FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
NAVOIYSHUNOSLIK fanidan
““Lison-ut tayr”dagi obrazlarning tasavvufiy talqinlari” mavzusida
MUSTAQIL ISH
Bajardi: 19.11-guruh talabasi
Turdiboyev Zohidjon
Farg’ona – 2021
REJA:
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonini yaratilishi
Doston va uning xususiyatlarini o’rganilishi
Dostondagi syujet va timsollar
Dostondagi tasavvufiy obrazlar va ularning talqini
1. Alisher Navoiyning mashhur falsafiy dostoni "Lison ut-tayr" (qush tili) bo’lib, bu asar 904h. - 1498-1499m. yilda, ya`ni shoirning hijriy hisobda oltmish yoshga qadam qo’ygan yili (tug’. 844 h. yil) yozilgan. Bu haqda shoirning o’zi dostonning ikki bobida alohida to’xtalgan:
Oltmishqa umr qo’yg’onda qadam,
Qush tilin sharh etgali yo’ndum qalam.
Yil to’qiz yuz o’tmish erdi dog’i to’rt,
Kim ulusning ko’ngliga soldi bu o’rt.
Ham bu tarix ichrakim qildim shuro’`
Ixtimomiga dog’i bo’ldi vuqu`. (12-tom, 295, 302)
Alisher Navoiy oltmish yoshga qadam qo’yganida mazkur dostonni yozgani sabablari asarning "Bu kitob nazmida o’z munosabatining taqribi" deb atalgan 189-bobida ma`lum darajada bayon etilgan. Uning mohiyati shundan iboratki, Fariduddin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari Alisherning hali maktabda o’qub yurgan chog’ida uning diqqatini o’ziga tortibgina qolmay, balki o’ziga shunday maftun etgan ediki, yosh Alisher uni boshdan oxirigacha yodlab olib, takror-batakror o’qib yurardi. Bu holdan xabar topgan ota-onasi uni o’qishni man` etib, asarni yashirib qo’yadilar.
Alisher Navoiy shunday yozadi:
Lek chun yodimda erdi ul kalom,
Yoshurun takror etar erdim mudom.
Ondin o’zga so’zga maylim oz edi,
Qush tili birla ko’ngul hamroz edi. (12-tom, 295).
Demak, Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr"i Alisher Navoiyni yoshligidan o’ziga maftun etib, umri davomida uning bilan hamroh bo’ldi, unga javob yozish niyati ham shoirning ko’nglidan joy olgan edi. Ana shu niyat Alisher Navoiyning oltmishga qadam qo’yganida amalga oshdi. Bu bejiz emasdi. Chunki shu davrda Alisher Navoiy o’zining "Munojot", "Siroj ul-muslimin" asarlarini ham yozgan edi. Bularda, xususan "Munojot"da go’yoki umri bo’yicha qilgan ishlarini sarhisob qilib, yana bajarilishi lozim bo’lgan ishlar, ya`ni hali ko’p "qarzi" borligiga ham ishora qilganday bo’ladi. Ana shunday bajarilishi lozim bo’lgan ishlardan biri "Mantiq ut-tayr"ga javoban turkiy tilda bir asar yaratish muddaosi ediki, Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" dostonini yozish bilan bu ishni amalga oshirdi.
Farididdin Attor XII asrning mashhur shoir va adiblaridan bo’lib, o’zining "Ilohiynoma", "Tazkirat ul-avliyo" va, xususan "Mantiq ut-tayr" asarlari bilan o’zidan keyingi adabiy va ma`naviy hayotda katta mavqega ega edi. hatto Jaloliddin Rumiy Farididdin Attorning orifona kashfiyotlariga yuqori baho berib, shunday yozgan edi:
Haft shahri ishqro Attor gasht,
Mo hano’z andar xami yak ko’chaem.
Mazmuni: Attor ishqning ettita shahrini kezib chiqdi, biz bo’lsak hali ham ishqning bir ko’chasi boshidamiz.
Darhaqiqat, Attor ishqni tasavvufona talqin qilgani tufayli Alisher Navoiyning ham diqqatini o’ziga qaratgan edi. SHuning uchun yozadi:
Haq munung nutqin chu go’yo ayladi
"Mantiq ut-tayr" oshkoro ayladi.
Bu til izohin kamohiy aylabon,
Sharhi asrori ilohiy aylabon… (12-tom, 277)
O’zining dostoni haqida esa shunday deydi:
Ulcha asroring manga erdi ayon,
Ayladim qushlar tili birla bayon. (12-tom, 275)
Bunda Alisher Navoiy "Lison ut-tayr"ining mavzusi va uni ochishdagi o’ziga xoslik bayon etilgan, ya`ni doston tasavvufiy mavzuda ("SHarhi asrori ilohiy") bo’lib, bu mavzu qushlar tili vositasida majoziy tarzda ifoda etilgan.
"Lison-ut-tayr" dostoni o’zbek tilida yozilgan bo’lsa-da, unda "Navoiy" taxallusi emas, balki Alisherning ikkinchi taxallusi bo’lgan Foniy qo’llanilgan. Dostonda bu taxallusning qo’llanilgani sabablarini bayon etish uchun shoir "Bu kitobda taxallus tag’yirining uzri" sarlavhali alohida bob (191-bob) ajratgan. Unda turkiy tildagi asarlarida Navoiy va forsiy tildagi asarlarida esa Foniy taxalluslarini qo’llaganligini aytib, "Lison ut-tayr" ham turkiy-o’zbek tilida bo’lganidan unda Navoiy taxallusini qo’llash joiz edi, ammo men unda Foniy taxallusini qo’llash maqsadga muvofiq deb bildim, deb shunday yozadi:
Chun "Lison ut-tayr" og’oz ayladim,
Do'stlaringiz bilan baham: |