Farg’ona davlat universiteti Pedagogika kafedrasi 5A 110901- pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bitiruvchi magistranti



Download 46 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi46 Kb.
#647167
Bog'liq
ichki taqriz


Farg’ona davlat universiteti Pedagogika kafedrasi 5A 110901- Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bitiruvchi magistranti Ziyayeva Shoira Raximberdievna
ning “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga


TAQRIZ
O’zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan ijod boyliklarini to’plash, o’rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir. Xalq o’yinlari taraqqiyotning barcha bosqichlarida o’z davri odamlarining xayoti, turmush tarzi, mehnat sharoiti, millati, dini va boshqa o’ziga xos belgilarini o’zida mujassam etib kelgan va ishtirokchilarda chaqqonlik, chidamlilik, ijodiy topag’onlik, g’ayratlilik, kuchlilik sifatlarini tarbiyalashga xizmat qilgan.
Dissertatsiya kirish, uchta bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya ishining birinchi bobi “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati va tasnifiy xususiyatlari” – deb nomlanib “Xalq o’yinlarining tasnifi”, “O’zbek xalq milliy o’yinlarining kelib chiqishi va rivojlanishi”, “Xalq milliy o’yinlarning ijtimoiy-tarkibiy fazilatlari” – nomli bo’limlaran iborat bo’lib quyidagilarni qamrab oldi:
Xalq o’yinlarining paydo bo’lish tarixi jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlari bo’lgan uzoq moziyga borib taqaladi. Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda ham xalq o’yinlarining kelib chiqishi hamda rivojlanishiga doir qiziqarli ma’lumotlarni uchratamiz.
O’yinlar-xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng ko’hna shakllari, ko’pgina ma’naviy sohalar chashmasi, sog’lom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Xalq o’yinlari xalq ijodiyotining o’ziga xos janri bo’lib, ko’p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichidagi ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foydalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o’zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar.
Milliy xalq o’yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.O’yin faoliyatida diqqatni idrokni rivojlantirish mavjud tafakkur tushuncha va mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi O’yinlar ijodiy hayot xayol, xotira topqirlik fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib xarakatli o’yinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli o’yinlar katta axamiyat kasb etadi. U bolalarda qiziqish uyg’otadi xayolni jalb kiladi. O’yin harakatalarni ijodiy bajarishga undaydi.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish” – deb nomlanib, unda ””Xalq folklor o’yinlarining mazmuni, maqsad-mantiqi va yo’nalishiga ko’ra turlarga bo’linishi”, “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining shakl, metod va vositalari” –deb nomlangan paragraflaridan iborat bo’lib quyidagilarni o’z ichiga olgan:
O’zbek xalqi yaratgan topishmoqlar uning ijtimoiy hayoti va turmushining barcha tomonlarini qamrab oladi. Ularning katta qismi dehqon mehnati dehqonchilik, polizchilik, uy yumushlari bilan bog’liq; topishmoqlar o’z qiziqish doirasiga o’simliklar va hayvonot dunyosini, uy xo’jaligiga oid ko’plab narsalarni, xalq odatlari va xislatlarini ham qamrab olgan.
Bolalar folklor o’yinlari ruhi, tabiati, xarakteri, poetikasi, ishtirokchilarning hatti -harakati, shu harakatning mehnat va milliy an’analari bilan turmush kechirish sharoitlari, jug’rofik yashash o’rni, iqtisodiy va siyosiy talablaridan shakllanadi. Bolalar o’yinlari ham, o’yin san’ati kabi konkretik tarzda mehnat jarayonida yuzaga kelgan.
O’zbek an’anaviy bolalar folklor o’yinlarining mavzu-qamrovi, ijro uslubilari juda keng. Ijtimoiy hayot kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yo’qki, ular o’yinlar nazariga tushmagan bo’lsin . Boshqacha so’z bilan aytganda, xalqimiz hayotining biron sohasi bo’lmasinki, o’yinlarga ”ko’chmagan”, ularda o’z ifodasini topmagan bo’lsin. Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik, polizchilik madaniyati, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yohud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi barchasi an’anaviy o’yinlarga mavzudir. Xususan o’zbek bolalar folklor o’yinlari boshidan – oyoq ma’naviy-ma’rifiy axloqiy tushunchalar bilan yo’g’rilgan.
Umumta’lim muassasalarida maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’zbek bolalar folklori hamda undagi o’yinlarni
o’rgatishga e’tiborni karatmoq lozim. Shu yo’nalishda to’garaklar tashkil etilsa, kadimgi kuy-qo’shiqlar, milliy o’yinlar o’rgatib borilsa, o’quvchi yoshlarning dunyoqarashlari kengayadi, nutq ravonligiga erishiladi, milliy an’analarni o’rganib borishlari ta’minlanadi.
Dissertatsiya ishining uchiinchi bobi “Tajtiba – sinov ishlari” – deb nomlanib unda “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishiga doir tajriba-sinov ishlari”, “Tajriba-sinov ishlari natijalari va samaradorligi” – deb nomlangan paragraflardan iborat bo’lib quyidagilarni qamtab oldi: Tajriba-sinov ishlarini tashkil etilishida Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining etnopedagogik asoslariga alohida e’tibor qaratildi. Eksperiment empirik metod sifatida pedagogika va psixologiya fanlarida keng qo’llaniladi. Tajriba-sinov ishlariga Farg’ona davlat universiteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi talabalari jalb etildi.
Bo’lajak o’qituvchilardagi qobiliyatlarning namoyon bo’lish darajalari va uni aniqlash tartiblari to’g’risidagi ilmiy qarashlarni tahlil etish asosida talabalarda komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirish mezonlari aniqlashtirildi: ijobiy emotsional tasavvurlarlarga egalik; ijodiy qiziqish, bilishga intilish; mustaqillik; qaror qabul qilish; o’zining kuch va imkoniyatlariga ishonch; aniq maqsadga yo’nalganlik; emotsionallik; muammoni ko’ra olish; alternativ (muqobil) fikrlash; divergent fikrlash; fikrning aniqligi; xotiraning assotsiativligi; idrok etishning yaxlitligi va mustaqilligi; ijodiy fikrlash; o’z-o’zini baholash darajasi; tolerantlik; intuitsiyaning rivojlanganlik darajasi.
Talabalarning komil inson bo’lib shakllanishida xalq o’yinlaridan didaktika sifatida foydalanishning mavjud holatini aniqlashga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Tadqiqot jarayonida kuzatish, suhbat, anketa so’rovlari kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yo’nalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini berdi. Styudent statsitikasi orqali olingan natijalar xalq o’yinlaridan didaktika sifatida foydalanish orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish mumkinligini tasdiqladi.
Aniqlashtiruvchi tajriba-sinov ishlari jarayonida xalq o’yinlaridan didaktika sifatida foydalanish darajasi o’rganildi. Amalga oshirilgan ilmiy tahlillarni umumlashtirgan hamda ularning samaradorlik darajasini baholagan holda quyidagi xulosalarga kelindi: Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining etnopedagogik asoslarini takomillashtirish orqali bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy faoliyatga tayyorgarlik jarayoni rivojlanadi.
Magistrant o’tkazgan tajriba – sinov ishlari natijasida olingan xulosalar o’zining xosligi, ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Ziyayeva Shoira Raximberdievnaning “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasigasi pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun qo’yilgan barcha talablarga javob beradi. Uni ximoyaga tavsiya etaman.


Farg’ona davlat universiteti
Pedagogika kafedrasi: p.f.n., dotsent Siddiqov B


Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish