OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS
TALIM VAZIRLIGI
Fargona davlat universiteti
Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi
Oddiy differensial tenglamalar fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Matritsa korinishidagi chiziqli tenglamalar
sistemasi. Koshi integrali formulasi
Bajardi: ___________________
__________________________
Ilmiy rahbar: ______________
__________________________
__________________________
Fargona 2021
REJA
I BOB. YORDAMCHI MALUMOTLAR
1.1-§. Differensial tenglamalar haqida umumiy tushunchalar
1.2-§. Ixtiyoriy ozgarmasni variatsiyalash usuli
II BOB. MATRITSA KORINISHIDAGI CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASI
2.1-§. Rezonans bolmagan hol
2.2-§. Rezonans bolgan hol
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Bugungi ota tezkor rivojlanish va taraqqiyot sharoitida mustaqil Ozbekiston ozining buyuk kelajagini bilimli, aqlli, mehnatsevar, jasur, manaviyati yuksak, jismonan kuchli bolgan yosh avlod timsolida koradi. Bunday har tomonlama barkamol avlodni ostirib, voyaga yetkazish davlatimizning ustuvor vazifalaridan sanaladi. Buning isboti sifatida Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirishimiz mumkin:
Yurtimiz yoshlari ortasida ilm-fan, talim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va sanat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida, umuman, barcha jabhalarda jonbozlik korsatib kelayotgan azamat yoshlarimiz juda kop. Ular ozining jismoniy va manaviy salohiyati, istedod va mahoratini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish borasida mamlakatimizda kop ishlar qilinyapti va kelgusida ham albatta davom ettiramiz.
Davlatimizda yoshlarimizni barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga bilim, talim-tarbiya berish masalasi konstitutsiyaviy maqomga ega boldi. Manaviyatimiz asosini tashkil etgan, hayotimizning ajralmas qismiga aylangan, davlatimizning doimiy diqqat-etiborida turgan talim masalasi Asosiy Qonunimizdan mustahkam orin oldi.
Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti mustaqillikdan oldin 1990-yilning 24-martida, respublikamizda Prezidentlik lavozimi tasis etilgan kuni sozlagan tarixiy nutqida yosh avlodning manaviy tarbiyasi masalasiga alohida etibor qaratgan edi:
Yana bir dolzarb vazifa osib kelayotgan avlodga, uning manaviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Axir, yoshlar xalq manaviyatining ham mahsuli, ham kelajagi...
Ozimizning manaviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha gamxorlik qilishimiz kerak.
Ozbekistonda, koplab sohalarda bolgani singari, talim-tarbiya tizimida ham sobiq shoro davrida qaror topgan ota salbiy holatlarga mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab barham berishga kirishildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda 2004-2009-yilarda Maktab talimini rivojlantirish umummilliy davlat dasturining hayotga muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida yurtimizda mutlaqo yangi mazmun-mohiyatdagi talim-tarbiya tizimi vujudga keldi. Insoniyat oz rivoji davrida yosh avlodga bilimlar berar ekan, asosiy etiborini oz faoliyati va taraqqiyot talablarini hisobga olib, turli fanlar asoslarini orgatishga harakat qiladi. Shu sababli oquvchilarga barcha fanlar qatori matematikadan chuqur bilimlar berish vazifasi va uni ilmiy amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi. Bunda matematika oqitish uslubiyoti asosiy orinlardan birida turadi.
Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov alohida takidlaganlaridek, "...biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday manaviy fazilatlar egasi bolib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechogli faol munosabatda bolishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bogliq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak".
Talim tizimida yakuniy natija, bevosita talim-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan oqituvchi mehnatining qanday tashkil etilishiga borib taqalaveradi. Talim zimmasiga qoyilayotgan ulkan vazifalar esa talim berishga munosabatni, yondashuvni ozgartirishni taqozo etmoqda. Shu munosabat va yondashuvni ozida mujassam etishi lozim bolgan yangi pedagogik texnologiya xususida bir qancha maqsadlar elon qilindi. Biroq hozirdagi islohotlar jadalligi mavjud nazariyani tezroq amaliyotga tadbiq etishni talab etadi. Shu sababli ham birinchi navbatda talim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, konikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish goyasi kun tartibiga kondalang qilib qoyildi.
Tashqaridan qaraganda matematikani oliy oquv yurtlarida oqitish juda sodda va asosan quyidagi ikki muammodan iboratdek korinadi: birinchidan, oquv rejasiga kora ajratilgan soatlarda bayon etish mumkin bolgan materialni ajratish va ikkinchidan, uni oquvchilarga mantiqiy bayon etish va buning natijasida oliy oquv yurti pedagogikasi mazkur masalalar bilangina chegaralanadi degan tasavvur paydo boladi. Lekin aslini olganda tanlab olingan oquv materialini oqitish muammolari bir muncha murakkabdir. Tavsiya etilgan oquv adabiyotlaridan foydalanib oquv materialini ogzaki bayon etish jarayonini umumiy nuqtai nazardan baholash uning quyidagi asoslarga kora shakllanganligini korsatadi: matematik nazariyalar boshlangich tushunchalar asosida formal mantiq qoidalariga kora qurilganligiga asosan, talim berish jarayoni ham asosan matematik nazariyaning formal-mantiqiy tomonlarini talabalarga bayon etishdan iborat bolishi kerak va bu jarayon qisqa vaqt ichida, ketma-ketlik bilan, ortiqcha sozlarsiz, talabalar bilim darajasiga javob berishi zarur.
Ozbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalaridan eng muhimi sifatida davlat tomonidan yosh avlodga talim berish va tarbiyalash borasida qilinayotgan ishlarni alohida takidlash lozim.
Albatta har tomonlama kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash, ularga zamonaviy bilimlarni berish, buning uchun esa oqitishning ilgor pedagogik texnologiyalaridan qay darajada unumli foydalanishga bogliq.
Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida sozlagan nutqida kadrlar tayyorlashning ahamiyatiga izoh berib shunday degan edi:
Biz oldimizga qanday vazifa qoymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tugilmasin, gap oxir oqibat, baribir kadrlarga borib qadalaveradi. Mubolagasiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi, ornimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq qilib aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bogliq.
Mamlakatimiz kelajagi uchun Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash boyicha milliy dasturining amalga oshirilishi juda ham muhim ahamiyatga ega.
Yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida etibor berish lozim. Kadrlar tayyorlashning sifati, erkin fikrlovchi shaxs fuqaroni kamol toptirishga ertaga sinf xonalar va auditoriyalarda kimlar dars va saboq berishiga bogliq.
Darhaqiqat, barkamol inson shaxsining shakllanishi bevosita uzluksiz talim jarayonida amalga oshadi. Shunday ekan har jabhada muvaffaqiyatga erishish, jumladan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda milliy dasturni orni va ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |