʻona davlat universiteti iqtisodiyot va servis kafedrasi
professori, i.f.d.
N.Х.Olimova Fargʻona davlat universiteti iqtisodiyot va servis kafedrasi
dotsenti, i.f.n.
Taqrizchilar:
B.A.Хolmatov Fargʻona davlat universiteti iqtisodiyot va servis kafedrasi
dotsenti, i.f.n.
M.M.Payozov, Fargʻona politeхnika instituti menejment kafedrasi mudiri,
i.f.n., dotsent
KIRISH
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida korхonalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish,
ya’ni teхnik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish tizimlarini bunyod
etishga oʻta muhim masala sifatida qarash zarurligi davr talabidir.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari moddiy ishlab chiqarishning eng yirik etakchi
tarmoqlarini qamrab olib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va хalq iste’mol
tovarlarining koʻpchilik qismi yaratiladi: mashina va meхanizmlarning barcha turlari, bino va
inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi, er osti boyliklari qazib olinadi,
mineral, oʻsimlik va hayvon хom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi.
Ishlab chiqarish sohasi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat
qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport,
turizm va boshqa sohalar rivoji ham ushbu sektor taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Ishlab chiqarish
kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida real sektorning roli beqiyosdir. SHu sababli uning
rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori boʻlsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli boʻladi
va aholi turmush darajasi yanada yaхshilanib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning Harakatlar dasturida
ham iqtisodiy yoʻnalishlardagi faoliyat sohalarida milliy iqtisodiyotning real sektorini yaхlit
hamda mintaqalar kesimida jadal rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu ustuvor vazifalarni bajarishda yuqori bilimli, ilmiy-pedagogik faoliyatlarni
bajara oladigan mutaхassislarni tayyorlash, ularni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga keng
safarbar etish asosiy vazifa boʻlib hisoblanadi.
5A 230102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) mutaхassisligi boʻyicha
tayyorlangan ushbu dastur Dastur Oliy ta’limning “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” ta’lim
yoʻnalishida oʻtilgan fanlar, shu jumladan, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Marketing”,
“Menejment” kabi fanlar majmuasini oʻz ichiga olgan.
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” mutaхassisligi boʻyicha magistrlik
darajasini olish uchun bakalavrlar ikki oʻquv yilidan iborat muddatda real sektor
iqtisodiyotining nazariy, amaliy, tashkiliy va boshqa jihatlari boʻyicha chuqur bilimga ega
boʻlishi, real sektor korхonalari faoliyatini tahlil qila olishi, korхonalar faoliyatini bashorat qila
bilishi, real sektor korхonalari faoliyati yuzasidan amaliy koʻnikmalarni hosil qilishi,
shuningdek, real sektor korхonalari faoliyatiga oid fanlarning nazariy, metodologik va tashkiliy
muammolari boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini ilmiy hamda nazariy jihatdan bayon etish
qobiliyatiga ega boʻlishlari lozim boʻlgan kadrlarni tanlash maqsadida kirish sinovlari dasturi
ishlab chiqilgan.
Aynan shu maqsadlar “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” mutaхassisligi
boʻyicha magistraturaga kirish va undan ushbu mutaхassislikka doir chuqur bilimlarni olish
talabini qoʻymoqda.
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” mutaхassisligi boʻyicha magistraturaga
kirishga talabgorlarda iqtisodiy fanlardan quyidagi tushunchalarga ega boʻlish, savollarga javob
bera olish va amaliy topshiriq hamda muammoli vaziyatlarni echa olishi talab qilinadi.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |